Qanday mevani yoqtirishiga qarab insonning feʼl-atvorini bilish usullari

Tanishingiz olma (navining ahamiyati yoʻq) ni yoqtiradi. Ushbu mevadan tayyorlangan pishirigʻu sharbatlar uning jonu dili.
Olmani sevuchi insonlar toʻgʻrisoʻz va kirishimli ekanliklari bilan ajralib turishadi. Bunday insonlar oʻz oldilariga biror bir maqsad qoʻydimi, albatta, unga erishmagunicha tinmaydilar. Ushbu meva ixlosmandlari xizmat pillapoyasidan osonlik bilan koʻtarila olishadi. Sababi ular qanday harakat qilish va nima istayotganliklarini juda yaxshi bilishadi. Oilaviy munosabatlarda olma sevuchilar yana ogʻir vazmin ham boʻlishadi.

Bananni hush koʻruvchi kishilar ochiqkoʻngil, kamtar boʻlishadi. Ammo ayrim vaziyatlarda kayfiyat oʻzgaruvchanligi kuzatilishi mumkin. Bunday paytlarda asabiylik atrofdagilarga qoʻrs muomlada boʻlish holatlari ham kuzatiladi.
Bananxoʻrlar soatlab xayol surishni yoqtirishadi. Baʼzi hollarda oʻyga tolib real hayotdan uzilib qolganliklarini ham sezmay qolishadi.

Bu mevani hush koʻruvchilar safi u qadar koʻp emas. Shunday boʻlsa ham, nok isteʼmol qilishni yoqtiruvchi insonlar haqida ham toʻxtalib oʻtamiz.
Bunday insonlar uchun osoyishta muhit zarur. Ular shovqin suronni hushlamaydilar. Doʻstlari koʻp. Yangi tanishuvlar ham ularga omad keltiradi.
Nokni sevuchilar bilan sen-menga bormagan maʼqul. Boisi ularning jaxli burun uchida turadi. Ranjisa bir necha kun (toki siz birinchi qadamni tashlamaguningizcha) chexrasini ochmaydi.

Uzumni hush koʻruvchilar har nimaga ranjiyvermaydilar. Doim pozitiv fikrlashga harakat qiladilar. Muammoga duch kelsa, sir boy bermaydi. Shu sababli ham uni tushkun kayfiyatda uchratish qiyin. Oilaviy munosabatlarda yaqin sirdosh, ishonchli doʻst boʻla oladi.

Yaxshi maʼnoda oʻz oʻrnini biluvchilar shaftoli mevasini yoqtiradi. Bu toifadagilar piching qilishni ham qoyillatadilar. Ammo toʻnini teskari kiysa, yaqiniga yoʻlamagan maʼqul. Uning feʼli biroz injiq.

Malinani hush koʻruvchilar hamisha reja bilan ish koʻradi. Biror muammoga duch kelganida ikkilanish, vahima kuzatilsa-da, u tezda oʻtib ketadi.

Sitrus meva ishqibozlari, odatda, samimiy suhbatdosh, bagʻrikeng insonlar boʻlishadi. Ular atrofidagilar bilan oson til topisha oladi. Oʻta maʼsuliyali boʻladi. Ular oʻz muammolari bilan oʻzgalarga yuk boʻlishni istashmaydi. Shu bois koʻpgina masalalarni oʻzlari mustaqil hal etishadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



