Suv haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan maʼlumotlar

Parxez tutuvchi va oʻz ogʻirligini kuzatib boruvchi insonlar koʻp suv ichishlari kerak. Agar yetarlicha suv ichilsa, u ishtahani nazorat qilishga yordam beradi. Qachonki organizm kerakli suv bilan toʻyinsa, metobolizm eng muvofiq tartibda ishlaydi.

Kun yarmida tez-tez charchoq hissini tuyasiz, uyqungiz keladi, ishlash uchun kuch quvvat yetishmaydi. Buni tezda bartaraf qilish mumkin. Tetik boʻlish uchun qahva ichishdan oldin 1-2 stakan toza suv iching. Ana shunda siz ishlash osonlashganini, tetik va sinchkov boʻlib qolganingizni his qilasiz.

Hammamizga maʼlumki, organizmning 80 % suvdan iborat. Ammo suyaklarimizning 50 foizi suvdan iborat ekanligini ham bilasizmi? Suyak hujayralarining oʻsishi, koʻpayishi va salomatligi uchun albatta, suv kerak. Demak, bu yana bir stakan ortiqcha suv ichishimiz uchun yana bir bahona. Ahir, kim ham suyaklarida muammo tugʻilishini istaydi deysiz.

Suv limfa tugunlari, buyrak va ichaklardagi zaharlar hamda boshqa yomon chiqindilarni chiqarib tashlashga yordam beradi. Organizmda axlat toʻplanishini xohlamassiz? Bu eng yengil va oddiy tozalov. Yetarlicha suv ichsangiz, doimiy charchoqdan halos boʻlasiz. Jigar va buyrakning tozalanishi uchun ham koʻp suv ichish kerak.

Miyaning koʻp faoliyatiga suv yordam beradi va juda koʻp mehnat qiladi. Odam miyasi huddi 60 Vt li lampochkadek elektr energiyasi ajratadi. Uning yuqori darajada ishlashi uchun miyaga yetarlicha suv bering. Chiroyli teri qanday boʻladi? Yaltiroq sogʻlom va hech qanday husnbuzarlarsiz. Teri chiroyli va yosh boʻlishi uchun koʻp pullarni parvarishlovchi kremlarga sarflaymiz. Buni oddiy usul bilan qoʻlga kiritish mumkinligini esa unutib qoʻyamiz. Bu holatda ham bizga suv yordam beradi. Koʻp miqdorda suv ichish natijasida teri namlanadi. Bu esa juda foydalidir. Bundan tashqari, suv terini toksinlardan saqlaydi.

Organizmga suv yetishmas ekan, u aʼzolar ichidagi, masalan, qondagi suvni olishni boshlaydi. Quyuq qon tufayli yurak ishi qiyinlashadi va suvni tejash natijasida muhim aʼzolar qon bilan yaxshi taʼminlanmaydi. Suvning yetishmasligi – bu barcha aʼzolar ishiga juda katta ogʻirlik tushishi demakdir, shuning uchun hujayralarga har doim suv kerak.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



