Oshxona

Ozishni rejalashtirganlar uchun parhez mahsulotlar roʻyxati

Ozishni rejalashtirganlar uchun parhez mahsulotlar roʻyxati

Selderey- ozish uchun moʻljallangan vositalar tarkibidan oʻrin olgan.

Karam- xomligicha isteʼmol qilinganida qomatga umuman muammo tugʻdirmaydi. Qolaversa, uning kilokaloiyasi 0 ga teng.

Bodring- 90 foizi suvdan iborat boʻlib, organizmdan ortiqcha suyuqlikni chiqib ketishini taʼminlaydi.

Sabzi – istagancha isteʼmol qilsangiz ham aslo semirmaysiz. 100 gr sabzida atigi 25 kilokaloriya mavjud. 

Beta- karotin oson singishi uchun sabzili salatga oʻsimlik yogʻi ishlatilgani maʼqul.

Ozishni rejalashtirganlar uchun parhez mahsulotlar roʻyxati

Pomidor- kletchatkaga boyligi hisobidan meʼda ichaklar faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, qorinni dam boʻlishini oldini oladi.

Qizil lavlagi- yogʻ moddalarini parchalanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Ayniqsa, qaynatilgan lavlagi ezgʻilangan sarimsoq va oʻsimlik yogʻiga qoʻshib isteʼmol qilish juda foydali.

Ozishni rejalashtirganlar uchun parhez mahsulotlar roʻyxati

Sholgʻom- qonda qand miqdorini normallashtiradi.

Qovoq- T vitamini moddalar almashinuvini tezlashtiradi.

Rediska- meʼda faoliyati uchun foydali boʻlib, ichaklarni tozalaydi.

Bulgʻorqalampiri- tarkibida qon aylanishini yaxshilovchi moddalar bor. Shuningdek, bu sabzavot ochlik hissini bartaraf etadi.

Ozishni rejalashtirganlar uchun parhez mahsulotlar roʻyxati

Salat bargi- juda ochqasangiz, salat bargi qoʻshilgan salat yeb oling. Mazkur koʻkat qorinni uzoq vaqt toʻq tutadi.

Sarimsoq- xomligicha isteʼmol qilinsagina qomatga foydasi boʻlishi mumkin. Qaynatib, dimlab pishirilganida oʻz taʼsir kuchini yoʻqotadi.

Ozishni rejalashtirganlar uchun parhez mahsulotlar roʻyxati

Greyfrut- ozishni maqsad qilganlar orasida eng mashhur meva.  U ishtahani oson aldaydi.

Olma- zararli holesterin miqdorini kamaytiradi, hazm aʼzolari ishini osonlashtiradi.

Olxoʻri,qovun, kivi- bu uchlik organizmni tozalash hususiyatiga ega. Oz miqdorda yeyilsa ham toʻyimli sanaladi.

Limon- oshqozon kislotalilik muhitini oshiradi, hazm aʼzolari ishini tezlashtiradi. Bundan tashqari qomatni ixchamlashtirishda tarvuz, malina, laym mevalari ham foydali sanaladi. 

Ozishni rejalashtirganlar uchun parhez mahsulotlar roʻyxati

Sariyogʻ, margarin, smetana, qaymoq, yogʻli pishloq, mayonez, 5%li tvorog, dudlangan, marinadlangan va konserva mahsulotlari, shakar, yeryongʻoq, kungaboqar pistasi, murabbo konfet, shokolad, pirojniy, shirinliklar, quyultirilgan sut, muzqaymoq, oq non, gazlangan ichimliklar, oshirilgam hamir, pitsa, gamburger, xamirli taomlar- qomatning “dushmani”. Qahva yoki achchiq damlangan choy ichishni istasangiz yoki toʻrt yegingiz kelsa, ishtahangizga qarshi chiqmang. Ammo tanovuldan soʻng jismoniy faollikni kuchaytiring. Shunda muvozanat buzilmaydi.

Ozishni rejalashtirganlar uchun parhez mahsulotlar roʻyxati
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar