Oshxona

Ushbu mahsulotlar abadiy saqlanishi mumkin!

Ushbu mahsulotlar abadiy saqlanishi mumkin!

Hech qachonaynimaydigan mahsulotlar - afsonami yoki haqiqat? Toʻgʻri saqlangan holda,hatto nabiralaringizga ham meros sifatida oʻtishi mumkin boʻlgan bir nechta variantni topdik!

Ushbu mahsulotlar abadiy saqlanishi mumkin!

Oq sirka

Ushbu mahsulotni aynitib boʻlmaydi. Agar idishning qopqogʻi mahkam yopilgan boʻlsa, u yillar davomida saqlanadi. Aks holda, u shunchaki bugʻlanishib ketadi.

Ushbu mahsulotlar abadiy saqlanishi mumkin!

Tez eruvchan qahva

Bunday qahva, agar u germetik ravishda oʻralgan boʻlsa, cheksiz saqlanish imkoniyatiga ega. Namlik yetishmasligi bakteriyalarning koʻpayishiga toʻsqinlik qiladi.Shuning uchun, siz bir vaqtning oʻzida bir nechta paketlarni qorqmasdan sotib olishingiz mumkin.

Ushbu mahsulotlar abadiy saqlanishi mumkin!

Guruch

Oq sayqallangan guruch koʻp yillar davomida saqlanishi mumkin. Shu tarzda ham, u oʻz taʼmini yoʻqotmaydi. Saqlashning asosiy sharti germetik yopiq idishlardir.Agar guruch yaxshi quritilgan va xavfsiz tarzda oʻralgan boʻlsa, unga mogʻor va mita qorqinchli emas. Shuni yodda tutingki, jigarrang guruchni uzoq vaqt saqlab boʻlmaydi u yaroqsiz boʻlib, yogʻlarning yuqori konsentratsiyasi tufayli vaqt oʻtishi bilan mahsulotga achchiqroq tam beradi.

Ushbu mahsulotlar abadiy saqlanishi mumkin!

Kuchli alkogol

Sir emaski,40-darajadan yuqori alkogolli ichimliklar vaqt oʻtishi bilan sifat jihatidan yanada yaxshilanadi. Shuning uchun konyak, brendi, viski va aroq juda uzoq vaqt saqlanishi mumkin.

Ushbu mahsulotlar abadiy saqlanishi mumkin!

Quritilgan dukkaklilar va loviya

Ushbu mahsulotlarni ham cheksiz vaqt saqlash mumkin. Ammo bu holda ham ularning germetik qadoqlangan boʻlishi juda muhimdir. Shunda mita va mogʻor zarar yetkaza olmaydi.

Ushbu mahsulotlar abadiy saqlanishi mumkin!

Asal

Bakteriyalarning koʻpayishiga toʻsqinlik qiladigan koʻplab fermentlar ushbu mahsulotga deyarlicheksiz yaroqlik muddatiga ega boʻlish imkonini beradi. Agar asal kristallansa,uni suvda qizdiring va taʼmidan zavqlaning. Asal 60 darajadan yuqori qizdirilganda foydali xususiyatlarini yoʻqotishini unutmaslik kerak.

Ushbu mahsulotlar abadiy saqlanishi mumkin!

Tuz

Tuz quruq joyda boʻlsa, cheksiz yaroqlik muddatiga ega. Yodlangan tuzni 5 yildan koʻp boʻlmagan muddat saqlash mumkinligini unutmang.

Ushbu mahsulotlar abadiy saqlanishi mumkin!

Shakar

Ushbu mahsulot koʻp yillar davomida salqin va quruq joyda mukammal saqlanadi. Shuning uchun,  ularni zaxiralashingiz mumkin.

 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar