Sayohat

Varanasi: Qadimiy shaharning sizni dahshatga soluvchi manzaralari

Varanasi: Qadimiy shaharning sizni dahshatga soluvchi manzaralari

Olimlar esa shahar yoshini 3000 yilga tenglashtiradilar. Eng qizigʻi. shahar bugungi kunga qadar mavjud boʻlib kelmoqda. Varanasi - yetarlicha katta shahar, odatda bu yerga sayyohlar tashrif buyurishadi. 

Shahar Ganga daryosining gʻarbiy qirgʻogʻida joylashgan boʻlib, hindlar uni aynan shu sababli ham dunyo markazi deb tan olishadi. Aytishlaricha, mazkur shahar qayta tugʻilish jarayonining oxirgi nuqtasi emish. Afsonalarda keltirilishicha, Varanasida oʻlgan odamlar hayot bilan butunlay xayrlashadilar.Bu yerda vafot etgan insonlar hindlar tushunchasiga koʻra qayta tugʻilmas emishlar. Aynan mana shu narsa shaharga minglab hindlarning koʻchib kelishlari uchun sabab boʻlgan.

Varanasi: Qadimiy shaharning sizni dahshatga soluvchi manzaralari

Shahardagi krematoriylar soni shunchalar koʻpki, bu narsa sayyohlarni hayratga tushirib qoʻyadi. Ular daryo qirgʻogʻi boʻylab joylashgan. Vafot etgan hindlar jasadi aynan shu yerda kuydiriladi, hoki esa Gangaga oqizib yuboriladi.

Ayrim afsonalarda bu yerda ilk marta Shiva ilohining gulhan yoqqani aytiladi, qolgan gulhanlar esa u yoqqan olovdan hosil boʻlganmish.

Varanasi: Qadimiy shaharning sizni dahshatga soluvchi manzaralari

Oʻlim mavzusi -Varanasi muhitining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Shaharda "oʻlim shaydolari" yashaydigan butun boshli tuman ham mavjud. Ular Kali va boshqa turdagi mahzunlik ilohlariga sigʻingancha zohidona hayot kechirishadi. Sayyohlar ushbu tumanga kelishni istamaydilar, bu yerda haddan tashqari tushkun kayfiyat hukmron.

Eng qizigʻi, aksariyat koʻchalarda yuzlarini turli ranglarga boʻyagan oʻlim kohinlari oʻtirib olgancha atrofdagilarni hayratga solishadi. Ularning yonlariga esa inson suyaklaridan yasalgan maxsus buyumlar qoʻyilgan boʻladi. Ayrim kohinlar inson suyaklaridan yasalgan nay ham chalishadi. Aytishlaricha, bu shaharga kelish yetarlicha xavfli: ularni aldab-suldab, ilohlarga qurbonlik qilib yuborishlari ham mumkin ekan.

Varanasi: Qadimiy shaharning sizni dahshatga soluvchi manzaralari

Ganga daryosining qirgʻoqlarida koʻp sonli ibodatxonalar joylashgan. Ularning soni mingdan ortadi. Ayrim ibodatxonalar bugungi kunga qadar ishlab turgan boʻlsa, ayrimlari tashlandiq holatga kelib qolgan.

Varanasi: Qadimiy shaharning sizni dahshatga soluvchi manzaralari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar