Turli davlatlarning gʻaroyib xilma-xil yoʻl qoidalari

Fransiyada mashina boshqarayotgan haydovchining hushi joyida boʻlishi qattiq nazoratga olingan. Har bir fransuz avtoulov egasi mashinasida alkotester (alkogol isteʼmol qilgan yoki yoʻqligini aniqlab beruvchi qurilma) olib yurishi lozim. Aks holda qurilmaning yoʻqligi uchun 11 evro miqdorida jarima toʻlashga majbur boʻladi. Bardan chiqib transport vositasini boshqarish qobiliyatini barcha sinab koʻrishi mumkin. Bu mototsikllarga ham tegishli. Shu boisdan ham ushbu qoidani juda oʻrinli deya olamiz. Fransiyada qondagi alkogol darajasi, boshqa koʻplab Evropa mamlakatlarida boʻlgani kabi- 0,5 ppmni tashkil qiladi.

Birlashgan Arab Amirliklarida tuyalar har qanday magistral koʻcha boʻylab sayohat qilish huquqiga egadirlar. Bu yoʻlovchilar tomonidan nafaqat eʼtiborga olinishi, balki agar sharoit talab qilsa, ularga yoʻl boʻshatilishi kerak.

Yaponiyada hushyor yoʻlovchi mast haydovchi uchun javobgarga aylanadi. Nega bunday, deysizmi? Aniqlanishicha, mashina saloniga oʻtirishdan oldin, siz taksi haydovchisining ishonchliligini tekshirishingiz juda muhim ekan. Aytgancha, Yaponiyada piyodaga yoʻldagi koʻlmakdan suv sachratib oʻtmaslik ham yoʻl harakati qoidasi sanaladi. Bordiyu, shunday holat kuzatilsa, siz 6000 iyena miqdorida jarima toʻlaysiz.

Finlyandiyada taksi haydovchisi yoʻlovchilari uchun radioni yoqishga yiliga 30 evro miqdorida komissiya toʻlashi kerak. Mantiq bor: musiqiy kompozitsiyani birgalikda tinglash mijozga qoʻshimcha tadbirkorlik xizmatini koʻrsatishga tengdir. Shu sababli Finlyandiyaning barcha iqtisodiy sinf (ekonom) taksilarida sukunat hukm surmoqda.

Ehtimol, yoʻl harakati qoidalarining eng murakkab tizimi Italiyada keng tarqalgandir. Mahalliy ZTL qonuni (transport harakati cheklangan), oʻtishni taqiqlovchi belgisi keng tarqalgan. Aslida, bu mutasaddilar tomonidan avtoulovchilar rioya qilishi kerak boʻlgan maʼlum bir koʻcha va hududga kirishni cheklash toʻgʻrisidagi hukumat tomonidan doimiy ravishda yangilanib turiladigan narsa. Masalan, Italiyada ZTL zonasiga faqat mahalliy aholining maʼlum bir roʻyxatidagi odamlar kirish mumkin boʻlgan joylar mavjud va bu haqda oldindan bilishning iloji yoʻq - faqat keyinroq qoidabuzarga 50-100 yevro miqdorida jarima solinganligi toʻgʻrisida ariza kelib tushganidan soʻnggina bohabar boʻlasiz. Bunday zonalarning chegaralari kunning vaqtiga qarab ham oʻzgarishi mumkin. Rim, Florensiya va Milan kabi shaharlarda avtoulov bilan tarixiy markazga kirmagan yaxshiroqdir.

Meksikada mashina haydash paytida soqolni olishga harakat qilganlik uchun katta jarimaga tortiladi. Bu bilan ayollarga imtiyoz bor deb boʻlmaydi. Ular ham mashina boshqarayotgan paytlarida pardoz qilishga urunsalar huddi shunday jazoga ega boʻladilar. Ana shunaqa!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



