Ruhiyatga salbiy taʼsir qiluvchi 5 ta kasb


Koʻpincha harbiylar fuqarolik hayotiga kira olmaydilar. Ular oila aʼzolaridan itoatkor boʻlishni talab qilishi mumkin. Baʼzi hollarda sobiq xizmatchilar butunlay oʻziga boʻlgan ishonchni yoʻqotadilar. Bu, odam faqat boshliqni buyruqlarini bajarishga odatlanganida yuz beradi. Ularsiz u notoʻgʻri ish qilayotganini his qiladi.

Har kuni ish stolida oʻliklarni koʻrish kerak boʻlganda, quvnoqlikni saqlab qolish qiyin. Ushbu mutaxassislarning aksariyati shafqatsizligi, hissizligi va beparvoligi bilan ajralib turadi. Koʻpincha, patologoanatomlar odamlarga tirik va sezgir mavjudotlar kabi emas, balki materiya kabi munosabatda boʻlishlari mumkin.

Bu odamlar ixtiyoriy ravishda birovning hayotini saqlab qolish uchun oʻz hayotlarini xavf ostiga qoʻyishadi. Tez-tez xavf ostida boʻlish, masʼuliyatning oshishi hamda doimiy asabiy va jismoniy charchoq ruhiyatiga taʼsir etadi. Murakkab holatlarda bezovtalik, ruhiy tushkunlik va tajovuzkorlik rivojlanishi mumkin.

Ichki xavfsizlik tizimida ishlaydigan odamlar orasida yillar davomida ruhiyat buzilib borishi mumkin. Ular koʻpincha paranoyaga berilishadi, ularning tajovuzkorligi oshadi. Koʻpincha vakolatni suiisteʼmol qilish holatlari uchraydi. Bundan tashqari, jinoiy unsurlar bilan yaqin aloqa kuchli iz qoldiradi. Politsiya va tergovchilar orasida har bir odamni jinoyatkorlikda gumon qiladiganlar ham bor.

Bu ayniqsa jarrohlar, onkologlar, reanimatologlar va tez yordam shifokorlariga tegishli. Ular har doim masʼuliyat hissidan chachaydilar va shuning uchun ular oʻzlarining his-tuygʻularini berkitishga harakat qiladilar. Koʻpincha bunday ishlash shifokorlarning ruhiyatiga salbiy taʼsir qiladi
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



