Qanday qilib uy hayvonlari sogʻligʻimizni yaxshilaydi?


1. Uy hayvonlari egalarida ortiqcha vaznga ega boʻlish ehtimoli kamroq
Uy hayvonlari bor insonlar, odatda, koʻproq faol hayot tarzini olib borishadi. Bu, ayniqsa, it egalariga taʼluqli.

2. Uyhayvonlari stressni kamaytiradi
Hayvonlar bilan muloqot qilish bezovtalikni kamaytiradi. Ular stressli vaziyatlarni yengishga yordam beradi. Amerikalik olimlar hatto uy hayvonining yoningizda boʻlishi stress gormoni kortizolni atigi 5 minut ichida pasaytirishini isbotladi.

3. Uy hayvonlari egalari yurak muammolaridan kamroq aziyat chekishadi
Uyda uy hayvonining mavjudligi odamlarni rejimga yanada qatʼiy rioya qilishga, shuningdek koʻproq harakatlanishga majbur qiladi. Bu yurak-qontomir tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

4. Sogʻlom uyqu
Uy hayvonining mavjudligi uxlashni yaxshiroq taʼminlaydigan xavfsizlik hissi beradi.

5.Depressiyada yordam berishadi
Koʻp odamlar uy hayvonlari bilan suhbatlashib, muammolarini oʻrtoqlashadi. Hayvonlar maslahat berishda yordam bermasada, ular diqqat bilan tinglashadi. Uy hayvonlari, shuningdek, odamlarning kimgadir gʻamxoʻrlik qilish hissini qondiradi, bu esa depressiya darajasini pasaytiradi.
6. Qontomir va yurak xuruji xavfini kamaytiradi
Buning sababi, uy hayvonlari egalari stressga koʻproq chidamli boʻlishidir. Masalan, statistik maʼlumotlarga koʻra, mushuk egalarida yurak xuruji 20 foizga kamroq kuzatiladi. Insult bilan ham shunday vaziyat - ushbu hayvonlar oʻz vazifasini juda yaxshi uddalashayotganga oʻxshaydi.
7.Bolalarda immunitetni kuchaytirish
Olimlar qiziqarli bir muntazamlkni aniqladilar: uy hayvonlari bilan yaqin aloqada oʻsgan bolalarda immunitet va allergiyaga bardosh kuchliroq boʻladi.

8.Yolgʻizlikdan qutqarishadi
Va nafaqat oʻzining mavjudligi bilan. Masalan, it egalari ular bilan bitta maydonchada yuradigan boshqa itni sevuvchilar bilan yangi tanishuvlar qilishlari mumkin. Mushuk va boshqa uy hayvoni egalari koʻpincha uy hayvonlarini parvarish qilishning turli jihatlarini muhokama qilish uchun qiziqishiga oid klublarga qoʻshilishadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



