Qiziqarli

Koronavirusdan himoyalanishga doir samarali usullar uchligi

Koronavirusdan himoyalanishga doir samarali usullar uchligi

Inson koronavirusdan qanday himoyalanishi mumkin? Bu borada sizga ikkita yangiligimiz bor. Gap shundaki, CoVid-19 koronavirusi haddan tashqari yashovchandir va turli yuzalar ustiga tushib qolgan holatda bir necha soatgacha yashashi mumkin, elektron devayslar, liboslar ham shular jumlasidan. Uni yoʻqotish esa boshqa ayrim viruslarga nisbatan oson, zotan virusning yuqori qatlami yogʻdan iborat. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, virusni daf qilish uchun yuza qismini yogʻsizlantirib ishlov berishning oʻzi yetarli.

Koronavirusdan himoyalanishga doir samarali usullar uchligi

Bugungi kunda koronavirusdan himoyalanishning eng asosiy usuli - qoʻllarni tez-tez va yaxshilab yuvish boʻlib qolmoqda. Qoʻllarni har 10 daqiqa ichida yuvishingiz shart emas. Bu ishni quyidagi holatlarda amalga oshirishning oʻzi yetarli:

•       Xojatxonaga kirgandan keyin

•       Taom tayyorlashdan avval

•       Ovqat pishirib boʻlgandan keyin

•       Ovqatlanish oldidan

•       Ovqatlanib boʻlgandan keyin

•       Koʻchaga chiqib, uyga qaytgandan keyin

•       Jamoat joylarida insonlar bilan muloqot qilganingizdan soʻng 

Qoʻllarni sovun bilan yuvish - koronavirusga qarshi kurashishning eng oson va samarali usuli hisoblanadi. Siz tanlagan sovun oʻta qimmatbaxo yoki noodatiy boʻlishi ham shart emas. Uning tarkibidagi faol moddalar virusni samarali tarzda yoʻq qiladi,antibakterial sovun sifatida qimmatroq sotilayotgan vositalarning oddiy sovunlardan hech qanday afzalligi aniqlanmagan. 

Koronavirusdan himoyalanishga doir samarali usullar uchligi

Qoʻllarga antiseptik yordamida ishlov berish - dezinfeksiya qilishning alternativ usuli, ammo ushbu chorani faqatgina qoʻllarni yuvish imkoni boʻlmagan joylarda amalga oshirish kerak. Spirt asosidagi antiseptiklar tarkibida 60 % dan koʻproq etanol boʻladi. Tarkibida xlor mavjud boʻlgan vosita esa qoʻllaringiz terisini zararlashi mumkin. Shuni ham unutmangki, virus kichik tirqishlar ichida ham yashash imkoniyatiga ega. Shu sababli tirnoqlarga akril va gelli laklar bilan ishlov bermay turing, bu kasallanish xavfini oshirib yuboradi. Aynan mana shu tufayli ham operatsion va reanimatsion boʻlimlarda ishlovchi hamshiralarga tirnoqlarga lak surtmaslik buyuriladi. Yuzingizni har kuni ikki marta, sifatli tozalash vositalari bilan yuvish haqida unutmang. Buni ishni koʻchaga chiqib kelganingizdan keyin amalga oshirish ham foydadan holi boʻlmaydi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar