Foydali

Yongʻoq va boshqa magʻizlarning foydali xususiyatlari

Yongʻoq va boshqa magʻizlarning foydali xususiyatlari

Asosiy ovqatlar oraligʻida bir siqim yongʻoq yeyish vaqtincha ochlikni qoldirishga yordam berib, organizmni muhim moddalar bilan taʼminlaydi. Bu juda foydali. Yongʻoqlarni kasallikning oldini olish va davolashda, charchoqdan halos boʻlishda, asab buzilganda va uyqusizlikda ham yeyish tavsiya etiladi.

Yongʻoq va boshqa magʻizlarning foydali xususiyatlari

Yongʻoq -organizm uchun nihoyatda zarur. Bu mikroelement ilik tizimining sogʻlom boʻlishi uchun kerak. Bor toʻqimalarda yigʻilib, boʻgʻimlardagi ogʻriq va qaqshashdan forigʻ qiladi, sinish havfini kamaytiradi. Yongʻoqda gemoglobin miqdorini oshirishga yordam beradigan mis bor. Bu organizm hujayralarining kislorod bilan taʼminlanishi uchun juda muhim, ayniqsa, yaxshi shamollatilmaydigan honada koʻp vaqt oʻtkazsangiz.

Yongʻoq va boshqa magʻizlarning foydali xususiyatlari

Birinchidan yongʻoqlarda mineral tuzlar (kaliy, kalsiy va boshqalar) va moddalar almashinuvining tartibga solinishida muhim roʻl oynaydigan mikroelementlar koʻp.

Ikkinchidan, magʻizlar ichak faoliyatini meʼyorga soladigan kletchatkaga boy. Koʻngildagidek ichak yurishi esa organizmdan chiqindilarning tezroq chiqib ketishiga imkon beradi.

Uchinchidan, yongʻoqlarda tomirlar uchun zararli toʻyingan yogʻlar yoʻq, ammo foydali yarim toʻyinmagan yogʻlar bor. Har kuni kamida beshta magʻiz yeydigan odamlarning qonida holesterin miqdori 12 foizga kamayishi isbotlangan.

Toʻrtinchidan, yongʻoqlarda miyaning faol ishlashini taʼmilaydigan lesitin koʻp.

Yongʻoq va boshqa magʻizlarning foydali xususiyatlari

Funduk immunitetni mustahkamlaydi va asablarni tinchlantiradi.

Braziliya yongʻogʻi yoshartiruvchi taʼsir koʻrsatib, onkologik kasalliklarning oldini olishda foydali.

Yeryongʻoq esa diqqatni jamlash qobiliyatini oshiradi.

Yongʻoq magʻzida ruhiy ziqlikka qarshi kurashishga yordam beradigan magniy, yoshlikni uzaytiradigan E vitamini, qalqonsimon bez faoliyati uchun muhim selen va yod koʻp.

Keshyu yongʻogʻi ruhiy ziqliklarga qarshi kurashishda yordam beradi.

Yongʻoq holesterin miqdorini kamaytiradi, qon aylanishini tezlashtiradi.

Bodom koʻrish qobiliyatini yaxshi asrashga yordam beradi.

Yongʻoq va boshqa magʻizlarning foydali xususiyatlari

Yongʻoq bargini koʻp terlashda ishlatish mumkin. Bargni suvda qaynatib olib, terlaydigan joyni shu suv bilan chaysa, terlashni kamaytiradi.

Bundan tashqari  milk yalligʻlanishida yongʻoq bargʻidan tayyorlangan damlama bilan ogʻizni chayish kerak.

Yongʻoq va boshqa magʻizlarning foydali xususiyatlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar