"Love is..." saqichlari, komikslar va mualliflarining sevgi tarixi

Love is… komikslari yangi Zellandiyalik rassom-multplikator Kim Kasali tomonidan yaratilgan.
Kim 19 yoshida dunyo boʻylab sayohat qildi, olti yil oʻtgach, u Kaliforniyada yashab, u yerda italiyalik Roberto Kasali bilan uchrashdi. U salfetkaga kiyimsiz doʻmboq qiz va bolani rasmini chizib Robertoga berdi.
"Men oʻzimning his-tuygʻularimni ifodalash uchun kichik eskizlar yaratdim ... Bu mening his-tuygʻularim kundaligini saqlash kabi, his-tuygʻularim qanday rivojlanganligini tasvirlab berishga oʻxshardi. Avvaliga bir tomchi chizdim, u qizga aylandi va bu men edim. Bu ajoyib hayajonlarni boshdan kechirdim. Keyin yana bir tomchi chizib oldim - bu esa hissiyotning sababi boʻlgan bir bola edi ", deydi rassom. Kim va Roberto Yangi Zelandiyadagi cherkovda, Kimning ota-onasi oila qurgan cherkovda turmush qurishdi.
Kim toʻyida yopinchiqli toj kiydi va buni oʻzining doʻmboq qahramonida ham aks ettirdi.

U shunday deb esladi: «Otam yoshligimda vafot etdi, shuning uchun Roberto menga turmushga chiqishimni soʻraganida men: « Nima qilsang ham, faqat mendan oldin oʻlib qolma», dedim . U kulib, harakat qilishga vaʼda berdi. Roberto komikslarni ishlab chiqarishga qaror qildi va shu sababdan ham 1970 yil 5 yanvarda "Love is..” chiqa boshladi. 1974- yilda yigit qizni Kim deya atadi, bundan ilgariroq esa qiz qumga Roberto nomidagi birinchi harfni chizib R deb atagan edi.
Kim oʻzini haqiqiy rassom deb hisoblamadi. 1981 yilgi intervyusida Kim: "Agar tanlovim boʻlsa, men romantik qoʻshiqlar muallifi boʻlar edim.” degan. Sevgi toʻgʻrisidagi qoʻshiqlar menga chuqur taʼsir etadi… biroq , men chiroyli qoʻshiq yoza olmayman, shu bois ham men tuygʻularimni isxor qilishga boshqa yoʻlni tanlaganman.

Komiks tez ommalashib ketdi: ular endi nafaqat jurnalda chop etilardi. Ular futbolkalar, kalendarlar, plakatlar, finjonlar va yana koʻp narsalarda chop etildi.
Saga "Love is ..." komikslarida juftlikning ilk uchrashuvi, oila qurgani va soʻngida esa juftliklardan birining oʻlimiga qadar boʻlgan munosabatning turli holatlari aks ettirilgan. Komiks qahramonlarining ham Roberto va Kim kabi farzandlari bor edi. Komiksda bolalar bir qiz va bir ogʻil qilib tasvirlangan. Kim va Robertolarning hayotida esa 1971 yilda Stefano va Dario ogʻillari dunyoga keldi.
"Love is ..." suratlarining mashhurligi oʻsishda davom etdi va Roberto Kimning biznes menejeri boʻldi. Buning uchun "Minikim" korporatsiyasi tashkil etildi. Komikslarda hayvonlar ham bor! Baʼzan chizmalarda Samson ismli it paydo boʻladi, yana bir komiksda biz Fido nomi bilan oʻyilgan qabrtoshni koʻramiz. Bu er xotining vafot etgan iti.

1975 yilda Roberto moyak saratoniga , juda ogʻir kasallikka chalingan deya taxlil qilindi . Kim oʻz sevgilisi bilan koʻproq vaqt oʻtkazish uchun chizilgan komikslarini toʻxtatdi. Ammo Kim hech qanday komiksni tashlamoqchi emas edi: u ingliz animatori Bill Espritdan uni nomi bilan imzo chekilgan chizmalar chizib berishini soʻradi. Billning qalamiga mansub koʻmikslar Rossiya, Turkiya va Ukrainaning rassomlari tomonidan qabul qilinib, "Love is ..." birinchi rangli komikslarni chiqardi.

"Men dorilarni qidirib, yomon xabarlardan uzoqlashtirmoqchi boʻldim", deydi Kim. 1975 – yilda Robertoni operatsiya qilishdi. “ Biz Roberto bilan Rojdestvo sovgʻalari haqida suhbatlashdik va men unga brilliant toshli uzuk emas yana bir farzand hoxlayotganimni aytdim”. Roberto Kasali 31 yoshida 1975 yilda vafot etdi. Komikslarda faqatgina qizaloq Kim va qabr toshi qoldi.

Uning oʻlganidan 16 oy oʻtgach, Kim eridan olingan muzlatilgan suyuqlik yordamida bolani tugʻdi. Garchi beva ayol koʻp qoʻllab-quvvatlanadigan maktublar olgan boʻlsa-da, diniy matbuot taʼkidlaganidek, u "diniy axloqqa" qarshi chiqdi.
"Roberto va men, ikki ogʻlimizga kichik uka yoki singil sovgʻa qilishni juda hoxlagan edik. Shifokorlarning gʻamxorligi va sabri tufayli bu orzu ijobat boʻldi va men oʻzimning ajoyib erimni yodga soluvchi yana bir yodgorlikka ega boʻldim ” deydi Kim. Ingliz gazetalari bolani “ajoyib bola” deb atagan.

Love is... suratchalarida qiz “kolyaska” sudrab ketmoqda va tepasida quyidagi jumlalar “ Milo Robertoni taqdim etishdan hursandmiz. Ota – onasi: Kim va Roberto (vafotidan keyin sunʼiy urugʻlantirish orqali)”.
Tanqidlarga javoban Kim shunday deb yozgan edi: "Milo ota – onasining muhabbatidan dunyoga kelgan. Agar kimdir buni qoralagan boʻlsa, demak, dunyo oʻz nisbiy tuygʻularini yoʻqotdi. Roberto vafotidan oldin sunʼiy urugʻlantirish orqali chaqaloqqa ega boʻlishga harakat qildik. Agar erim tirik boʻlsa, Milo tabiiy yoʻl bilan dunyoga kelgan boʻlar edi. Robertoning oʻlimini qanday oʻzgartirib boʻlardi?

Afsuski Kimning ham umri nihoyasiga ega edi. U oʻz uyida Angliya – Surreyyada 55 yoshda suyak va jigar saratonidan vafot etdi. Sof muhabbat sohiblarining oilaviy biznesini ularning katta oʻgʻli Stefano davom ettirdi. Komikslarni Bill Kimning shaxsiy imzosi ostida (ularning kelishuvlarida belgilanganidek) chizishda davom etti. Garchi Kim bu dunyoni tark etgan boʻlsa-da…

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



