12 yoshli kelin, son-sanoqsiz oltinlar va sovchilik udumlari: Loʻlilar toʻyi qanday oʻtkaziladi?

Loʻlilar uchun toʻy marosimi qadim zamonlardan beri muhim tushuncha boʻlib kelgan. Shu sababli ular toʻy-tantanalar uchun hech qachon pul ayab oʻtirishmaydi. Loʻlilarning toʻylari oʻzidagi hashamatdorlik va namoyishkorlikka boʻlgan intilish bilan ajralib turadi.
Juda koʻp oilalarning toʻy marosimi tufayli qarzdor boʻlib qolish holatlari ham uchrab turadi.
Son-sanoqsiz mehmonlar, hovlidagi ulkan dasturxon, misli koʻrilmagan tansiq taomlar, obdon bezatilgan kelin koʻylagi va unga taqdim qilingan tilla taqinchoqlar - loʻlilar toʻylarining ajralmas birqismi hisoblanadi. Marosim davomida mehmonlarning barchasi shoʻx musiqa sadosi ostida holdan toyguncha raqsga tushishadi.

Har qanday toʻy marosimieng avvalo, sovchilik hamda unashtiruvdan boshlanadi. Kuyovning ota-onasi kelinning uyiga sovchi sifatida oʻz vakillarini yuboradilar. Agar kuyov vauning oilasi kelinning oila aʼzolariga maʼqul boʻlsa toʻy uchun rozilik berib yuboriladi. Loʻli qizlarining aksariyat qismi 16-20 yoshda oila quradilar. Zamonaviy hayotda ushbu koʻrsatkichlar birozgina oʻzgargani rost. Loʻlilar orasida kichik yoshdagi bolalar va hattoki chaqaloqlarni ham unashtirib qoʻyish odati mavjud. Bolalar ulgʻayib, katta boʻlishgach, ota-onalar tomonidan toʻy marosimi uyushtiriladi. Bunday unashtiruvni buzishga hech bir tomonning haqqi boʻlmaydi. Loʻlilarda shunday odatlar ham mavjudki, kichik yoshdagi qizaloqlar bolalikda unashtirilgan yigitlarining uylariga tarbiya qilish uchun berib yuborilgan. Kuyovning ota-onasi qizni oʻz qarashlaridan kelib chiqib tarbiya qilganlar. Qizning yoshi 12-13 ga yetgach, katta toʻy marosimi uyushtirilgan. Nima uchun loʻlilar bunchalar yosh oila qurganliklari haqida bilasizmi? Ularning fikriga koʻra, ajdodlar tomonidan tanlab berilgan bu yosh kelgusida kelin-kuyovning juda koʻp farzand koʻrishlari uchun imkoniyat yaratar emish.

Koʻp hollarda kuyov oilasi loʻli kelinlar uchun katta miqdorda tilla buyumlar taklif qilishadi. Bundan tashqari, ayrim holatlarda kelin almashinuv jarayoni ham yuz berishi mumkin. Kuyov kelinni oʻz uyidan olib chiqib ketar ekan, uning oʻrniga singlisi, opasi yoki biror jiyanini qoldirishi kerak. Keyinchalik bu qiz kelinning akasi yoki ukasiga turmushga chiqadi. Loʻlilar bu odatni "te keres pe skimbate" deya ataydilar. Bunday holatda, kelin uchun qalin puli berish shart boʻlmay qoladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



