Qiziqarli

Koronavirus infeksiyasiga chalingan mashhurlar

Koronavirus infeksiyasiga chalingan mashhurlar

Avstraliyada Elvis Presli haqidagi film suratga olishga tayyorgarlik koʻrayotgan chogʻlarida Tom Henks va uning rafiqasi aktrisa Rita Uilson  koronavirusni yuqtirib olishdi. Ikkalasi ham oʻzlarini horgʻin his qilishdi, Rita isitmalay boshladi. Shundan soʻng juftlik birgalikda koronavirusga test topshirishdi. Natijalar esa ijobiy edi. Er-xotin Avstraliyaning Kvinslend shahrida karantinga olingan. Aktyor oʻzining Instagram-dagi sahifasida ular barcha kerakli yordamlarni olayotganliklarini yozdi va obunachilarini ehtiyot boʻlishga chaqirdi. Bir muddatdan soʻng er-xotin sogʻayib, uylariga qaytib ketishdi.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan mashhurlar

Jeyms Bondning qiz oʻrtogʻi roʻlini oʻynagan aktrisa mart oyining boshida kasallandi. Olga Kurilenko Londondagi uyida karantinda oʻtirishga majbur boʻldi. Aktrisaning omadi kelganga oʻxshaydi - u tezda tuzalib ketdi.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan mashhurlar

"Qorongʻu minora" filmi orqali barchaga yaxshi tanilgan qora tanli yulduzni ham “Uhan vabosi” chetlab oʻtmadi. "Men oʻzimni yaxshi his qilyapman, hech qanday alomatlar yoʻq, ammo oʻzimni yakkalashim kerak edi. Odamlar, aqlli boʻlinglar, men kabi uyda qolinglar va vahimaga yoʻl qoʻymanglar ”, deydi u Twitterdagi sahifasida. 

Koronavirus infeksiyasiga chalingan mashhurlar

16-mart sanasida Kristofer Xivyu koronavirusga chalingan mashhurlar roʻyhatiga qoʻshildi. U va uning oilasi uy karantiniga yuborilgan. Norvegiyalikning soʻzlariga koʻra, u oʻzini yaxshi his qilmoqda, alomatlar grippga oʻxshaydi. “Hammangiz juda ehtiyot boʻlishingiz kerak. Qoʻlingizni yuving, 1,5 metr masofani saqlang, kasallik tarqalishining oldini olish uchun uyda qoling", - deydi aktyor.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan mashhurlar

22 mart kuni 79 yoshli opera qoʻshiqchisi Plasido Domingo koronavirus infeksiyasiga chalingani haqida xabar berdi. Uning yoshi katta boʻlishiga qaramay, u kasalxonaga yotqizilmagan, ammo uyida oʻz oilasi bilan karantinga olingan. 30 martda u asoratlar tufayli ogʻirlashdi.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan mashhurlar

Yelizaveta II ning toʻngʻich oʻgʻli shahzoda Charlz 25 mart kuni kasallar qatoriga qoʻshildi. Bukingem saroyida maʼlumot tasdiqlandi. Uning holati uchun bu  juda xavflidir, chunki taxt vorisi allaqachon 71 yoshda va odam qanchalik katta boʻlsa virus shunchalik xavflidir. Ammo, qirol oilasining ahvoli yomonlashishini oldini olish uchun imkoniyatlar yetarli. 30 mart kuni qirollik oilasining matbuot xizmati valiahd shahzodasi sogʻayib ketganini eʼlon qildi.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan mashhurlar

Koronavirus endigina Buyuk Britaniya hududiga kirib boshlaganda, Bosh vazir Boris Djonson hammasi "oʻz-oʻzidan oʻtib ketadi" deb kutib, umumiy karantindan ikkilandi, ammo aholining ozgina qismi qurbon boʻlishi kerak edi. U juda tez, harakat yoʻnalishini oʻzgartirdi, lekin kech edi. 27 mart kuni, 6000 dan ortiq infeksiyalanganlardan soʻng Jonsonning oʻzi ham ularning safiga qoʻshildi.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan mashhurlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar