Ilk ish joyi haqida eslashni hushlamaydigan mashhurlar

Uorren Bitti – ilk faoliyatini kalamush ovlashdan boshlagan. Aniqroq qilib aytganda, zararkunandalarga qarshi kurash xizmati xodimi boʻlgan.

Bred Pitt - El Pollo Loco savdo markasi uchun joʻja kiyimidagi masxaraboz boʻlgan.

Elen Dejeneres- televizion boshlovchiga aylanishdan oldin koʻplab oddiy ishlarni sinab koʻrgan va bir muncha vaqt Luiziana shtatida ishladi, u yerda ustritsalarni chigʻanoqlardan qanday chiqarishni oʻrgandi.

Shon Konnery tobutni tozalovchi boʻlib ishlagan.

Metyu Makkonaxi - tovuqxonani tozalovchi kasbi bilan shugʻullangan. Bundan tashqari u qushlarga ovqat yetkazib beruvchi ham edi.

Megan Foks- "smuzi" kafesida bufetchi boʻlgan. Eng ajablanarlisi u ahmoqona banan kostyumida ishlashi kerak edi.

Jina Devis - maneken. Bu aynan koʻpchilik oʻylagandek model emas, balki qoʻgʻirchoq maneken boʻlib ishlagan.

Sindi Krouford - ilk faoliyati davomida makkajoʻxori tozalash bilan shugʻillangan.

Mayli Sayrus– hojatxona tozalovchisi boʻlgan. U birinchi ishini tozalash kompaniyasida boshlagan.

Morgan Frimen-professional raqqosa boʻlgan. Keyinroq u Xudo tomonidan berilgan aktyorlik isteʼdodini kashf etadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



