Inson tanasi haqida qiziqarli 10 ta fakt

Ularni inson zakovatini lol qoldiruvchi ilmiy izlanishlar sari yetaklamoqda, shuning taʼsiri natijasida deyarli har kuni inson organizmi toʻgʻrisida yangidan yangi ilmiy kashfiyotlar qilinmoqda. Bularning ichida, inson tanasi toʻgʻrisidagi eng qiziqarli 10 tasi haqida, quyida maʼlumotlar keltiramiz.

1. Inson tanasi har xil kimyoviy unsurlardan tashkil topgan. Bir umr davomida tanamizdan ajralib chiqqan xlor moddasi katta-katta oltita suv havzasini zararsizlantirish (dezinfeksiya)ga yetar ekan! Tanamizdan ajralib chiqqan fosfor esa, 200 quti gugurt tayyorlashga yetar ekan.
2. Oltmish yil yashagan odam, shundan yigirma yilini uyquda oʻtkazar ekan, uyqu oʻlimning ukasi, degan gaplarni beʼjiz gapirishmasligiga amin boʻlgan boʻlsangiz kerak.
3. Chaqaloq tugʻilgan paytda tizza qopqogʻiga ega boʻlmaydi, bu narsa 2-5 yoshlar oraligʻida shakllanadi.

4. Inson tanasidagi eng mustaxkam qism bu – tuklar boʻlib, ular eng oxirida chirishni boshlaydi. Arxeologlar tomonidan topilgan, eramizdan avvalgi ming yillar oldin mumiyolangan jasadlar ichida, skletdan tashqari “yashab” qolgan qismi bu –tuklar edi.
5. Inson uyqudagi holatida boʻyi uzunroq boʻlishiga nima deysiz? Chunki, yotgan holda odam tanasi boʻsh va erkin holatda boʻlib, buning natijasi oʻlaroq u taxminan 0.8 smga uzayadi.
6. Inson organizmi judayam koʻp issiqlik ajratib chiqaradi, bir kunda ajralib chiqqan issiqlik energiyasi 30 litr suvni qaynatishga yetar ekan!

7. Qon tarkibi esa, insoniyat tarixidan oldingi davrdagi dengizlar tarkibi bilan bir xil.
8. Inson yuragi oʻlchami jihatidan mushtdekkina keladi, katta odamlarda ogʻirligi 220-265 gr tashkil qiladi. U bir qarashda bitta stakan (200ml) qonni haydashga quvvati yetadi.
9. Oshqozon ham judayam “aqlli” boʻlib, miya va uning taxlilisiz oʻz ishini bajaraveradi. Biz tomonidan hech qanday taʼsirlarsiz ozuqa hazm qilish jarayonini olib boraveradi. Undan ajralib kislotalar esa, hatto rux moddasini ham hazm qilib –eritib yuboradi. Ammo shunisi yaxshiki oshqozon hujayralari kislota taʼsiridan koʻra tezroq harakat qiladi.
10. Inson terisi katta odamlarda, taxminan ikki kvadrat metrni tashkil qiladi. U hayot davomida, yangilanishi natijasida 18 kg terini ajratib tashlaydi. Bu hodisa, inson terisining eski hujayralari oʻrniga yangi hujayralar bilan almashinuvi natijasida sodir boʻladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



