Avto

Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar

Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar

24-mart kuni Elon Mask seriya ishlab chiqarishga tayyor Tesla Model 3 prototipini taqdim etdi. 6 soniyali rolikda tashqi koʻrinishi jihatidan oldingi protiplarga oʻxshaydigan avtomobil tez yuradi va keyin darxol tormoz oladi.

Oldinroq Model 3 ning sinov namunasini SpaceX ofisi yonida joylashgan jamoat yoʻlida koʻrishgan.

Mask oʻzining Twitterdagi sahifasida yozishicha, kompaniya "ozod nomzod"ni sinash ishlarini boshlab yuborgan, keyin bu avtomobil versiyasini ommaviy ishlab chiqarish uchun konveyerga yuborishadi.

Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar

Model 3 - Teslaning toʻrtinchi seriyali elektromobili va kompaniyaning ommaviy bozor uchun moʻljallangan birinchi avtomobili. Tesla uni 35 ming $ dan boshlab sotishni rejalashtirgan.

Elektrokarning narxini tushirish maqsadida kompaniya akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan ulkan Gigafactory 1 zavodini qurdi va yana shu turdagi bir qancha fabrikalarni ishga tushirishni rejalashtirib qoʻygan. Aynan batareyalar avtomobil narxining baland boʻlishiga sabab boʻladi.

Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar
Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar

Model 3 deyarli barcha xususiyatlari boʻyicha oʻzidan oldingi modellar: Model S va Model X larga yon bosadi. Bunda Maskning soʻzlariga qaraganda, Model 3 nomlanishidagi raqamni xaridorlar Teslaning keyingi avlodi deb qabul qilgan.

Kompaniya asoschisi avtomobilning Model S ning kichraytirilgan va oddiyroq versiyasi ekanligini bildirdi - yurish va kuchlanish zapasi, vazifalari kamroq boʻladi.

Model 3 ning asosiy komplektatsiyasining akkumulyator zaryadi toʻliq boʻlganda 346 kilometr yurishi mumkin. 97 km/s gacha tezlashish uchun 6 soniya kifoya. Avtomobilni Supercharger tez zaryadlash stansiyasi yordamida zaryadlash mumkin. Energiyani toʻliq tiklanishiga ketadigan vaqt, akkumulyator sigʻimi va ishlatiladigan dvigatellar kuchi - Tesla xodimlari tomonidan hali eʼlon qilinmadi.

Oldin sotuvda orqa gʻildirakli haydov model - RWD paydo boʻladi. Ikki elektr dvigatelli,  4 gʻildirakli haydov mashinasi sotuvga kechroq - 2017-yil iyul oyidagi ishlab chiqarishdan 6-9 oy oʻtib chiqariladi. 

Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar

Model 3 ning barcha oʻzgartirilgan turlari avtopilot tizimi bilan jihozlanadi. Bundan tashqari kompaniya avtomobilning yanada xavfsiz tizimini yaratishini taʼkidlab oʻtmoqda.

Model 3 ning tomi butunlay shishadan ishlangan. Kuzov dizayni - kompaniyaning boshqa modellari stilistikasida.

Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar
Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar
Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar
Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar
Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar
Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar
Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar

Konsept rasmlariga qarasak, haydovchi oʻrindigʻida rul orqasida klassik moslamalar paneli yoʻqligi koʻrish mumkin. Uning oʻrniga muhandislar 15 dyumli LG ekranini joylashtirishdi. Unda avtomobilning yurishi va boshqaruv funksiyalari haqidagi maʼlumotlar koʻrinib turadi.

Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar
Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar

Taxminlarga koʻra, Model 3 ni tirsakqoʻygichli matkaziy tonnel va narsalarni saqlash qutisi bilan jihozlashadi. Model S interyerida aynan shu jihozlar boʻlmagani uchun noroziliklar kelib chiqqan.

Hozircha avtomobil rulining qanday koʻrinishda boʻlishi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Model 3 ning oldingi prototiplari suratlarida rulda hech qanday knopkalarning yoʻqligi - faqatgina rul orqasida standart koʻp funksiyali richaglar bor.

Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar

2016-yilning noyabrida taqdim etilgan mashinaning prototipida Model 3 da 3 spitsali, 2 knopkali  gʻildirak paydo boʻldi.

Tesla Model 3: birinchi ommaviy elektr avtomobil haqida maʼlumotlar

Tesla reklama materiallarida mashina interyeriga oid suratlarni joylashtirmaydi, masalan avto ishlab chiqarish saytida mashining eksteryer suratlarini koʻrishingiz mumkin. Elon Mask oʻzining Twitterdagi sahifasida buning sababi interyerga kerakli boʻlgan elementlarning qoʻshilishi yoki oʻzgartirilishi mumkinligi bilan bogʻliq. Masalan, avtokar salonining ventilyatsiya teshiklari qayerda joylashishi hali aniq emas.

Avtomobilning boshlangʻich narxi-35 ming$. Hozirda Model S kompaniya sayti orqali 71 ming $ hisobida sotilmoqda.

Lekin xarodorlarni qoʻshimcha toʻlovlar kutmoqda. Har yili oʻtkaziladigan aksionerlar majlisining 2016-yilning may oyidagi yigʻilishada Mask Model 3 egalarining Supercharger zaryadlash tarmogʻidan foydalanishlari uchun toʻlov toʻlashlarini aytib oʻtdi. Yoki ular avtomobil xarid qilayotganda kerakli variantlarni sotib olishlari kerak.

Avtomobilga kompaniya rasmiy sayti orqali buyurtma berish mumkin -  buning uchun 1 ming dollar hisobida depozit kiritish kerak. Tesla kompaniyasi soʻzlariga qaraganda, 2016-yilning avgust oyida 400 ga yetgan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar