Texnologiya

Har qanday yuzani sensor ekranga aylantira oladigan yangi golografik proyektor

Har qanday yuzani sensor ekranga aylantira oladigan yangi golografik proyektor

Fantast yozuvchilar ilk bor golografik tasvirlarni oʻylab topganlaridan beri muhandis va olimlar bu texnologiyani yaratish ustida bosh qotirdilar. Oxirgi yillarda esa uchbu soha jonkuyarlarining say-harakatlari yuqori choʻqqilarga chiqdi. Bugungi kunda filmlarda uchraydigan mukammal gologrammalar hali yaratilmagan boʻlsa ham, biroq qiziqarli namunalari sotuvga chiqarildi. Shulardan biri  Sony kompaniyasining yangi ixtirosi – Xperia Touch proyektoridir.

Har qanday yuzani sensor ekranga aylantira oladigan yangi golografik proyektor

Xperia Touch – sensor texnologiyali proyektordir. Bu qurilma hozircha katta hajmli tasvirlarni yaratmasa ham, biroq interaktiv tasvirlarni uzatadi. Bu esa foydalanuvchiga proyektsiya qilinuvchi tasvirni  huddi smartfon yoki planshetdagi sensor ekrandagi tasvir kabi boshqara olish imkonini beradi.

Har qanday yuzani sensor ekranga aylantira oladigan yangi golografik proyektor

Proyektor bevosita hamda mobil moslama yordamida boshqariladi. Yana muhim omillardan biri – uning Wi-Fi tarmogʻiga ulana olishidir. Bu esa internet-serfing bilan shugullanish imkoniyatini yaratadi. XperiaTouch yordamida yaqinlaringizga xabar va eslatmalar qoldirishingiz mumkin. Moslama shaxsiy maʼlumotlar bankiga ega. Proyektorning ogʻirligi bor yoʻgʻI 932 gramm keladi, gabariti esa 69x134x143 mm ga teng. Maksimal diagonali 23 dyuym. Yangi moslama tarmoqqa ulanish hamda litiy-ionli akkumulyator orqali ishlaydi. 

Har qanday yuzani sensor ekranga aylantira oladigan yangi golografik proyektor

Xperia Touch har bir uyda har qanday vazifada  ishlatilishi mumkin. Masalan, proyektor kompyuter yoki televizor ekranining oʻrnini bosishi mumkin. Shuningdek bu yangi texnologiya istalgan yuza, masalan stol yoki devorni sensor ekranga aylantirishi ham mumkin. Bu uy vazifasi yoki ovqat tayyorlash jarayonida qulayliklar yaratadi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar