Muzqaymoqning zarari bormi?

Qoshiqchadagi mikrobdan ommaviy zaxarlanish hatto muzqaymoq sotiladigan qimmat qahvaxonalarda ham boʻlishi mumkin. Koʻchada sotiladigan muzqaymoq haqida gapirmasak ham boʻladi. U yerda chiroq koʻp oʻchadi, shuning uchun mahsulotni saqlash qoidalari koʻp buziladi. Sevimli muzqaymogʻingizni qidirganda yaqinroqdagi supermarketga kirib chiqqaningiz maʼqul.

Muzqaymoq tayyorlash jarayonini yeb koʻrib bilsa boʻladi. Agar bir hil boʻlsa, qumoqlari boʻlmasa u keraklicha saqlangan. Agar tilingizga nimadir “botsa”, u qayta muzlatilgan. Demak, u koʻrsatilgan muddatidan oldin ayniydi. Muzdan tushish jarayonida unga qanday mikroblar yuqqanini esa gapirishga hojat yoʻq. Mahsulotning buzilgan shakli ham uni talab qilinganidek saqlanmaganidan dalolat beradi. Quyib beriladigan muzqaymoqning oʻlchaydigan qoshiqchasi har bir portsiyadan keyin maxsus eritmaga chayilmasa, bakteriyalar manbai boʻlishi mumkin. Sotuvchidan uni nimada chayilishini soʻrab koʻring. U buni bilishi shart. Agar sotuvchi umuman chaymayotganini koʻrsangiz, pulingizni muzqaymoqqa sovurmaganingiz maʼqul.

Har qanday muzqaymoq oʻramida qator tarkibiy qismi beriladi. Afsuski, ular orasida foydalilari kam uchraydi. Bugun koʻp sut mahsulotlariga hayvon yogʻlari (foydali va tabiiyki qimmat) oʻrniga arzon oʻsimlik moylari – kakos, palma, raps moylari qoʻshilmoqda. Koʻpchilik pishloq, sariyoq va sirok ishlab chiqaruvchilar shu usuldan foydalanishmoqda.

Muzdek shirinliklarning eng foydalilari “plombir”,“sariyogʻli muzqaymoq”, yoki “sutli muzqaymoq” sanaladi, hatto ularga ham ayrim “vijdonsiz” ishlab chiqaruvchilar oʻsimlik moylarini qoʻshishadi.
Shu bois faqat nomiga emas, tarkibiga ham eʼtibor bering. Roʻyxatda oʻsimlik moyini koʻrsangiz satib olmang. Darvoqe, tarkibiy qismlar roʻyxati mayda xarfda bosilgan boʻlishi yoki hatto biror narsaning tagiga berkitib qoʻyilgan boʻlishi ham mumkin.

Mevali muz allergiyani qoʻzgʻatishi mumkin, ayniqsa, bolalarda. Chunki ularda hushboʻy xid beruvchi va kimyoviy moddalar koʻp. Agar bunday muzqaymoq tarkibida rang beruvchi moddalar uchtadan koʻp boʻlsa, bolalar tanovul qilmagani yaxshi. Sifatli mahsulotda birinchi oʻrinda tarkibidagi suv koʻrsatilishi kerak, ikkinchi oʻrinda esa- mevali sharbat yoki pyure. Agar bu talablarga rioya qilingan boʻlsa, bunday muz foydalidir.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



