Klassik toʻy libosidan voz kechgan va bu qaroridan sira ham afsuslanmagan mashhurlar

“Katta portlash nazariyasi”dagi Penni roʻli bilan barchaga yaxshi tanilgan aktrisa 2018-yil 30-iyun kuni Karl Kukka turmushga chiqdi. U nikoh oqshomida ajoyib oq kambenizonda namoyon boʻldi. Uning ushbu uslubi koʻpchillikka manzur boʻldi.

Djulianna Mur 2003-yilda amerikalik prodyusser va rejissor Bart Freyndlixga turmushga chiqqan. Uning toʻy libosi koʻpchilik uchun gʻayritabiiy tuyuldi. Binafsharang libos va yashil taqinchoq unga juda yarashgan.

Mahoratli model ommani ikki karra lol qoldirdi. Boisi u 2018-yil 23-fevral kuni, atigi bir necha oyilgari tanishgan yigiti Sebastyan Makklardga turmushga chiqadi va Zara brendidan ajoyib kostyumni nikoh libosi sifatida kiyib chiqadi.

2013-yil 17-oktyabrda Kristen Bell va uning hamkasbi turmush qurishadi. Bu haqida faqat ularning eng yaqin doʻstlarigina habar topdilar. Oppoq toʻy libosi oʻrniga kelinimiz qora koʻfta-shim va katta taqinchoq uygʻunligini tanladi.

1989-yil Emma Tompson va Kennet Bran turmush qurishadi. Emma nikoh kechasida tizzagacha uzunlikdagi, rangli naqshlar bilan bezatilgan noodatiy libos kiyadi.

2014-yil 23-avgust sanasi mashhurlar oilasi yana bittaga koʻpaydi. Ushbu sanada goʻzal va maftunkor Anjelina Joli hamda iqtidorli Gollivud aktyori Bred Pit turmush qurishdi. Anjelina toʻy oqshomida farzandlari tomonidan surʼatlar bilan bezatilgan va Versage tomonidan yaratilgan libosda namoyon boʻldi.

1994-yil 17- dekabrda Selinni dunyoga tanitishda oʻz hissasini qoʻshgan musiqa prodyusseri Rene Anjelil bilan turmush qurdilar. Selin Dion nikoh kechasida odatiy libos kiygan, biroq uning boshidagi taqinchoq haqida bunday deya olmaymiz. Uning toji oʻsha davrlarda barchaning tiliga tushgan.

Ideal juftlik sanalgan Dita fon Tiz va Merelin Menson oddiy toʻy bilan cheklanib qolmasliklari aniq edi.
2005-yil 28-noyabrda boʻlib oʻtgan nikoh kechasida kelinimiz siyoxrang libosda mehmonlar qarshisiga chiqdi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



