Foydali

Oʻgʻil bola tarbiyadagi nozik jihatlar

Oʻgʻil bola tarbiyadagi nozik jihatlar

1.Oʻgʻil bolaning tarbiyasi bilan ota shugʻullanishi lozim. Tugʻilishi bilanoq. Ha, aynan oʻzining tugʻilishi bilan. Chunki oiladagi tarbiya – bu avvalambor nasihat emas, namunadir. Oʻgʻil bola otasining gapiga kirmaydi, u otasining xulqi, yurish-turishi va gap-soʻzidan andoza oladi.

Onalarga savol – oʻgʻlingiz otasiga oʻxshashini xohlarmidingiz?

2. “Haqiqiy erkak” deganda nima tushuniladi? Erkak deganda kuchli jins vakili tushuniladi. Kuchli degani esa qarorlarni qabul qilishni bilishi hamda javobgarlikni oʻz boʻyniga olishni bilishi kerak,degani.

Ota-onalarga savol – oʻgʻlingiz mustaqil qaror qabul qilishni va ular uchun javobgarlikni boʻyniga olishni biladimi?

Oʻgʻil bola tarbiyadagi nozik jihatlar

3.Qaror qabul qilish bilan javobgarlikni boʻyniga olish – bu bir tanganing ikki tomonidir. Birini bajarsa, ikkinchisini ham eplashi kerak. Masalan, erkak kishi qaror qabul qilsa-yu, uning uchun ayol kishi javob bersa, bu onasining bolasi, hisoblanadi. Yoki boʻlmasa, erkak kishi qaror qabul qilmaydi, biroq buning uchun javob bersa, unda u ayol kishining gapidan chiqmaydigan erkak boʻlib qoladi.

4.Erkinlik oʻzini tiya bilishdan boshlanadi. Sharq maqollaridan birida shunday deyiladi: “Avvalambor suvni tuya ichadi, chunki uning qoʻllari yoʻq. Ikkinchi boʻlib, erkak kishi ichadi, chunki uning sabri yoʻq. Uchinchi galda esa ayollar suv ichadi”.

Bizning tarbiya tizimimizda esa quyidagicha navbat boʻladi: “Eng birinchi navbatda – onaga, chunki u ayol kishi, ikkinchi oʻrinda himoyasiz jonivorlarga. Va nihoyat uchinchi oʻrinda erkak kishiga, chunki erkak kishi oliyjanob boʻlishi kerak”.

Oʻgʻil bola tarbiyadagi nozik jihatlar

5. Bola necha yoshidan boshlab erkak kishi hisoblana boshlaydi? Aqlini tanishi bilanoq, yaʼni uch yoshdan boshlab. Ha, ajablanmang, aynan uch yoshdan.

Aynan shu yoshdan boshlab bolaga “Sen – erkak kishisan!”, deb qulogʻiga quyish lozim. Ayan shu yoshdan boshlab bolaga “Bajarishing shart!”, deb uqdirish lozim. Afsuski, atrofga nazar solganda oʻzini biror narsaga majbur eta oladigan erkaklarni topish amrimahol. Axir erkak kishi hamma narsani bilishi va bajara olishi shart.

Yaʼni, erkak kishi chidamli boʻlishi, oʻz nafsini yenga olishi, xato qilsa, uni tuzata bilishi, mehribon boʻlishi, qattiqqoʻl, qoʻpol boʻlishi, soʻziga javob bera olishi lozim. Umuman erkak kishi hamma narsani bilishi va har qanday sharoitda oʻzini yoʻqotib qoʻymasligi lozim.

Oʻgʻil bola tarbiyadagi nozik jihatlar

6.Oʻgʻil bolaga tugʻilishi bilanoq erkak kishiga qilgandek muomala qilish kerak. Goʻdak bolangiz qoʻlingizda yigʻlasa, uni “Erkak kishi ham yigʻlaydimi?” deb ovuting.

Bu bilan siz oʻzingizni ham, uni ham shunga oʻrgatib borasiz. Ha, bolaga huddi kattalarga qilgandek, muomala qilish lozim. Bu goʻdak bilan oʻynamaslik, uni erkalamaslik va mehr bermaslik kerak, degani emas, albatta.

7.Bola yanglishishiga qoʻyib berish kerak. Mayli, yanglishib u tevarak atrofini oʻrganadi, uning chegarasini topishga harakat qiladi. Bolani xatolari uchun jazolash kerak emas, ularni tuzatishni oʻrgatish lozim. Bola oʻz xatosini oʻzi mustaqil holda, faqat sizning yordamingiz bilan tuzatishni oʻrganishi kerak.

Oʻgʻil bola tarbiyadagi nozik jihatlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar