Mashhur milliarderlardan biri Mark Sukerbergning muvaffaqiyati, sevgi qissasi va oilasi haqida qiziqarli maʼlumotlar

Mark oʻz jufti uchun nikoh uzugi tanlar ekan uning boshqalarga oʻxshamagan boʻlishini istagan holda rubin va olmoslar bilan bezatilgan bu tuxfani oʻz gʻoyalari asosida ishlattirdi. Ushbu uzuk uning boyligi oldida dengizdan tomchi boʻlsa ham, oz emas koʻp emas 25 ming dollarga aylandi.

Mark oʻrta maktabda oʻqib yurgan yillari programmalashtirish ishi bilan qiziqib qoldi. U bu soxaga shunchalar berilib ketdiki, tez orada uning ota-onasi Markni “Phillips Exeter Academy” oʻquv maskanida oʻqita boshladilar. Mark Devid Nyumandan saboq olishga kirishdi. Nyuman ilk bor Markni daxo deya atadi. Uning shogirdi mashgʻulotlar paytida ham turli-tuman shoʻxliklar qilib, kompyuterlarni programalashtirishga urinardi.
Mark taxsil yillarida turfa mukofotlar bilan taqdirlandi. Boʻlgʻusi milliarder goh matematika boʻyicha katta yutuqlarga erishsa, goh astronomiya, goho esa fizika faniga doir bilimi bilan barchani hayratga solardi. Kollejga oʻqishga kirayotgan paytida mahsus soʻravnomaga ingliz tili bilan bir qatorda fransuz, ivrit, lotin va qadimgi Rim tillarida bemalol muloqat qila olishi mumkinligini yozib qoʻydi. Mark nafaqat aniq fanlar, balki til oʻzlashtirish borasida ham juda iqtidorli edi.

Garvard universitetiga kirgach Markning baholari pasayib ketdi,. Bu uning aqli oʻtmaslashib qolgani uchun emas, balki programmalashtirish ishi Markni butkul band qilib qoʻygani bilan bogʻliq edi. Tez orada u oʻz muallimlariga universitet bazasidagi talabalar nomini internetda qayd etish gʻoyasini taqdim etdi. Olingan rad javobi Mark tomonidan “Facemash” saytining ochilishi va unda barchat alabalarning nomi qayd etilishiga toʻsqinlik qila olmadi. U joylashtirilgan surʼatlar tagiga kimning rasmi yaxshiroq ekanligiga baho berishni taklif etdi. Yaratilgan sayt talabalar orasida ommalashib ketdi. Ammo Garvard maʼmuriyati Markka saytni yopish talabini qoʻyishdi. Mark saytni yopdi, lekin koʻp oʻtmay talabalar istagi bilan qaytadan ochdi.
Shunday qilib 2004 yilning 4 fevral sanasida “Facebook” ijtimoiy tarmogʻi paydo boʻldi. Yangi saytda birinchilardan boʻlib roʻyxatdan oʻtgan talabalar orasida Pristilla Chan ham bor edi.

Pristillaning ota-onasi kelib chiqishi asl Xitoyliklardan boʻlib, Vetnamdan 70-yillar oʻrtalarida qochib kelishgandi. Ularning farzandlari Amerikada dunyoga keldi. Kattasi Pristilla bobosi va buvisi bilan birga voyaga yetdi. Qizaloqning ota-onasi esa Xitoy restoranida 18 soatlab ishlashga majbur edilar. Moliyaviy holat yaxshilangach, Chanlar oilasi oʻzlarining kichik ovqatlanish maskanlariga ega boʻlishdi va farzandlarini Amerika universitetlarida oʻqitishga qaror qildilar. Pristilla bu fidoyilikning barchasini teran anglagan holda voyaga yetdi. U kichik qizaloqlik paytlaridayoq informatika oʻqituvchisidan Garvardga kirish uchun nima qilish kerak ekanligini soʻragan edi. Oʻqituvchi bu savoldan hayratga tushib qoldi va qizaloqqa faqat aʼlo baholarga oʻqish kerakligi, shuningdek, garvardga kirish paytida sportdagi koʻrsatkichlar inobatga olinishini aytib, tennis bilan shugʻillanishni maslahat berdi. Pristilla maqsadiga erishdi!

Mark bilan Pristillaning tanishuvlaridan keyin “Facebook” asoschisi mutlaqo baxtli insonga aylandi. Ular talabalar bazmida tanishib qolishdi. Oʻsha bazmdan soʻng ular orasida muhabbat paydo boʻldi. Mark Garvardni tashlab oʻz loyihasi ustida ish boshlashga qaror qildi, biroq Pristilla uning orqasidan bormadi. Chunki u mashxur universitetda taʼlim olib, oʻz ota-onasining orzusini roʻyobga chiqarishi shart edi. Ammo qiz Markning kelajagi buyuk ekanligiga ishonar, Mark esa bir kun kelib Pristilla bilan baxtli hayot kechirishiga aniq ishonar edi. Olamshumul mavaffaqiyatlar va millionlar Markni oʻzgartira olmadi. Atrofidagi son-sanoqsiz qizlar ichidan oʻsha, talabalik yillarida sevib qolgan xitoylik qizni tanladi.

2012-yilning 19 may kuni Pristilla va Mark qizning diplom olishi munosabati bilan tashkillashtirilgan bazmga doʻstu qarindoshlarini taklif etdilar. Ziyofatda kelin va kuyov paydo boʻlgach, yigʻiganlar toʻyga kelib qolganlarini anglashdi. Istasa dunyoning eng mashxur dizaynerlaridan qimmatbaho nikoh libosi harid qilishimumkin boʻlgan kelin kim tomonidan tikilgani nomaʼlum oddiy nikoh koʻylagi bilan cheklandi.

Mark rafiqasi uchun emas, uning buvisi uchun xitoy tilini oʻrgandi. Chunki qizning buvisi ingliz tilida gaplashishni umuman bilmas, aynan ana shu ayol Pristillaning hayotida beqiyos oʻrin tutardi. Mark Pristillaning buvisidan oʻz rafiqasiga bergan tarbiyasi uchun minnatdor ekanligini yashirmaydi. Pristilla Markni har jabxada qoʻllab quvvatlaydi, uning hayotida muhim ahamiyatga ega inson edi. Uch bor homilasidan ayrilgan Pristillaning tushkun kayfiyati Markka ham taʼsir etib turgan bir paytda oilada tugʻilgan ilk qiz farzand ularni dunyodagi eng baxtli ota-onaga aylantirdi. Milliarder faqatgina mehribon turmush oʻrtoq emas, ajoyib ota ham boʻlib chiqdi. Keyinchalik ular yana bir shirin qizaloqning ota-onasiga aylanishdi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



