Ayollar qalbini zabt eta olgan eng koʻrkam turk aktyorlari

Burak bugungi kunda Turkiyaning eng yorqin aktyorlaridan biridir. Qanchadan qancha qalblarni zabt etishga ulgurgan yulduz taniqli aktrisa Faxriye Evdjen bilan turmush qurgan. Ularning shirindan shakar farzandi ham bor. Soʻngi yillardagi suratga olinayotgan kino va seriallarning aksariyat qismida Burak roʻl ijro etib kelmoqda.

Bolalik chogʻlarida Gollivudda mashxur boʻlishni orzu qilgan Halit bugungi kundagi eng koʻp gonarar oluvchi va eng taniqli aktyorlar roʻyxatida turadi. Ushbu aktyorning tashrif qogʻoziga aylangan eng omadli roʻli "Muhtasham yuz yil" serilidagi Sulton Sulaymon obrazidir.

Tilshunos-tarixchi oʻqituvchilik mahorati bilan maktab yoshidanoq ijodiy va mahoratli boʻlish qobiliyatini namoyish etdi. Hozir u eng koʻrkam va hushbichim turk aktyorlaridan biridir.

Model sifatida faoliyat olib boruvchi Mehmet Akif "Dunyoning eng yaxshi modeli", "Turkiya shahzodasi" kabi bir qancha unvonlarni qoʻlga kiritib ulgurgan. Rejissorlar uning kelishgan boʻy-bastini payqab, kinoga taklif etishni boshladilar.

Turk aktyori Okan Yalabik oʻz faoliyatini Istambul teatrida boshlagan. Hozirda aktyor taniqlilik borasida boshqalardan qolishmaydi.

Mutahassisligi boʻyicha muhandis boʻlmish Murad kino olamiga tasodifan kirib keladi va ulkan yutuqlarga erishadi. Hozirda u ayollar qalbini zabt eta olgan aktyorlar roʻyxatidan oʻrin egallagan.

Suratda bir paytlar basketbol murabbiyi boʻlishni orzu qilgan, ammo taqdir sanʼat yoʻliga boshlagan sevimli turk aktyori.

Mashxur turk qoʻshiqchisi Ozjan Deniz oʻzini kinoda ham sinab koʻrishga qaror qiladi va bu bilan u kino olamida ham zafar qozonadi. Soʻngi yillarda ushbu kelishgan aktyor suratga tushgan koʻplab serial va drammalari insonlar qalbidan joy olib ulgurdi.

Suratdagi isteʼdodli turk aktyori, kinodan tashqari, arxitektura, dizayn va fotografiya sanʼatida ham muvaffaqiyatli ishtirok etadi. Faoliyatining turli sohalarida koʻplab nufuzli mukofotlarning egasidir.

Sanʼat yoʻlidan borishni hatto orzu ham qilmagan Qodir bugungi kuning eng mashxur yulduzlaridan biridir. U barmen boʻlish istagidagi nochor oilaning farzandi edi. Yoqimtoy yulduzning muhlislari esa bugungi kunda son sanoqsiz ekanligi maqtovga sazovor!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



