Taniqli psixolog Mixail Litvakdan hayotiy masalalarni hal etishda asqotadigan 8 ta maslahat

1. Erkak va ayol mantigʻi mavjud emas, aql bilan fikr yuritish qobiliyati yoki qobiliyatsizligi mavjud.
2. Doʻstlar bilan muloqot qilish yoqimli, dushmanlar bilan esa - foydali.

3. Munosabatlarga chek qoʻyish yoki ishdan ketish borasidagi yagona uzrli sabab mavjud- yuzaga kelgan vaziyatda shaxsiy rivojlanishning imkonsizligi.
4. Yetuk boʻlmagan shaxs koʻpincha biladi, ammo amalga oshira olmaydi. Yetuk shaxs nafaqat biladi, balki amalga oshiradi. Shuning uchun yetuk boʻlmagan shaxs tanqid qiladi, yetuk shaxs esa amalga oshiradi.

5. Baxt ortidan quvma, uning asl makonini top. Baxt esa seni oʻzi topib keladi. Baxt makoni qayerda ekanini aytishim mumkin – bu seni oʻzing. Unga olib boradigan yoʻl esa – oʻz qobiliyalaringni maksimal darajada rivojlantirishdir.
6. Orzular – qobiliyatlarimiz ovozi. Misol uchun, men opera kuylashni orzu qilmayman. Ovozim ham, eshitish qobiliyatim ham yoʻq. Agar orzu qilganimda qobiliyatlarim mazkur orzuni harakatlantirardi. Oʻz-oʻzidan opera kuylashni boshlardim. Bu yerda muhimi – shoshmaslik, ana oʻshanda barchasi tezkorlik bilan amalga oshadi. Agar inson oʻzi haqida “Men oʻz orzularimni amalga oshirish bilan shugʻullanyapman” deya olsa bu juda ham yaxshi.

7. Insonlarning senga boʻlgan munosabatini bilishni istasang, ularga oʻz rejalaring va orzularing haqida soʻzlab ber. Seni yashirincha hushlamaydigan inson ularni tanqid qiladi. Senga yaxshilikni tilaydigan inson esa ularni qanday amalga oshirish boʻyicha maslahat beradi.
8. Muvaffaqiyatga erishish, xafagarchiliklarni ortda qoldiradi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



