Oshxona

Behi mevasining foydali xususiyatlari hamda kosmetologiyadagi oʻrni haqida

Behi mevasining foydali xususiyatlari hamda kosmetologiyadagi oʻrni haqida

Bitta behini ikkiga boʻlib, urugʻidan ajrating. Alohida idishda 100-150 gr suv bilan aralashtirib, olovga qoʻying. Oʻrtacha olovda quyuqroq koʻrinishga kelgunicha qaynating. Soʻng olovdan olib, iliq holatda 1osh qoshiqdan kuniga 3 maxal ovqatdan oldin ichishingiz mumkin. Har kunga damlama yangidan tayyorlanadi. Quruq yoʻtal, bronxlar shamollashida tavsiya etiladi.

Behi mevasining foydali xususiyatlari hamda kosmetologiyadagi oʻrni haqida

Oʻrtacha kattalikdagi behini urugʻidan tozalab, 2 choyqoshiq asal bilan toʻldiring. Soʻng 15 daqiqaga gaz pechiga qoʻyib, yumshatib pishiring. Asalli behini bir kunda bir marotaba isteʼmol qilish kifoya. Kamqonlik, hazm qilish faoliyati bilan bogʻliq muammolarda asqotadi.

Behi mevasining foydali xususiyatlari hamda kosmetologiyadagi oʻrni haqida

Behi mevasining bir oshqoshiq quritilgan bargi va shuncha miqdorda tozalangan urugʻini 200 ml qaynagan subga damlab, olovga qoʻying. 5-6 daqiqa oʻrtacha olovda qaynagach, tagini oʻching-da, biroz sovuting. Taʼbga koʻra asal bilan aralashtirib, 1 oshqoshiqdan kuniga 3-4 mahal qabul qiling. Bu damlama peshob haydovchi hususiyatga ega.

Behi mevasining foydali xususiyatlari hamda kosmetologiyadagi oʻrni haqida

3 ta behi mevasini togʻrab, sharbatsiqqichdan oʻtkazing.Taʼbga koʻra asal bilan aralashtirib, oz-ozdan kun davomida qabul qiling. Asal qoʻshilgan behi sharbati qabziyatni oldini olishda foydali boʻlib, immunitetni mustaxkamlashga yordam beradi.

Behi mevasining foydali xususiyatlari hamda kosmetologiyadagi oʻrni haqida

Agar sizni tistit qiynayotgan boʻlsa, kuniga 50-80 gr yangi siqilgan behi sharbatini isteʼmol qiling. Tarkibidagi foydali moddalar peshob ajralishini yaxshilasa, bakteriyalarga qarshi hususiyati kasallikda koʻmakchi vositadir.

Behi mevasining foydali xususiyatlari hamda kosmetologiyadagi oʻrni haqida

Bir hafta davomida mana bu usulga rioya qilishingiz mumkin: har tanovuldan soʻng asal bilan bugʻda tayyorlangan yarimta behi boʻlagini isteʼmol qiling. Agar asalga allergiyangiz boʻlsa, 1 oshqoshiq behi murabbosi bilan aralashtirish mumkin. Meva tarkibidagi foydali hususiyatlarga koʻra asabni tinchlantirishga yordam beradi.

Behi mevasining foydali xususiyatlari hamda kosmetologiyadagi oʻrni haqida

Kun ora yarimta behi mevasini ozroq sariyogʻ va taʼbga koʻra asal bilan bugʻda tayyorlab, asosiy tanovuldan soʻng desert sifatida isteʼmol qiling. Behining bu koʻrinishda isteʼmol qilinishi ishtaxani yaxshilab, shirinlik oʻrnini bosa oladi.

Behi mevasining foydali xususiyatlari hamda kosmetologiyadagi oʻrni haqida

Behi mevasi tarkibida oshlovchi moddalar boʻlgani bois ich ketishi holatlari, tez-tez ich buzilishlariga moyilligi borlar, shuningdek kichik yoshdagi bolalar uchun xomligicha yeyish tavsiya etilmaydi. Ozroq asal yoki sariyogʻ bilan bugʻda yoki gaz pechida pishirilgan koʻrinishda oz-ozdan isteʼmol qilish kerak.

Behi mevasining foydali xususiyatlari hamda kosmetologiyadagi oʻrni haqida

Behining bir boʻlagini qirgʻichdan oʻtkazib, hosil boʻlgan sharbati bilan yuz terisini arting-da, 15 daqiqadan soʻng iliq suvda chaying. Bu mevali losyon yogʻli yuz terisida yogʻlashishni oldini oladi.

Qirgʻichdan chiqarilgan behi boʻtqasidan yuzga husnbuzarlar toshishida foydalanish mumkin. Buning uchun meva boʻtqasini namlangan yuz terisiga tekis surtib, 15 daqiqadan soʻng iliq suvda chayiladi. 

Behi mevasining foydali xususiyatlari hamda kosmetologiyadagi oʻrni haqida

Behi urugʻini 100 gr qaynagan suvga damlab 5 daqiqa davomida chayqatib turing. Soʻng aralashmani dokadan oʻtkazib, quyoshda qoraygan yoki qizargan teri yuzasini yengil artishingiz mumkin. Hususiyatiga koʻra behi urugʻidan tayyorlangan aralashma terini oqartirib, meʼyoriy holatini tiklaydi.

Bir dona tuxum oqini koʻpirtirib, teng miqdorda behi sharbati, odekolon va kamfara spirti bilan aralashtirib, yuz terisi artiladi.15 daqiqadan soʻng iliq suvda chayiladi. Bunday niqob yuz terisini oqartirish va turli harakterli toshmalardan xoli etishda qoʻllaniladi.

Behi mevasining foydali xususiyatlari hamda kosmetologiyadagi oʻrni haqida

Behi daraxtining tozalangan choʻplariga gʻosht qiymasidan loʻla kaboblarni yasab, oʻsimlik yogʻida qovuring. Soʻng archilgan sabzavotlar bilan qozonga terib, dimlang. Bunday usulda tayyorlangan loʻla kabob behining oʻziga xos taʼmi bilan birlashib, taomingiz yanada hushxoʻr va mazali boʻladi.

Behi mevasining foydali xususiyatlari hamda kosmetologiyadagi oʻrni haqida
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar