Roʻzgʻorda asqotuvchi 7 tavsiya

Avvalo uy yigʻishturishda, xoh changyutgichdan foydalanasizmi yoki supurgidan, gilam ustini nam latta bilan artishga odatlaning. Ortiqcha chang- gʻubordan halos boʻlasiz. Mabodo shunda ham gilam tuklari bir-biriga yopishgandek koʻrinsa, bunday qiling: chelakka iliq suv toʻldirib, ozroq shampundan qoʻshing. Soʻng dagʻal tishli choʻtkani suvda namlang-da, gilam yuzasini ishqalang. Tuklarining namiqqanligidan foydalanib, keraksiz sanchqida ularni asta tarang. Ahamiyat bering, gilam qurimagunicha usti bosilmasligi kerak.

Aslida bu notogʻri. Suyuq taom pishirayotganda har zamon tagiga olmasligi uchun qozon kovlab turilsa bas. Yoʻqsa mahsulotlar yaxshi aralashmay, maydalanib ketadi. Qarabsizki ovqatingiz boʻtqa holiga keladi.

Yangi gaz pechini harid qildingiz deylik. Har taom tayyorlagandan soʻng plitani tozalashga erinsangiz yoki vaqtingiz tigʻiz boʻlsa, zarqogʻozdan foydalaning. Buning uchun plita ustiga oʻlchamiga moslab qogʻoz solasiz. Ikki-uch haftda zarqogʻozni alishtirib tursangiz yetarli, ham vaqtingiz tejaladi ham idish yuvish vositasi iqtisod boʻladi.

Xamirni qorgach, uzoq mushtlash kerak degan fikr notogʻri. Uzoq mushtlangan hamirda ortiqcha yopishqoqlik yuzaga keladi va u keragidan tashqari qattiqlashadi. Xamirni bir hil aralashma holiga kelguniga qadar mushtlang. Unni elab ishlating, bu xamirning yumshoq boʻlishida yordam beradi.

Uning yordamida rakovina, hojatxona va vannaxonadagi tozalash qiyin boʻlgan kichik burchaklarni ozoda koʻrinishga keltirish mumkin. Misol uchun, hojatxona unitazining ichki tarafini olsak, odatdagi choʻtka ichkariga qayrilgan qismiga sigʻmaydi, natijada bakteriya va mikroblar shu holicha qolib ketaveradi. Foydalanilmaydigan tish choʻtkasi esa, katta choʻtkalar eplolmaydigan vazifani aʼlo darajada uddalab, ishingizni yengillashtiradi. Faqat tozalash ishlaridan soʻngtish choʻtkasini bir chetga olib qoʻyishni unutmang.

Namlangan lattani toʻrtga buklab oling. Ishingiz anchayin osonlashadi. Lattaning bir tarafini ishlatgach, qolgan uch qismidan bemalol foydalanasiz. Kafel tozalashda sovun yoki kir yuvish kukunidan foydalanmang. Ular tarkibidagi ishqor kafel yuzasida dogʻ paydo qiladi, soʻng har qancha toza suvda chayilsa ham xiraligi ketmaydi. Yaxshisi, isteʼmol sodasini ozroq suvda eritingda, uni kafel boylab tarqating. Keyin yumshoq mochalka bilan ishqalab olsangiz yetarli.

Quymoq pishirgandan soʻng, tova sovishini kuting. Issiqligida suv tagiga olib borsangiz, bir necha marotaba foydalangandan keyin tagi oladigan koʻrinishga keladi. Yana bir gap tovaning ichki qismini “chistol” kukunida ishqalamang. Yuzasi qiriladi.

Goʻshtni qovurishdan oldin yuvish kerak, ammo undan soʻng likopcha yoki kosaga solib qoʻyish hato. Negaki goʻshtdan ajralgan suyuqlikda mikrob va bakteriyalar bor. Siz goʻshtni chayib, undagi yopishqoqlikni ketkazgandek boʻlasiz, ammo u oʻzidan ajralgan suyuqlikda turib qolarkan, ichak tayoqchalarini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan zararli mikroorganizmlarga toʻyinadi. Goʻshtni chaydingizmi, qogʻoz salfetka ustiga qoʻyib quriting.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



