Qiziqarli

Bill Geytsning bolaligi togʻrisida qiziqarli 8 fakt

Bill Geytsning bolaligi togʻrisida qiziqarli 8 fakt

Kichikligidan Bill dasturlash ishtiyoqiga ega edi va ushbu sohada oʻz mahoratini faol rivojlantirgan. Kompyuter fanlari kabinetida oʻspirin kun va tunni oʻtkazdi. 13 yoshida Geyts oʻzining birinchi dasturini -"X 0" oʻyinini yaratdi.

Bill Geytsning bolaligi togʻrisida qiziqarli 8 fakt

1973 yilda Bill Geyts Garvard universitetiga oʻqishga kirdi va u yerda koʻp yillar davomida Microsoft kompaniyasining bosh direktori boʻlib ishlagan sherigi Stiv Ballmer bilan uchrashdi. 2 yildan soʻng Geyts oʻqishdan haydaldi va darhol dasturlarni yaratishga kirishib ketdi. Sakkizinchi sinfda u oʻninchi sinf oʻquvchisi Pol Allen bilan uchrashdi. U bilan birga Bill mashhur kompaniyani yaratdi.

Bill Geytsning bolaligi togʻrisida qiziqarli 8 fakt

1973 yilda Bill Geyts maktabni tamomlagan va 1600 ballik test imtixonlari sinovida 1590 balni qoʻlga kiritgan. Yosh yigit oʻz yutuqlaridan juda faxrlanardi. Hatto ilk tanishuv chogʻida ham ayrim hollarda yutuqlari haqida aytib oʻtardi. 

Bill Geytsning bolaligi togʻrisida qiziqarli 8 fakt

Dastlabdan Bill yaxshi moddiy bazaga ega edi. Otasi Uilyam Genri Geyts muvaffaqiyatli yurist va onasi yuqori lavozimni egallagan ayol edi. Geyts Sietlning Leykzayd maktabida oʻqidi, u yerda u maktabning mini-kompyuterida dasturlash qobiliyatini rivojlantira oldi. 

Bill Geytsning bolaligi togʻrisida qiziqarli 8 fakt

Bill sinf oʻquvchilarining qaysi biri darsga kelishini har doim bilishi uchun kompyuter sinfidagi darslar jadvalini tuzgan. Bundan tashqari, u kirish kodini oʻzgartirdi, shuning uchun unga har doim sinfga kirish uchun sabab bor edi.

Bill Geytsning bolaligi togʻrisida qiziqarli 8 fakt

"Aqlli yigit" Bill yoshligida xakerlik hujumlarini amalga oshirgan, tezlikni oshirganligi va yoʻl belgilariga ahamiyat bermagani uchun ikki marta hibsga olingan.

Bill Geytsning bolaligi togʻrisida qiziqarli 8 fakt

Bolaligida Bill koʻp kitoblar oʻqidi, butun vaqtini yangi maʼlumotlarni oʻrganishga bagʻishladi. Ota-onasi oʻgʻlining tashqi dunyodan uzilib qolishidan va oʻz-oʻzini tark etishidan qoʻrqishgan, shuning uchun uni Sietl koʻli boʻyidagi maktabga oʻqishga yuborishdi. U yerda bola nafaqat bilimlarni, balki doʻstlarni ham orttirdi, ular orasida Pol Allen ham bor edi.

Bill Geytsning bolaligi togʻrisida qiziqarli 8 fakt

Billning sinfdoshlari aytishicha, u yoshligida bahslashishni yaxshi koʻrar edi. Geyts va Allen oʻz nuqtai nazarlarini shu qadar baland himoya qildilarki, ularning kompyuter laboratoriyasiga birga kelish taqiqlandi. Shunga qaramay, kelajakda ular birgalikda ishlashga muvaffaq boʻlishdi.

Bill Geytsning bolaligi togʻrisida qiziqarli 8 fakt

15 yoshli Bill Geyts yoʻl harakatini tartibga solishboʻyicha dastur yozdi va loyihadan 20000 dollar daromad oldi.

Bill Geytsning bolaligi togʻrisida qiziqarli 8 fakt

Geytsning otasi Uilyam advokat boʻlgan va oʻgʻli uningizidan yurib, advokat boʻlishini orzu qilgan. 1973 yilda yigit otasiningfaoliyatini davom ettirish uchun Garvardga oʻqishga kirdi, ammo ikki yildansoʻng dasturlash uchun universitetni tashlab ketdi.

Bill Geytsning bolaligi togʻrisida qiziqarli 8 fakt
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar