Foydali

Immunitet koʻtarishning 7 xil usuli

Immunitet koʻtarishning 7 xil usuli

Immunitetni qanday oshirish mumkin 

Immunitetning siri shundaki, u yagona aʼzo emas, balki butun bir tizimdir. Immunitet yurak-qon tomir tizimidan ham murakkabdir, u hujayra darajasida ishlaydi.

Olimlarning tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, sogʻlom turmush tarzi turli kasalliklarga qarshi kurashishda immunitetga yordam berar ekan. Keling, ularni koʻrib chiqamiz. 

Kashandaning ogʻiz boʻshligʻida haqiqiy yalligʻlanish oʻchogʻi vujudga keladi va u immunitetni oʻziga jalb qilib chalgʻitadi. Shuning uchun chekuvchilar har xil xastaliklarga tez-tez chalinadilar: tuberkulyoz, yurak-qon tomir kasalliklari va xattoki saraton. Immunitetingizni kuchaytirishni xohlasangiz, chekishdan voz keching. 

Immunitet koʻtarishning 7 xil usuli

Tajribalar shuni koʻrsatmoqdaki, alkogol ichimliklar oʻsmaga qarshi immunitetning faolligini susaytirar ekan, bu esa yoʻgʻon ichak saratoni va jigar xastaliklariga olib keladi. Xullas, kasal boʻlishni istamasangiz, ichmang, aks holda oʻsimtaga qarshi immmunitetni ishdan chiqarib qoʻyasiz. 

Sabzavot va mevalarning hammasi koni foyda – chesnok ham, zanjabil (imbir) ham, limon ham. Baʼzi odamlarga qaysidir meva yoki sabzavot mijoziga toʻgʻri kelmasligi mumkin, bunday holda oʻsha mahsulotni kamroq isteʼmol qilish yoki umuman ratsiondan chiqarib yuborish mumkin. 

Immunitetni kuchaytirishning oddiy va haqqoniy usullaridan biri – toʻyib uxlashdir. Agar siz tez-tez shamollab tursangiz – ehtimol siz kam uxlayotgandirsiz. Toʻyib uxlaganda organizm kun boʻyi sarflagan energiyasini qayta tiklab oladi, shuning uchun inson kuniga 8-9 soat uxlash tavsiya etiladi. 

Sport birvarakayiga bir necha yoʻnalishda yordam beradi. Birinchidan, sportchilar chindan ham kamroq kasallikka chalinadilar. Ikkinchidan, sport uyqu rejimini tartibga soladi (uyquning esa qanchalik muhimligi haqida aytib oʻtdik). Uchinchidan, sport semizlikka qarshi kurashishda yaxshi natija beradi. Semizlik esa immunitetning ishdan chiqishiga olib keluvchi omillardan biridir. 

Immunitet koʻtarishning 7 xil usuli

Asabiylashish ham immunitetni izdan chiqarishi mumkin. Internet sahifalarida tinchlantiruvchi, xotirjamlikni saqlab qoluvchi tavsiyalar talaygina. Styress gormonlari immun tizimining ishini ishdan chiqaradi va koʻpgina kasalliklar kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin, shuning uchun arzimagan narsalarga jigʻibiyron bolavermasdan, xotirjamlikni saqlab qolishga harakat qiling.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar