Qizil rangli lab boʻyogʻi kimlarga yarashadi?

Qizil lab boʻyogʻining turli tuslaridan birini tanlab olish kerak. Rang teri turidan kelib chiqadi. Oddiy qoidalarga amal qiling: teringiz qanchalik qoracha rangda boʻlsa, oʻzingizga shunchalik toʻyintirilgan va toʻq lab boʻyogʻini tanlashingiz mumkin. Agar teringiz rangi ochroq boʻlsa, sovuq rangli lab boʻyoqlaridan tanlash haqida oʻylash lozim: klyukva rangli, qizil yoqut rangli, lavlagi tusli, toʻq qizil rangli. Terisida issiq pigmentlar mavjud boʻgan qizlarga esa tomat rangli, qip-qizil tusdagilari mos keladi.

Qiyofa uchun aksessuar va libos tanlash haqida ham oʻylash lozim. Qizil lab boʻyogʻi raqobatni yoqtirmaydi, buni doimo yodda saqlang. Agar qiyofangizda uchtadan ortiq rang uchrasa, yaxshisi lab boʻyogʻini neytralroq, masalan och jigarrangga almashtirganingiz maʼqul. Qizil lab boʻyogʻi casual uslubidagi liboslar bilan ideal darajada mos keladi. Agar dress-kod imkon bersa, yaltiramaydigan qizil lab boʻyogʻi idoraviy kostyumlar bilan aʼlo darajada uygʻunlashadi. Masalan, oq yoki kulrang idoraviy kostyumga yorqin rang bilan urgʻu berilsa, bu qiyofaga oʻziga hoslik va jiddiylik bagʻishlaydi. Qizil rang bilan jigarrangning ham uygʻunlashuvi yomon variant emas. Faqat ishga mos qiyofani aksessuarlar bilan toʻldirib yubormang, labdagi bitta urgʻuning oʻzi ish joyida sezilarli koʻrinishda boʻlish uchun yetarlidir.

Yuqorida taʼkidlanganidek qizil lab boʻyogʻi qiyofaning asosiy jihatidir. Shuning uchun makiaj qilinayotganda, kipriklarning uchlarini boʻyash va biroz rang berishning oʻzi yetarli. Agar hiyla ishlatgan holda, qora tush emas balki jigarrang tushdan foydalansangiz, qiyofa yanada tabiiyroq chiqadi va qiyofadagi asosiy roʻlni lab boʻyoq oʻynaydi. Oqshom pardozi uchun ham ushbu qoida qoʻllaniladi,ammo bunda chiziqlar chizib, qosh chegaralarini yanada aniroq qilib boʻyash mumkin. Koʻzga beriladigan urgʻuning kamligidan qoʻrqishga hoijat yoʻq: ishonavering qizil lab boʻyogʻili qiz istalgan kechada sezilmay qolishi imkonsizdir.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



