Foydali

5 ta eskirgan moda qoidalari va ularning oʻrnini bosadigan narsalar

5 ta eskirgan moda qoidalari va ularning oʻrnini bosadigan narsalar

Stilistlar bir-birini toʻldiruvchi ranglarni yoki qoʻshni ranglarni birlashtirishni maslahat berishadi va har bir obraz uchun ranglar 3 tadan oshmasligi kerak. Ammo agar sizda ishda qatʼiy kiyinish sharti boʻlmasa, unda siz oʻzingizni ranglarda cheklamasligingiz kerak. Siz rang-barang kiyim kiyishingiz mumkin, eng asosiysi ranglar oʻrtasidagi muvozanat va uygʻunlikni topa olishingizdir.

5 ta eskirgan moda qoidalari va ularning oʻrnini bosadigan narsalar

Soʻnggi yillarda bir qancha ranglarni mohirona birlashtirish rangli bloklar uslubi yana mashhur boʻlib kelmoqda - uning tarafdorlari 4-5 yoki undan ham koʻproq  rangni muvaffaqiyatli birlashtiradilar. Koʻrib turganingizdek ushbu fotosuratlardagi obrazlarning hech birini didsizlik deb boʻlmaydi.

5 ta eskirgan moda qoidalari va ularning oʻrnini bosadigan narsalar

Ilgari krossovkalar, futbolkalar va  sport shimlarida mashq qilish oʻrinli edi, shuning uchun ularda faqat sport zalda yoki stadionda paydo boʻlishardi. Ammo sport uslubining elementlari uzoq vaqtdan beri kundalik kiyimlar javoniga koʻchib kelmoqda.

5 ta eskirgan moda qoidalari va ularning oʻrnini bosadigan narsalar

Krossovka va kedalarni koʻylaklar bilan osonlikcha uygʻunlashtirish mumkin. Bunday ajoyib obrazda ish joylariga va hatto uchrashuvlarga ham borishingiz mumkin. Olimpika yoki bomber kabi ustki kiyimni  jinsi yoki yubka bilan uygʻunlashtirish orqali casual uslubining zamonaviy koʻrinishiga ega boʻlasiz.

5 ta eskirgan moda qoidalari va ularning oʻrnini bosadigan narsalar

Bitta obraz ichida turli xil printlar va bezaklarni birlashtirish butun bir sanʼatdir. Ehtimol, shuning uchun bu qoida taqiqlar orasida boʻlgan. Zamonaviy moda qiyofani turli xil uslubdagi naqshlar bilan birlashtirishga imkon beradi, asosiysi uni toʻgʻri va did bilan tanlanganida.

5 ta eskirgan moda qoidalari va ularning oʻrnini bosadigan narsalar

Mumkin kombinatsiyalarga misollar: leopard va "noʻxat"li print, chiziqlar va kataklar aralashmasi, geometrik naqshlar va gullar. Shu bilan birga, bir yoʻnalishdagi printni aralashtirmaslik yaxshiroqdir. Masalan, bitta kiyimdagi "leopard" va "zebra" printini “visual” idrok etish qiyin boʻladi.

5 ta eskirgan moda qoidalari va ularning oʻrnini bosadigan narsalar

Bu eng eskirgan moda tamoyillaridan biri: poyabzal va sumkalar bir xil rangda boʻlishi kerak .Endi ushbu qoidani xaqli tarzda buzish mumkin. Narsaning uygʻun koʻrinishi va uslubga mos kelishi kifoya.

5 ta eskirgan moda qoidalari va ularning oʻrnini bosadigan narsalar

Mikki Sichqonchali futbolkani faqat bolalik va oʻspirinlik davrida kiyish joizdir, 40 yoshdan keyin mini yubkalar va kalta ustki kiyimlar bu didsizlik va beadablikning belgisi, pushti futbolkada erkak kishi kulgili koʻrinadi. Bu odamlar tomonidan oʻrnatilgan stereotiplarning kichik bir qismidir. Hozir modada deyarli hech qanday cheklovlar yoʻq. Multfilm qahramonlari boʻlgan kiyimlarni bolalar ham, kattalar ham kiyishlari mumkin. Har qanday yoshdagi ayol ishonchli tarzda qisqaroq yubkada  yurishi mumkin. Erkaklar oʻzidagi erkalik hususiyatlarini saqlab pushti koʻylak kiyishlari ham mumkin.

5 ta eskirgan moda qoidalari va ularning oʻrnini bosadigan narsalar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar