Qandil tanlash borasida asosiy 4 qoida

Qandil har qanday intererning muhim detallaridan biri hisoblanadi. U hona koʻrinishini bezash bilan birga interer uslubiga urgʻu bera oladi. Intererga yanada yorqinlik baxsh etish uchun xonaga noodatiy qandil joylashtirishning oʻzi kifoya. Albatta tanlagan qandilingiz xona jihozlari va intereriga uygʻun holda boʻlsa, nur ustiga aʼlo nur.

Qandil sotib olish chogʻida uy interyerining uslubi va hona jihozlarini hisobga olish lozim. Bu orqali esa xonaning mukammal koʻrinishiga erisha olasiz. Bugungi kunda qandil va tungi chiroqlar tanlovi juda keng. Intererga yanada yorqinroq va betakror koʻrinish bermoqchi boʻlsangiz, fyujn uslubida ishlangan qandil tanlashayni muddao boʻladi.

Qandil tanlovida oʻlchamni ham eʼtiborsiz qoldirmang. Hashamatli qandil kichik xonaga mos kelmaganidek, katta xonaga ham ixcham qandil yarashmaydi. Xariddan oldin qandilni joylashtirmoqchi boʻlgan xonangizda tasavvur qilib koʻring.

Dizaynerlar ikkinchi darajali rang asosida ishlangan qandilni tanlash lozim, deya taʼkidlaydilar. Anʼanaviy interyer uchun issiq rangli qandillar tanlagan maʼqul. Shunday usul bilan hona va qandil oʻrtasidagi mutanosiblikni yarata olasiz.

Xonaga osma qandillar yoki shiftga birlashtirilgan qandillar oʻrnatilishi mumkin. Bu borada shift balandligi va texnik xavfsizliklarni hisobga olsangiz bas.

Zamonaviy qandillar barcha istak va xohishlaringizga javob berishga qodir. Qandil tanlashda nafaqat dizaynerlar tavsiyasi, balki oʻz didingizga tayangan holda ish koʻring. Ushbu tanlagan nafis buyumingiz xonani bezatib turish bilan birga, koʻzingizni ham quvnatib turishi lozim.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



