Taraqqiyotning buyuk arxeologik ochilishlari

Voynich qoʻl yozmasi dunyodagi eng sirli qoʻl yozma hisoblanadi. U shimoliy Italiyada 1912 yilda topilgan. Soʻzlar va qoʻl yozma muallifi hali aniqlangani yoʻq. Arxeologlar aytishicha qoʻl yozmaning 240 varaqlarigina saqlanib qolgan, chunki oʻsha paytning oʻzida bir necha varraqlar topilmagan. Rasimlarda qandaydir xar hil oʻtlarning rasmlari, qizigʻi shundaki bu oʻsimliklar biror bir aniq osimliklarga oʻxshamaydi. Tahmin qilishlaricha Voynichning qoʻl yozmasi 15chi asrda yozilgan ekan. Osimliklar boʻlimidan tashqari u yerda astronomik, biologik, kosmologik va farmatsevtik boʻlimlari ham mavjud.

1986 yil Yangi Zalandiyada arxeologik qazilmalar oʻtkazilayotganida, arxeologlar guruhi qushning mushklar va terisi bilan qob ketgan panjasini topib olishdi. Olimlar takidlab oʻtishdiki bu panja 2000 yil oldin qirilib ketgan qanotsiz Moa qushiga tegishli boʻlgan. Qanotsiz moa qushi balandligi 3 etr vazni esa 250 kg boʻlgan. Bu qushning qirilib ketishiga sababi qadimgi odamlar bu qushlarni ovlashgani boʻlgan. Moa qushining topilgan panjasi Yagi Zeladiya tabiiy tarixlar mueyiga saqlab qoʻyildi.

Saksayuaman- Mach-Pikchu, Peruda joylashgan inklarning qadimiy mustaxkam qalʼsi boʻlgan. Bunday qiyin qurilma 1440 yilda Pakakuti imperator ruhsati bilan qurilgan. Shaxarni tugatishga 1 yldan rtiq vaqt sarflandi. Devor turli hil toshlardan tashkil etgan ularda baʼzi birlari diorit bloklari, Yukay izvestnyaklari, toʻq rangli andezit har bir bloki 600 tonna. 600 metrli Saksauaman himoya devori zigzaksimon shaklga ega, u añiqli arxeologik minora, quyosh ibodatxona va shaxarning turli hil imoratlarini himoyalaydi.

Naks chiziqlari - janubiy Peruning noyob geoglif seriyasi. Shaxardagi olamshumul YUNESKO vorisligining eng taniqlilaridan biri. Qadimiy sirli shakllanishlar trpetsiya, toʻgʻriburchak, uchburchak shaklida boʻlgan, shuningdek 70 hil hayvonlar, oʻsimliklar va turli hil boʻlgan geometrik shakllar. Naks chizigʻi yaratilish maqsadi hali ham malum boʻlmagan. Arxeologlar bu chiziqlarga Naks hidistonliklar tomonida eramizdan 500 burun va eramizning 700lar orasida yaralgan deya baxo berishdi. Juda izigʻ i shundai bu surʼatlar 2000 yillr davomida hech qayeri buzilib ketmagan. Koʻpchilik odamlar bu chiziqlar qaytib Yer sayyoramizga kelish uchun oʻzga sayyoraliklar tomonidan chizilgan deb ishonishmoqda.

Gobekli Tepe - Turkiyada joylashgan, dunyodagi eng eski arxeologik joyi. Bu topilma orqali bir 11000 yillar avval tosh davrda yashagan odamlar hayoti haqida tasavvur qila olishimiz mumkin. Imoratlar qurilmasi uchun ular katta qoyalardan kesib olingan bloklardan 15-20 tonnali tosh ustunlar ishlatishganQazilma paytida arxeologlar 200ta baxaybat ustunlar topishgan, bu ustunlar yordamida qadimgi odamlar ibodatxonasi qurilgan edi. Bu ochilish arxeologlar uchun neolitik revolyutsiyasini tubdan oʻrganib chiqishga yordam berdi.

1974 yilda arxeologlar guruhi xitoyning Sian shaxrida qazilma olib borishdi, shu payt ular dunyoning asarlaridan boʻlmish yer osti koʻmilgan eng katta sanʼatlarida boʻlmish Terrakt armiyasini topishdi. Ular Xitoy imperatorining Sin Shi Xuan qabrining oldida shu minglab sopol askarlari topishdi. Sopol askarlar uni oʻlimdan soʻng asrash uchun koʻmilgan edi. Bu qadimiy kompleks tahminan 2200 yillardan beri saqlanib kelgan ekan. Bu haykallar bilan birga bir necha qurollar ham topilgan. Kompleks 4ta chuqurliklardan iborat, ulardan uchtasi haykallar va qurollar bilan toʻldirilgan, toʻrtinchisi esa boʻsh qoldirilgan. Imperatorning qabri hali ham ohirgacha qazib chiqarilmagan.

Pasxa orolidagi Moaya haykallari barcha arxeologik ochilmalarning eng sirlisi. Chili orolidan ancha uzoqda joylashgan Pasxa orolining bu haykallari eng diqqatga sazovor boʻlgan joy. Moayi haykallari 1300 va 1500 eramizdan oldingi yillarda yashagan Rapa Nui odamlari tomonidan oʻyib chiqilgan. Orolning xar hil tomonlarida joylashgan bu haykallarni 288tasi topilgan. Moaya haykallar boʻyi 4 metr ogʻirligi 80 tonna. Rapa Nui odamlari songan vulqonning qoyalarini asarlarni yaratib oʻz sabrlarini sinash uchun ishlatishgan. Tadqiqotchilar topishlaricha baʼzi bir haykallarning oyoqlarning yer ostida oyoqlari ham bor.

Stounhenj - Solberri shaxrida joylashgan, tarixdan oldingi 5000 yillik yodgorlik. Bu yodgorlikkoʻp katta va kichik tosh bloklaridan tashkil topgan. Qumlik valunlargan eng kattasi boʻyiga 10 matr boʻlib ogʻirlogi 25 tonna. Stounhenjning qurilganligi haqida asl maqsadi va vazifasi hali aniqlanmagan. Stounhenj eramizdan avval 3000 va 2000yillar oraligʻida qurilgan. Neolitik quruvchilar katta toshlarni bu sirli yodgorliklardan 200 km uzoqlikda joylashgan Preseli tepaliklaridan yetkazishdi. Tahminqilishlaricha, Stounhenjning atrofiga 240dan odamlar koʻmilgan.

Piramidalar - Yerdagi nazarga olingan qadimiy meʼmoriy qurilmalardan eng taniqlisi. Hattoki kopchilik taraqqiyot bunday piramidalar qurishgan boʻlishsa, Misr piramidalari roʻyxatda bino sifatida turibdi. Xeops piramidasi dunyoning eng buyun moʻjizalaridan biri deb roʻyxatga olingan. Tadqiqotchilar tahmin qilishlaricha misrliklar piramidalarni eramizdan 2700 yillar avval qurishgan, muhum maqsadi qirollar mumiyasi uchun boʻlgan. Xeops piramidasi - Misrdagi eng baland va eng qadimiysi edi, uning balandligi 150 metrdam balandroq. Piramidani qurib bitkazish uchun 20 yil va millionlab izvestnyak bloklari kerak boʻlgan. Mumiyalardan tashqari, Misr piramidalar ichida qimmatbaxoliklar saqlanib qoʻyilgan, devorlar esa chiroyli surʼatlar va haykalchalar bilan bezatilgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



