Turli davrdagi eng noodatiy avtomobillar

Avtomobillar oilasida oʻzining mohiyati va imkoniyatlari bilan ajralib turuvchi modellar odamni hayratga soladi. Quyida oxirgi 60 yil davomida ishlab chiqarilgan gʻayrioddiy va ajablanarli avtomobillar bilan tanishingiz mumkin.
Fireberd III

Bu mashinaning namoyishi 1959 yilda boʻlib oʻtgan. Bir koʻrishning oʻzidayoq Fireberd III - mashina va reaktiv samolyotning
uygʻunligini ekanligini bilish mumkin. Ushbu avtoning gʻayri oddiy kuzovi 2 ta alohida aviatsion kabinaga ega boʻlib, rul bilan emas huddi samolyotlardagidek djostik bilan boshqarilar edi. Orqa gʻildiraklari qanotlar tagida koʻrinmay turardi. Avtomobilga 225 ot kuchi quvvatiga ega boʻlgan gaz-turbinali dvigatel oʻrnatilgan.
Holden Hurricane

Ushbu avtomobil 1969 yilda “Boʻron” nomi bilan namoyish etilgan edi. Unga minish quyidagicha amalga oshirilar edi: haydovchi va yoʻlovchi salonga oʻtirib olganlaridan keyin mashina tomi yopilar edi, shu payt esa oʻrindiqlar gorizontal holatga keltirilar edi. Holden Hurricane oʻsha davrning eng oldi elektronikasi bilan jihozlangan: orqani koʻrish kamerasi, avtomatik iqlim-nazorat tizimi, uskunalar raqamli paneli, radio va navigator sozlagich va hokazo.
Cadillac Cyclone

1959 yilda Codillac kompaniyasi Ciclone modelini yaratdi. Unda hozirgi zamonda ommalashgan toʻqnashuvning oldini olish tizimi mavjud edi. Ushbu avtoning oldi bamperlariga radiolokatsion tizim oʻrnatilgan boʻlib, u haydovchini havfdan ogohlantirar edi. Cadillac Ciclone shuningdek ochilib yopiladigan gumbazli tom hamda sharik-potshipniklarda sirgʻanib orqaga ochiladigan eshiklar bilan jihozlangan edi.
Toyota fun-vii

Ushbu avtomobil XXII asr mashinasi deb ataladi. Toyota fun-vii kuzovi maxsus material bilan qoplangan boʻlib, avto yuzasiga turli xil videokontentlarni chiqarish xususiyatiga ega. Natijada mashina egasining xohishiga koʻra rangini oʻzgartirishi hamda turli rasm va ornamentlar uchun ham maydoncha sifatida xizmat qilishi mumkin.
Shaffof avtomobil

Bu 100% organik shishadan yasalgan mashina boshqa avtomobillar qatori oʻz ishini toʻliq bajara oladi. Buning misolida avtomobildagi havfsizlik tizimi qanday ishlayotganini bilish mumkin.
BMV Jina

Yangi konstruktsiya va kuzovning maxsus materialdan tayyorlanganligi sababli bu mashina tashqi koʻrinishni oʻzgartira oladi. Kuzovning asosi alyumin karkasdan iborat boʻlib, elektr uzatmalar yordamida harakatga keladi.
Hydra Spyder

Bu mashina poyga kari hamda motor qoyiq gibridi hisoblanadi. Avtoning ogʻirligi 3300 kg boʻlib, 400 ot kuchi quvvatini beradigan 6 litrli V-8 dvigateli bilan jihozlangan. Hydra Spyder quruqlikda 201km/soat , suvda esa 85 km/ soat tezlikda yura oladi. Suvga tushish jarayonida haydovchi maxsus tugmachani bosishi lozim, shunda maxsus tizim yordamida gʻildiraklar olinib, mashina qayiqqa aylanadi qoladi.
Kiravan

Ushbu yuk tashish mashinasi yaxshigina uy vazifasini ham bajaradi. Mashina hajmi 772 litrli yoʻqilgʻi baklari bilan jihozlangan boʻlib, ular kabinadan boshqariladi. Kiravan ga quyosh batareyalari bloke, akkumulyator hamda quvvati 25 kBt quvvatga ega dizel generatori oʻrnatilgan. Bu moslama elektr ehtiyoji bilan taʼminlaydi.
Mercedens Bens F-Cell Roadster

Bu mashina Mercedes kompaniyasining 1886 yilda ishlab chiqargan ilk avtomobilining zamonaviy nusxasidir. Bunda retro-dizayn XXI asrning yetakchi texnologiyalari bilan uygʻunlashgan boʻlsada, maksimal tezlik bor yoʻgi 25 km/soat ni tashkil etadi.
Rolls-Royce 103EX

Ishlab chiqaruvchilar bu modelni kelajak mashinasi sifatida namoyish etdilar. Mashinaning kuzovi noodatiy shaklda boʻlib, saloni esa barcha Rolls-Royse kabi hashamat bilan bezatilgan. Mashina avtopilot rejimida harakatlanganligi sababli ruli va pedali yoʻq.
BMW Vision Next 100

Ushbu mashina sunʼiy intellekt bilan taʼminlangan boʻlib, yoʻldagi havfdan ogoh qilib turadi. Shuningdek avtomobil avtopilot rejimida harakatlana oladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



