Tarvuzni qanday qilib toʻgʻri tanlash: fermerlar aytib bergan tryuklar

Baʼzan, bizga yaxshi ekzemplyarni tanlash juda qiyin va masalan, buni faqat bizning dehqon bobomiz uddalay oladigandek tuyuladi. Lekin, aslini olganda, bu ish unchalik ham qiyin emas. Axir bu yoʻl-yoʻl chiziqli hosilning yetilganligini, uni kesmay turib va oʻtkir, pishgan koʻzga ega boʻlmay ham, aniqlash mumkin.
odam.uz siz uchun odatda fermerlar tarviz ichi sersuv va mazali ekanini aniqlaydigan belgilarini yigʻdi.

Sariq (boshqachasiga yer) dogʻi - bu tarvuzning pishayotgan vaqtida yerga tegib turgan joyidir. Pishgan tarvuzda bu dogʻ qoʻngʻir - sariq rangda yoki hatto olov rang - sariq rangda boʻlishi kerak. Lekin oq emas.

Tarvuzdagi bu chiroyli jigar rang dogʻlar changlantirish vaqtida arilar uni gulini koʻp va tez-tez changlatganini anglatadi. Changlantirish qanchalar koʻp boʻlgan boʻlsa, tarvuz ham shunchalar shirin boʻladi.

Fermerlar orasida tarvuzlarni "oʻgʻil bola" lar va "qiz bola" larga ajratish keng tarqalgan. "Oʻgʻil bola" lar ancha uzunchoq shaklga ega boʻlib, sersuv boʻladi. "Qiz bola" lar esa, dumaloqroq va juda shirin boʻladi.

Eng yaxshishi juda katta va juda kichik tarvuzni tanlamaganingiz. Eng optimali - oʻrtachasi. Hamda doim yodda tuting, yaxshi tarvuz oʻzining oʻlchami koʻrinishiga nisbatan ogʻirroq boʻladi.

Qurib qolgan dumcha tarvuz kerakli darajada yetilanini koʻrsatdi. Yashil rangdagi dumcha esa, u hali pishib yetilmaganligini anglatadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



