Britaniya qirolichasi buza oladigan 8 qonun

Avvallari qirol oilasi aʼzolarida umuman familiya boʻlmagan, ular faqatgina shaxsiy ismlari va oʻzlariga tegishli boʻlgan sulola ismlaridan foydalanishgan. Bu holat 1917 yilgacha, yaʼni Yelizaveta II ning bobosi, qirol Georg V Vindzor familiyasini qirol oilasining rasmiy familiyasi deb eʼlon qilguniga qadar davom etgan. Lekin hozirda qirolicha va uning yaqin qarindoshlari oʻz familiyalaridan foydalanishmaydi – bu familiya ularga shunchaki kerak emas.

Pasport Britaniya qirolichasiga xuddi familiya kabi koʻp ham keragi yoʻq. “Eng muhim hujjat”ning yoʻqligi qirolichaga byurokratik rasmiyatchilikni va butun dunyo boʻylab erkin harakat qilishga inkon beradi. Bu hujjatning boshqaradigan monarxda boʻlishi ham mumkin emas, chunki, oʻz oʻziga pasport berishni iloji yoʻq negaki u Oliya janoblari tomonidan beriladi. Chegarani kesib oʻtib uchun esaYelizaveta II shunchaki uning portreti bosib chiqarilgan biron-bir pul kupyurasini koʻrsatsa boʻlgani.

Qirolicha yana bir hujjatsiz bemalol yura oladi, va bu – haydovchilik guvohnomasi.Qirolicha Yelizaveta II ga haydovchilik guvohnomasiz mashina haydash ruxsat beriladi, ammo shunga qaramasdan, guvohnoma unda bor – biz hatto uning rasmini ham topdik. Guvohnoma qirolichaga 1945 yilda, Ayollar yordamchi territorial boʻlimida mexanik va tez yordam mashinasi haydovchisi boʻlib ishlaganida, hali oʻsha vaqtda malika Yelizaveta boʻlganida berilgan.
Qiziq fakt:1998 yilda qirolicha Saudiya Arabistonning boʻlajak qirolini uning avtomashinasida shamol kabi tez aylantirib kelganida uni qoʻrqitib yuborgan edi. Merosxoʻr shaxzoda qirolichani tezlikni kamaytirishini undan iltimos qilgan edi – u bunaqa holatni qirolichadan umuman kutmagandi, chunki Saudiya Arabistonda ayollarga mashina haydash taʼqiqlab qoʻyilgan.

Qirolicha oʻziga tezlikni oshirishni ruxsat bera oladi albatta, ammo nahotki u shu hurmatli yoshida beparvolik bildirishi mumkin, avtomobillarga boʻlgan sevgisiga qaramasdan. Qirolicha II ni yana rulda faqatgina oʻziga tegishli maydonlar chegarasida koʻrish mumkin. Aytmoqchi, uning qizi malika Anna ham tez haydashni yaxshi koʻradi, va hatto bu uchun 2001 yilda 400 funt miqdorida shtraf toʻlashga majbur boʻlgandi. Imtiyoz tezlik uslubiga rioya qilmaslik faqatgina qirolichaning oʻziga munosib huquq hisoblanadi.

Qirolicha soliqlarni toʻlashi shart emas, lekin u shunga qaramasdan 1992 yildan oʻz xohishi bilan minimal miqdorda boʻlsada mulk soligʻini toʻlaydi. AmmoYelizaveta II ning otasi Georg VI, aksincha, barcha monarxlar soliq qanaqa boʻlmasin hammasidan ozod etilishi uchun chiqish qilgan edi.

Buyuk Britaniya qirolichasi sudlashga moyil emas, unga qarshi jinoiy ish ochish mumkin emas, sudga guvoh sifatida taklif qilish va albatta qamoqqa yuborish mumkin emas. “Monarx yomon fikr va harakatlarga qobil emas” degan gap bor, vabu nazariy jihatdan qirolichaga jazo berilmaydigan holatda xohlagan ishni qilishiga imkon beradi. Ammo, bunday holatni hozirgi kunda hatto tasavvurqilish qiyin.

Rasman mamlakatdagi barcha yovvoyi oqqushlar va Britaniya suvlaridagi delfinlar qirolichaga mansub. Bu ajoyib mavjudotlarga ov qilish va ularni isteʼmol qilish qonunan man etilgan, ammo agar Yelizaveta II farshlangan oqqushni taʼtib koʻrishi kelib qolganida, u buni albatta qila olardi. Qushlar va tabiat qoʻriqchilari baxtiga, oqqushlar qirol ratsioniga kiritilmagan.

Buyuk Britaniya maʼlumot erkinligi Qonunida aytilishicha, fuqarolar davlat organlaridan maʼlumot olishga huquqlari bor, va ular javoban soʻralgan maʼlumot mavjud boʻlganida uni berishlari shart. Lekin buni qirolicha va uning oilasiga aloqasi yoʻq – ularning barcha ishlari shaxsiy xarakterga ega.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



