Suv ostiga sayohat: suv ostining eng mashhur diqqatga sazovor joylari

Okean tubi oʻz sirlarini faqatgina dovyurak va qiziquvchanlarga ochadi, chuqurlikda suv va vaqt kuchi bilan yashirilib, yoʻqotilgan dunyolar asrorlarini koʻrsatadi. Balki ular oʻylaganimizdan ham koʻproqdir va odamzot bunday suv osti sirlarini qachondir butunlay ocha olishga qurbi yetish yetmasligi ham aniq emas. Biroq hozircha oshkor boʻlgan sirlar eng joʻshqin qiziqish uygʻotmoqda, ayniqsa, sayyohlarga ochiq boʻlgani.
Yevropaning birinchi yer osti muzeyi Lansarote orolining qirgʻoqlari yaqinida ochilgan. BritaniyalikJeyson Teylor ijodiga mansub 300 ta figura suv ostida 12 metr chuqurlikda joylashgan. Ijodkor okeanga zarar yetqazmaslik va ijodi bir necha oʻn yillar saqlanib qolishi uchun, oʻz skulpturalarini ph-neytral sementdan yasagan.



Ijod mahsulini esa quyidagi usullar bilan koʻrishingiz mumkin: akvalang bilan suv tubiga shoʻngʻish yoki tagi koʻrinuvchan suv osti kemasida okean tubiga tushish orqali. Ushbu muzeyni yaratish uchun 700 ming yevro sarflangan. Suv osti kompozitsiyalarining syujetini Teylor har kunlik oddiy hayotdan olgan.


Migrantlar mavzusini ham chetda qoldirmagan holda, “Lampeduza soli” nomli skulpturani ham yaratgan.
Chishen shahrini “Xitoy Atlantidasi” deb ham atashadi. Ushbu shahar eramizning VII asrida qurilgan boʻlib, suv ostiga yarim asr avval choʻkkan.

60 ta futbol maydoniga teng keluvchi oʻlchamga ega boʻlgan Chishen shahri, GES qurilishi jarayonida suv ostiga choʻkib ketgan. Shunga qaramasdan, shahar binolari va koʻchalari suv tubida ham saqlanib qolgan.

Chishen suv tubida 30 metr chuqurlikda joylashgan va unga faqat dayverlar tusha oladi. Lekin yaqin kelajakda, Xitoy hokimiyati Chishenni sayyohlar uchun diqqatga sazovor joyga aylantirishmoqchi.

Tinch okean suvlarida, Avstraliya va Gavayi oʻrtasida, Ikkinchi Jahon urushining yuzdan ortiq samolyotlari yotibti. Portlatuvchi, qiruvchi va torpeda tashuvchi samolyotlar, 1945-yil avgust oyida AQSH goʻlibligi bilan yakunlangan Tinch okean kampaniyasi natijasida suvga choʻktirib yuborilgan.

Endilikda esa ushbu samolyotlar Roy-Naymur oroli yaqinidagi dayverlarni oʻziga jalb qilmoqda.
“Suv ostiga choʻkkan kemalarni koʻrish oddiy holdir, shundoq ham kemalar choʻkishi hammaga maʼlum gap” – deydi suv osti “aviabazasini oʻz koʻzlari bilan koʻrgan fotograf va dayver Brendi Myuller. – “Lekin samolyotlarni suv ostida koʻrish juda gʻalati. Samolyotlar suvga emas, osmonga tegishlidir. Shu sababli choʻkkan samolyotlarga shoʻngʻiganingda gʻayrioddiy tuygʻularni his qilasan, ajoyib va noodatiy”.

100 yillar muqaddam, 1908 yilda, yer koʻchishi butun Gʻarbiy Norvegiya vodiysini suv ostiga gʻarq qildi. Uning oʻrnida talaffuz qilinishi juda qiyin boʻlgan, Lyungstyoylsvante nomli koʻl paydo boʻldi.

Bu dayving uchun eng chiroyli joylardan biridir.

Bu yerda choʻkib ketgan qishloq fermalarini, suv osti yaylovlarini va oʻlik daraxtlar poyasiga chirmashib chiqqan suv osti oʻsimliklarini koʻrish mumkin.


Islandiya sayyohlik bukletlari koʻp narsalarga qoʻshimcha ravishda, kam emas koʻp emas, “Yer markaziga” shoʻngʻishni taklif qiladilar. Gap Amerika va Yevrosiyo oʻrtasidagi, har yili 2 sm ga kengayib borayotgan yoriq haqida ketmoqda.


Ushbu yoriq Tingvadlavatn koʻli suv ostida joylashgan boʻlib, koʻlda suv 4 gradusdan yuqoriga koʻtarilmaydi, biroq oʻzining oʻta tozaligi va tiniqligi bilan faxrlanishi mumkin.

Bu joyda yil davomida shoʻngʻishga ruxsat berilgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



