Foydali

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Shahar gulzorlari, uylarning bogʻchalari, har hil maydonlar va bogʻlarni juda koʻplab turli gullar bezab turadi. Har doim oʻz bogʻida oʻzining noyob goʻzalligi bilan dilni hushnud etib, atrofdagilarni lol qoldiradigan antiqa gul ekishni odam istaydi. Ammo ogoh boʻling! Shunday gillar borki, ular oʻz goʻzalligida havfni yashirib turadi. You! Jurnali 15 ta shunday gullar haqidagi maqolani siz uchun tayyorlagan. Ogoh boʻling!

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Oʻsimlikning xamma qismlari, ayniqsa tomiri va mevalari, alkaloidlarni oʻzida saqlayda. Alkoloidlar zaharli oʻsimliklarning hususiyatlarini belgilab beradi. Oʻsimlik turiga qarab alkoloidlarning miqdori va tarkibi keskin farqlanadi. hamda u yil fasli va oʻsimlikning oʻsish joyiga bogʻliqdir. Jivokostning alkoloidlari akonitlarning alkoloidlari bilan bir filogenetik guruhga mansub boʻlib, oʻz fiziologik taʼsiri bilan oʻxshashdir.  Jivokost - havfli zaharli oʻsimlik. Markaziy nerv sistemasiga yomon taʼsir qilib, shu bilan bir vaqtda oshqozon ichak yoʻllari va yurak tomir sistemasiga ham taʼsir qiladi. Delfinining toksik dozalarida oʻlim nafas olish paralichi bilan yurak shikastlanishdan sodir boʻladi.

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Koʻrinishidan bu oʻsimlik juda beozor, oq gullar idillk soyabonchalarga yigʻilgan. Qizgʻishroq tekkis poyasi va qiritilgan mevalar (yoki sabzi) hushboʻy hidini taratuvchi ildizi shirin taʼmga ega. ammo bu taʼmni bilgan odamning shoʻri quriydi! Qiziquvchalik uchun chora soatdan keyin qimmat baho toʻlaydi. Unda qorinda kichli ogʻriq boshlanadi, soʻlak oqishi, qusish va ich ketishi, keyin talvasalar - yurak va nafas olishni toʻxtatishi mumkin.

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Koʻpgina olimlar Suqrotning qotili boʻlib boligoliv krapchat edi degan fikrga keladilar. Bu oʻsimlik Gresiyada xamma yerda oʻsgan. Boligolov bilan zaharlanganda vujudga keladigan alomarlar Suqrot oʻlimidan oldin his etgan belgilarga juda ham oʻxshash. Inson oshqoziniga tushgach boligolovning sharbati (yoki damlamasi) koʻpincha koʻngil aynishni, qusish va ich ketishni keltirib chiqaradi. Sezuvchanlikni yoʻqitish va oyoqdan boshlab sekin asta shollanish boshlanadi. Soʻng nafas olish toʻxtashi oʻlimga olib keladi. Boligolovga oʻlimga olib kelish uchun ikki soatgina etadi. Qadimgi Gresiyada u rasmiy jallod rolini bekorga ijro etmagan. 

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Naperstyanka - toʻgarak gulzorlar va detektiv romanlar qirolichasi. Eng koʻp oʻqiladigan detektivlar muallifi - Agata Kristi asarlari sahifalarida bu oʻsimlikning nomi eng koʻp uchrasa kerak. Uning "Oʻlik oʻt" hikoyasida naperstyanka yosh qiz oʻlimi va boshqa ikki qahramonlarning  mazasi qochishining sababi boʻlgan. Shalfey bilan birga terilgan bu oʻsimlik piyoz bilan aralashtirilib soʻng oʻrdakka qoshib tayyorlangan edi.

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Belladonna yoki  uyqusiragan karaxtlik tabobat olamiga eramizdan 1500 yil avval maʼlum boʻlgan. Venesialiklar bu oʻsimlikni "herba belladonna" deb atashgan. Chunki uni ayollar distillangan suv bilan birga kosmetik vosita sifatida isteʼmol qilganlar. Oʻsimlik, ayniqsa barglari, xammaga mashhur atropin, asparagin, ohak va boshqa ishqorli moddalari bor. Atropin oʻzgacha proporsiyalarda boʻlsada ildizida ham mavjud. Belldanna oʻtxoʻr hayvonlar uchun bezarar boʻlsada, inson uchun juda zaharli.

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Bu baland oʻsimlik toʻq koʻk rangli gullar bilan bezalgan boʻlib, oʻzining ulugligi bilan shohona kimsalarni eslatib turadi. Ozining zaharliligi bilan ham oʻsimliklar shohi deb hisoblansa boʻladi. Qadimgi germanlar uning gullarini Torning temir qalpogʻi bilan qiyoslashgan boʻlib, uning sharbatida dushman bilan urishga yoki ovga chiqish oldida oʻz qurollarini ushlab turishgan. Oʻsimlikda oʻlimga olib keluvchi zahar - akonitin bor. Oʻsimlikning barcha qismlari zaharli, lekin eng yomoni uning toʻgarak gullari boʻlib, koʻpincha ularni selder bilan adashtirishadi.

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Bu gul xar qanday dala hovlini bezatish uchun ideal nomzod. Ammo xar qanday asal bochkasi ichida bir qoshiq qatron bor deganlaridek, savrinjon nihoyatda zaharli. Oʻsimlikning barcha ham ustki ham yer ostki qismlari zaharli. Shuning uchin gulni olishda qoʻlqoplardan foydalanish kerak, boʻlmasa teri kuyishi mumkin.

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Oʻsimlikning barcha qismlari zaharli. Ammo koʻp hollarda uning urugʻlari bilan zaharlanadilar. Urugʻlarda oʻsimlikning boshqa qismlari singari kuchli taʼsir etuvchi alkoloid - giossiamin, skopolamin va atropinlari bor. Zaharlanish yuz berganda avval ogʻiz qurishi, teri qizarishi, soʻng toshmalar toshishi, chanqoq, koʻngil aynishi, qusish, yurak faoliyati buzilish, tomir tortishishlar va oxiri ruhiy tartisizlik roʻy beradi. Zaharlanish belgilari juda tez: 10 min dan to 15 soatgacha vaqt ichida yuzaga chiqadi. Birinchi belgilar paydo boʻlgandayoq shifokorga murojat qilish lozim. 

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Bu oʻt yangi uzilgan, xomligida zahar, quritilgan holda esa doridir. Bunday sifatlari protoanemonin nomli prostreletoksin borligi bilan shartlangan. Quritish jarayonida toksin parchalanib, zaharli xususiyatlar yoʻqoladi. Yangi uzilgan, quritilmagan oʻsimlikni ichga qabil qilish mumkin emas. Bu narsa ogʻir zaharlanish va hattoki oʻlimga olib keladi. Uning sharbati teriga tegsa kuchli kuyishga olib keladi.

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Koʻpchilik dala xovlisini dekorativ ignabarglilar bilan bezatishni istaydilar. Ular xar doim territoriyada shinamlikni yaratadi. Faqat Tamarissifoliya archasini sotib olayotib extiyot boʻling. Oʻzining ignabargli qarindoshlaridan farqli u oʻta zaharli. Mevacani taʼmini tatib koʻrib jiddiy zaharlanish mumkin. Lekin bu hammasi emas. Oʻsimlikni ekish va parvarishlash jarayonida ignali shohlar bilan yaralanish juda oson. Bunday yaqin kontaktdan soʻng, ayniqsa siz qoʻlqopsiz boʻlgan boʻlsangiz, qoʻʼlaringizda zaharli sharbat tegishi bilan vujudga keladigan teri yalliglanishi kelib chiqadi.

 

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Qanoatli va goʻzal gul. Soyali joylarda u sizni turfa xil rangdagi gullari bilan hushnud etadi. Shu bilan u oʻz goʻzalligini himoyalay oladi. Kimdir bilmasdan yoki qiziquvchanligi sababli Oʻsimlikning xar qanday qismini tatib koʻrsa, achinarli  natija koʻp kuttirmaydi. Birinchi belgilar boʻlib soʻlak oqishi va koz yoshlanishi boladi. Keyin qusishga aylanadi. Soʻng pulsning sekinlashuvi, qon bosimi pasayishi kuzatiladi. Agar organizmga tushgan zagar dozasi katta miqdorda boʻlsa, tomir tortishishlar, koma va oʻlimga olib kelishi mumkin.

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Bu goʻzal, bogʻlardagi gulxonalar va gulzorlarda tez tez uchratish mumkin boʻlgan gulni, oʻz dala xovlisida yoki bog uchastkasiga odamning ekkisi keladi. Agarda siz bu gulning goʻzalligiga uchib, oʻz uyingiz yonida oʻstirsangiz, erta yozdan to kech kuzgacha yaqiningizda boʻladigan, potensial qotilni  yashashga kiritgan boʻlasiz. Bu oʻsimlik ildizidan to barglarining uchigacha havfli. Ayniqsa uning gʻunchasi eng havflidir. Bu oʻsimlikning hattoki bir boʻlagi organizmga tushishi sionist kaliy isteʼmol qilish oqibatlari bilan tengdir! Nafas qaytishi, hushini yoʻqotish, tomor tortishishi, puls tezlashuvi, arterial bosimning pasayishi va hattoki oʻlim - bu gul bilan extiyotsizlik bilan muomalada boʻlishning baxosi shunday. Shuning uchun oʻzingiz va yaqinlaringizni potensial havfdan saqlashga harakat qiling.

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Kirib kelayotgan bahor ramzi boʻlgan nozik gul. Bu goʻzal gullarga qarab ilk quyoshli va kunlar iliq kunlardan bahramand boʻlish uchun ularni sotib olishdan oʻzini tiyib turolmaydi kishi. Uyingizga bunday guldastani olib kelgach bilinki, uni isteʼmol qilmasdan ham oʻz sogʻligʻingizga zarar etkazishingiz mumkin. Siz uning yonida boʻlibgina bosh ogʻriq sezishingiz hamda allergiya alomatlari vujudga kelishi mumkin. Agarda uni taʼmini tatib koʻradigan boʻlsangiz, oqibatlari yanada masshtab holda boʻladi: koʻngil aynish va qusish, konvulsiyalar va hushini yoʻqotish, shol boʻlish va oʻlim. Shuning uchun ularni qoʻlda ushlaganda ham sharbati ochiq yaralarga tegmasligiga eʼtibor bering, yaxshisi qoʻlqop bilan foydalaning. 

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Oʻz bogʻingizni bu gul bilan bezaganda uni havfliligini yodda tuting! Uning bittagina bargi ham kichkina bolani oʻldirish uchun yetarli darajada zaharli. Xattoki oʻlimdan qutilib qolsada, yurak faoliyati va markaziy nerv tizimi faoliyati buzilishi kabi ogʻir asoratlari umirbod qoladi.

Xavfli goʻzallik: 15 qotil – gullar!

Bu gul rododendronning qarindoshi boʻlib, shu sababdan ham oʻta havfli. Hattoki uning changi ham havfli.  Bu gulni uzib, hidlab koʻrishni hayolingizga ham keltirmang! Gulning xar qanday zarrasi organizmga tushishi koʻz yoshlanishi, burin oqishi, sulak oqishi, nafas boʻgʻilishi, buyrak faoliyati toʻxtashi, shollik, konvulsiyalar yoki oʻlimga olib keladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar