10 gʻayritabiiy va tushunarsiz tabiat moʻjizasi

Turistik yoʻlboshchilarni tuzuvchilar Michigan koʻlining janubiy qirgʻogʻidagi qumtepalarni “tirik” deb atashadi, chunki har yil tepalik bir necha metrga siljiydi, ammo buning sirli tomoni yoʻq. Avvaldan maʼlumki, siljishlar sababi boʻlib shamol xizmat qiladi, lekin mutaxassislardan hali hech biri bu qumtepalarning odamlarni“yutish”dek sirli xislatini tushuntira olmagan.

Oʻtgan yilning iyul oyida 6 yoshli Natan Vessner yurgan yoʻlidan toʻsatdan chiqib qolgan, diametri 3 metrli voronkaga yiqilib tushgan. Baxtli tasodif bilan, bolani qumli asiradan qutqarishdi – bu uchun qutqaruvchilar brigadasi, ekskavatorlar va 3 soatda ortiq vaqt kerak boʻldi.
Rishat strukturasi, yaʼni “Saxara koʻzi” nomi ostida mashhur – choʻl oʻrtasida yoyilib ketgan, diametri taxminan 50 metrli qiziq bir geologik tuzilma. Tepadan qaraganda “Koʻz” koʻk rangning har xil tuslanishli konsentrik aylanalari kabi koʻrinishga ega. Avvallari, Rishat strukturasi meteorit tushgan joyda hosil boʻlgan - degan fikr paydo boʻlgandi, lekin oxirgi tadqiqotlar bu xato fikr ekanligini koʻrsatdi, chunki qoidaga binoan meteorit kraterlarida kremniyning turli xil qoʻshmalari mavjud boʻladi, - “Saxara koʻzi” da esa bu narsa yoʻq.

Choʻllarda joylashgan tosh turlari koʻpincha lakni oʻxshatuvchi, turli rangdagi modda bilan qoplangan – ochiq sabzi rangdan qora ranggacha. Qadimgi odamlar “lak” da hayvonlar rasmini va qabiladoshlarning portretlarini qirib chizishgan – bu kabi gʻorlik rassomlarning sanʼat obyektlari butun dunyo boʻylab tarqalgan, lekin qizigʻi shundaki, olimlar haligacha “lakli qoplama” qayerdan olinishini bilishmaydi.

Baʼzi olimlarnining fikricha, bu modda ayrim qoya turlaridan kimyoviy birikmalar yuvilishi qariqasida hosil boʻlgan deyishadi, boshqa olimlar esa aminlarki, “lak” qandaydir changning qoya yuzasiga yoyilib qolishi tariqasida hosil boʻlgan degan fikrdalar, ammo baribir ushbu fikrlarni tasdiqlovchi asosli dalillar haligacha yoʻq.
Boliviyaning janubiy-sharqiy tomonida joylashgan Uturunku vulqonining oxirgiotilishi qariyb 300 yil oldin sodir boʻlgan, ammo 6 km li bu ulkan haligacha olimlarni lol qoldirmoqda. Yoʻldoshlar yordamida olib borilgan kuzatuvlar mobaynida tadqiqotchilar, uning yerosti boʻshligʻi boshqa vulqonlardan farqli oʻlaroq, magma bilan 10 barobar tezroq toʻlishini aniqlashdi.

Uturunku giperaktivligi uchun 70 km atrofda joylashgan mahalla har yili bir necha santimetrga koʻtarilyapti. Geomorfologlar bu jarayon davom etishini katta eʼtibor bilan kuzatishyapti, va maʼlumotlarga qaraganda u yaqinda boshlangan, lekin uning sababi va nima bilan tugashi, haligacha noaniq.
Perm davrining oxirida sodir boʻlgan ekologik fojiya, paleontologlarga tinchlik bermayapti – qisqa vaqt ichida 93% dan 97% gacha barcha biologik turdoshlarning yemirilish sababi olimlar uchun hozirgacha topishmoq boʻlib qolmoqda.

Eng mashhur variantlardan biri boʻyicha, yer yuzasidagi hayotning katta qismi ulkan meteorit kelib tushishi sabab halok boʻlgan, lekin buni isbotlash uchun dalillar haligacha topilmagan. Boshqa nazariya tarafdorlari fikrlari boʻyicha, hammasiga sabab yirik koʻmir makonlari yonishi tufayli vujudga kelgan vulqon aktivligi boʻlishi mumkin, va bu oʻz navbatida issiqxona taʼsirini hamda haroratning tezda oshirilishini keltirib chiqardi.
Xiller oroli 1802-yilda avstraliya choʻllaridan birida topilgan – oʻsha vaqtdan beri olimlar hovuzning nega toʻq pushti rangli ekanligini tushunishga urinmoqdalar.

Xiller – dunyodagi yagona pushti rangli orol emas, lekin boshqa hollarda bu rang orol ichidagi krevetkalar va mikroorganizmlar borligi sabab boʻlsa, masalan, Avstraliyaning gʻarbida joylashgan shtatidagi Pink oroli kabi, yoki Senegaldagi Retba orolidagi suv osti oʻsimliklari bilan bogʻliq boʻlsa, Xiller haligacha oʻzining pushti rangli suvining siri nimada ekanligini tadqiqotchilarga ochib bermoqchi emas.
Hozirgi kunda keng tarqalgan fikr boʻyicha, orollar mantiyali plyum - yaʼni sayyoraning pastki mantiya qavatidagi magmatik oqimlarning tashqi yuzaga chiqishi bois paydo boʻlgan. Maʼlumki, tektonik plitalar mantiya boʻylab, yiliga bir necha santimetr tezlikda siljib “suzadi”, biroq plyum chiqish nuqtalari oʻzgarmas qoladi – shu orqali orollar yoshi va ularning joylashuvi oʻrtasidagi katta farqni tushuntirsa boʻladi.

Bu fikrqanchalik chiroyli eshitilmasin, u haligacha bir tahmin boʻlib qolmoqda.
Katta Kanyon – Qoʻshma Shtatlarning eng mashhur diqqatga sazovor joylardan biri. Bu noyob geologik tuzilma boʻyi va eni boʻylab oʻrganib chiqilgan, ammo geologlar haligacha uning Yoshi haqida bir xulosaga kelganlariyoʻq – birlari unga 6 mln, boshqalari 70 mln yosh berishadi.

Tadqiqotchilar oʻz fikrlari borasida turli xil dalillar keltirishadi, bu mavzuga bagʻishlangan oʻnlab tadqiqotlar oʻtkaziladi, ammo lekin Kanyonlar hosil boʻlishi hali bir oʻn yillikdan ortiq vaqt ilmiy muhokamalar predmeti boʻlib qoladi.
Vaqti-vaqti bilan sayyoramizning har xil burchaklarida ulkan yoriqlar paydo boʻladi, ularni olimlar “eng buyuk tektonik paradoks” deb ham atashadi. “Normal” siniqlar hosil boʻlishida uzil-kesil chetlari orasida balandlik koʻtarilib tushishi boʻladi odatda, birdaniga hosil boʻlgan siniqlarda esa bu narsa yoʻq. Bundan tashqari, Yer yuzasida “siniq yaralar” paydo boʻlishi odatda zilzilalar bilan bogʻliq, lekin sirli siniqlar bor maydonlarda seysmik aktivlik kuzatilmagan. Baʼzi siniqlar paydo boʻlishini koʻrgan guvohlar taʼkidlashlaricha, shu vaqtda qiziq bir yerosti huvullash eshitilardi, va uning kelib chiqishi olimlarga aslo maʼlum emas.

Qariyb 6 mln yil oldin Oʻrta yer dengizi qurib ketdi va 600 ming yilga deyarli choʻlga aylanib qoldi – bu davrni olimlar Messinlik shoʻrlik balandligi deb nomlashgan.

“Oʻrta yer dengizi vannasi” dan “suv chiqishi” ning eng ehtimoli baland boʻlgan sababi – dengiz akvatoriysi va Atlantika suvlari orasidagi yoʻlning yopilishidir. Lekin buniqaysi sabab keltirib chiqargani haqida olimlarning fikri haligacha mavjud emas.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



