Sayohat

Top-10 Eng ajoyib dunyo favvoralari

Top-10 Eng ajoyib dunyo favvoralari
Top-10 Eng ajoyib dunyo favvoralari

Bir necha oy oldin Zalek (Žalec) shahri, sharqiy SloveniyadaYevropadagi birinchi pivo favvorasi namoyish etildi. Afsuski, favvorani koʻpikli ichimlikning bepul kaskadi deb nomlab boʻlmaydi, bu vaziyatda uni aniq hech kim inkor etmasdi. Favvora antiqa shakli bilan sakkizta quvurlik qulmoq gulini eslatadi, va oʻsha quvurlardan har xil turdagi pivo oqib turadi.

 Xohlovchilar 6 yevro toʻlab maxsus mikrochipli stakan olishadi va oʻsha stakanga “aqlli” favvoradan sevimli ichimlikdan atigi 100 millilitr suzib beriladi. Stakanni sezuvchan mikrochip yordami bilan, pivoni suzish uchun pastga qaratilgan nasos burunchasi tagiga qoʻyish kerak. Mexanizatsiyalangan barmen assortimentida LaškoKukec qora pivosi, Kratochwill asalli pivosi, Viziz IPA va qulmoqli ichimlikning boshqa sortlari bor.

 Shahar hokimi Yanko Kos (Janko Kos) yanada balandroq darajada pivo ichish madaniyatini rivojlantirmoqchi. Hokim umid qiladiki, yangi favvora uning shahrini mashhur qiladi va Yer sharining barcha burchaklaridan pivoni yaxshi koʻruvchilarni unga jalb qiladi. 

Top-10 Eng ajoyib dunyo favvoralari

Oʻz xohishlaringizdan xabardor boʻling. Kanzas (Kansas, Amerikaning shtati) dan bir talaba qiz Dr Pepper gazlangan suvini shunchalikqattiq yaxshi koʻrardiki, oʻz Twitterida quyidagicha yozdi: “Men, chindan ham bu ichimlikli favvorani oʻz uyim oldiga oʻrnatishim lozim. Bu, mening Dr Pepperga hozir qilayotgan xarajatlarimdan ancha arzonroq chiqardi”.

Kler Daniels (Claire Daniels) shu tvitni eʼlon qilganidan bir oy oʻtib, Dr Pepper kompaniyasining marketing boʻlimi qiz bilan aloqaga chiqib, uni Manxetten (Manhattan) ga, kompaniya ichimligiga sadoqatli boʻlganligi uchun mukofot yutganini va uni olib ketish uchun kelishini taklif qildi.

Ammo mukofotni oʻzi aslida Nyu-Yorkdan ham yaqinroqda edi… Kler yaqinlariga qoʻngʻiroq haqida aytib berish uchun shoshib, zinapoyadan tushayotganida, shubhali shildirashlarni eshitib qoldi. Uninguyining ayni oldi tomonida ishchilar allaqachon maxsus favvorani oʻrnatibqoʻyishgandi. Hazilakam niyat amalga oshirildi!

Top-10 Eng ajoyib dunyo favvoralari

Bepul pishloq faqat sichqon ushlagichda boʻladi deyishadi, ammo Italiyada mahalliy vino chiqaruvchi tsexga tashrif buyuruvchilar oʻz idishlarini koʻchadagi favvoradan bepul vino bilan toʻldirishlari mumkin. 2016 yilda Kentina Dora Sarcheze (Cantina Dora Sarchese) jamoatga yosh vinoli favvorani taqdim etdi, va bu favvora mashhur marshrut Rim va Ortona (Cammino di San Tommaso, St Thomas, Rome, Ortona) orasidagi yoʻlda joylashgan Kammino di San Tommazo (yoki Ilohiy Tomas) yoqalab sayohat qiluvchi turistlar va safarga chiqqanlar uchun moʻljallangan. Balkim, Cantina Dora Sarchese vinoli kaskad rimlik Trevi favvorasidan oqimi bilan ancha qolishsada, ammo favvora tashrif buyuruvchilar uchun kunida 24 soat, haftada 7 kun ochiq, va sayohatchilarga oddiy sovuq suvni emas, sevimli uzumli ichimlikni ichish imkonini beradi.

Favvora Kaldari di Ortona (Caldari di Ortona) da,Abrusso (Abruzzo) tumanida joylashgan. Bu favvora Dora Sarchese vino zavodixoʻjaini Nikola DʼOrya (Nicola DʼAuria) va safarlarni tashkil qiluvchi Kamminodi San Tomazzo jamoati orasidagi kelishilgan loyihadir. Birinchi navbatda, vinosafarga chiquvchilar uchun moʻljallangan, lekin barcha xohlovchilar ham tatibkoʻrishi mumkin.

Top-10 Eng ajoyib dunyo favvoralari

2010 yilda Parij hukumati parijliklarni plastmass shishalarni ishlatishdan qaytarish uchun, shahar fuqarolariga bepul suv taqdim qilishni boshladi. Jardin de Reuilly parkidagi favvora ijtimoiy suv taʼminotiga ulangan va 6 ta quvurlik boʻlib, gazlangan yoki oddiy ichimlik suvini suzib beradi.

1 kishiga 128 litr – fransuzlar yilida taxminan shuncha suv ichadi, va bu shishalangan suv ichish koʻrsatkichlari boʻyicha dunyodagi eng baland koʻrsatkichlardan biri. Parij xuddi shunaqa 215 ta favvora oʻrnatilgan shimoliy Italiyadan misol qilibolgan, u yerda favvoralar mahalliy aholi orasida juda tez tanildi.

Top-10 Eng ajoyib dunyo favvoralari

2008 yilda tashabbuskorlar guruhi dunyo rekordidan oʻtish niyatida shampan vinosi bokallaridan yasalgan dunyodagi eng katta piramidani qurishdi. Kaskadli favvora balandligi 7 metr, ogʻirligi – 9 tonna. Bu fenomenal qurilmani 43 000 ta shampan vinosi bokallaridan yigʻishdi. Urunish Belgiyaning Antverpen shahri yonidagi Vidjnedjemda (Wijnegem'sshopping mall, Antwerp, Belgium) savdo markazida oʻrnatildi.

Top-10 Eng ajoyib dunyo favvoralari

Shokoladli favvoralar – allaqachon odatiy narsa boʻlib qolgan. Ketchuplifavvora – mana shu aniq sizning bayramingizni yanada antiqa va koʻngilocharqilishi aniq.

Top-10 Eng ajoyib dunyo favvoralari

Balki, siz uylanish yoki turmushga chiqishni rajalashtirib qoʻygan boʻlsangiz, ziyofatni xuddi oʻrtoqlaringiz oʻtkazgan kabi oʻtkazishni xohlamasligingiz mumkin. Albatta,yana birta oldingisidan balandroq ketchupli favvora buyurtma qilishingiz mumkin. Lekin maydagaplikni nima keragi bor? Undanda hayratlantiruvchi va toʻyimlinarsa boʻlsachi? Masalan, nachos (meksikalik gazak) uchun pishloqli soussizning ziyofatingizni ancha nozik qiladi. Va boshqa toʻy fikrlaridan koʻrabunisi ancha kam xarajatlidir, va bunday pishloqli kaskadni oʻzingiz hamtayyorlashingiz mumkin.

Top-10 Eng ajoyib dunyo favvoralari

Kambukira (Cambuquira) – Braziliyaning Minas-Jerays (Minas Gerais) shtati hokimiyati, koʻpincha uning maydoni Circuito Águas («Suvli kontur») ning oʻrtasida joylashgani bilan mashhur. Bu tabiiy ekosistema eng yaxshi suv basseyni deb nafaqat Braziliyada, balki Janubiy va Markaziy Amerikada ham sanaladi.

Shahar oʻzidan Minas-Jeraysning janubiy massivida 950 metr balandlikda joylashgan haqiqiy togʻli oazisni tashkil qiladi, va 7 ta eng toza gazli suv chiqaruvchi favvoralar bilan magʻrurlanadi. Suvning terapevtik sifati joyning yoqimli muhiti bilan birga Kambukiruni Braziliyaning eng mashhur gidromineral kurortlaridan biri hisoblanadi.

Top-10 Eng ajoyib dunyo favvoralari

Dunyodagi “Eng katta” shokoladli favvora Las-Vegas, Nevada shtatidagi Belladjio (Bellagio) mehmonxonasidajoylashgan. Jan Filippning konditerlik shoh asar patisseriyasi (Jean-Philippe Patisserie)ni Spa-Tauer zalidan aylaniboʻtayotganda koʻrish mumkin, va ushbu visual va xushboʻy kaskad mehmonxonaningbosh konditeri tomonidan oʻylab topilgan va bezalgan. Haykal zal tepasiga chayetadi, va umumiy uzunligi 152 metrgacha boʻlgan quvurlar orqali birdaniga 900kg dan ortiq quyultirilgan sut, qora va sutli shokolad oqib tushadi. Shokoladli kaskad kuniga 24 soat ishlaydi, va qurilma bir yillik uzluksiz ishga, hattoeski shokoladni yangisiga almashtirmasdan ishlashga moslashtirilgan.

Shokolad tarkibida suv boʻlmagani uchun, hech qanday bugʻlanish vujudga kelmaydi. Siz 4,2 metr balandlikdan kaskaddek oqib tushayotgan shokoladli daryolarga yaqinlashishingiz mumkin, lekin ehtiyot boʻling – u yerda hid anchamast qiluvchi, va sizning shunchaki boshiz aylanib qolishi mumkin! Bu qurilmaning tashqi koʻrinishi esa hidlanishidek ajoyib – qurilma 3 xil rangli shokolad oqib tushayotgan, takrorlanmas shisha basseynlaridan iborat. Bu ajoyibotga soatlab termulib oʻtirsa boʻladi.

Ushbu favvoraning yagona kamchiligi shundaki, u faqat koʻrish va hidlashuchun moʻljallangan, uni tatib koʻrish taʼqiqlangan!

Top-10 Eng ajoyib dunyo favvoralari

Roʻyxatimizni unchalik ishtahani ochmaydigan favvora, ammo aniq u quvonch va hayratlanishga loyiq. Sizning eʼtiboringizda - MoonlightRainbow Fountain – Oy Kamalagi Favvorasi, va u Giness rekordlari kitobiga biritilgan. Bu ulkan qurilma Seul, Shimoliy Koreyada joylashgan, va uning yaratuvchilari dunyodagi eng uzun favvorani qurishgan. Kaskadning suv oqimlari Xan (Han) daryosining ustidagi Banpo (Banpo) koʻprigining ikki tomonidan otibturadi, va agar bu ikki tomonni birlashtirsak, 1140 metr uzunlikni tashkilqiladi. Suv toʻgʻridan-toʻgʻri daryodan quyiladi, va suv bosimli mexanizmlar220 ta turli rangdagi projektorlar bilan yoritiladi, va favvora oʻzining kamalaklinomini aynan mana shu antiqa ajoyibot uchun olgan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar