Har bir sayyoh bilishi kerak boʻlgan tarvuz bilan bogʻliq ajoyib tryuk

Ushbu usul sayyohlar orasida yetarlicha mashhur boʻlib, uni plyajlar va suv havzasi sohillarida sovitish uchun qoʻl keladi. Bunda siz tomoningizdan kam kuch sarf qilinadi, biroq tarvuzning muzdekkina boʻlishi kafolatlanadi.

Buning uchun kerak boʻladigani bitta futbolka holos. Oʻlchami ham, rangi ham muhim emas.

Demak suvning yoniga borib, tarvuzni muzdek suvga solib olasiz, futbolkani ham yaxshilab chayasiz. Keying ohista siqib olsangiz yetadi.


Tarvuzni futbolkaga yaxshilab oʻraysiz-da, soya tushadigan yerga joylashtirib qoʻyasiz.Buning uchun soyabon ostidagi tangadek joy ham yetarli boʻlishi mumkin.Tarvuzni kichikroq chuqur ichiga solsangiz yanada yaxshiroq soviydi.

Shu tariqa suv uni hech qanday qoʻshimcha vositalarsiz sovitib beradi va oradan yarim soat oʻtib, muzdekkina tarvuz lazzatidan bahramand boʻlasiz.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



