Koritsalik Sinnabon bulochkalari: klassik retsept

Xamir uchun:
250 ml sut (bir oz ilitib olamiz)
2 choy qoshiq quruq xamirturushlar
50 gr shakar
500 gr un
chimdim tuz
2ta tuxum
50 gr saryogʻ
Nachinka:
60 gr saryogʻ
150 gr shakar
1,5-2 choy qoshiq koritsa

1. Unni oʻrtacha togʻorachaga elakdan oʻtkazib olamiz. Shakar, xamirturush va chimdim tuz qoʻshamiz
2. Tuxumlarni aralashtirib shu togʻarachaga solamiz.
3. Sutni ilitib togʻorachadagi masaliqlarga qoʻshamiz.

Xamir tayyorlashni boshlaymiz.
Sut qoʻshganimizdan soʻnng xamirni bir hil massa qilib uqalaymiz va ora-orada saryogʻ qoʻshamiz.
Xamir unchalik qattiq boʻlib ketishi kerak emas, bir oz yumhoq va choʻziluvchan boʻlish kerak.
Xamirni paket bilan yopib issiqroq xonaga 1,5-2 soatlarga qoldiramiz.

Xamir koʻtarilgunicha nachinkani tayyorlab tursa boʻladi:
Barcha masalliqlarni aralashtirib olamiz - saryogʻ, koritsa va shakar hammasi bir maromda

Xamir koʻtarilganidan soʻng xamirni yoyamiz

Nachinkani hamma joyiga bir hil qilib solib chiqamiz

Zich rulet qilib orab qoʻyamiz

Va bir hil oʻrtacha boʻlakchalarga kesib chiqamiz

Deyarli yaqinda tayyor boʻladigan bulochkalarimizni tunukaga qoʻyib 180 darajada isigan duxovkaga 20-30 daqiqaga qoʻyib qoʻyamiz.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



