Kosmetikasiz yuz parvarishi: uy sharoitida 7 retsept

Yuzingizni tozalash uchun yaxshisi yumshoq gletsirinli yoki asalli sovun toping. Bu sovundan kechqurun makiajni tozalash uchun foydalaning, agar kosmetik vositalardan foydalanmagan boʻlsangiz ham. Teri nafas olishi kerak. Chang va kir yuzning himoya qobigʻiga oʻrnashib qolgan boʻladi.

Ertalab sovundan foydalanish shart emas. Uning eng yaxshi sherigi – muzdek suv: yapon ayollari muzdek suvdan foydalangach, yuzdagi qon aylanishini kuchaytirish, va rangini yaxshilash uchun marta yengil urib qoʻyishadi.

Keyin yuzni oziqlantirish kerak. Buning uchun agar havo salqin boʻlsa, hech narsa kerak emas. Agar yuz tortishgan, yoki quruq boʻlsa, bir ikki tomchi qizdirilgan yogʻni kaftingiz yordamida surish yetarli. Zaytun, kunjut, bodom yogʻlari qoidasi boʻyicha foydali va teriga naf keltiradi.Tarkibidagi tabiiy yogʻ yordamida choy shamasini losyon oʻrniga ishlatsangiz, yuzni himoya qiladi.

Yuzingizga massaj harakati bilan yogʻni suring. Mazkur kundalik jarayonni oʻrganish va amaliyotda qoʻllash kerak. Faqat bitta yuz sohasida uch yuzdan ortiq mayda mushaklar boʻladi. Agar ular massaj qilinganda toʻqimalar oʻz joyida qoladi. Muhimi, teri parvarishini siz oʻz hoxishingiz bilan chin koʻngildan bajarsangiz, natijaga erishasiz va teringiz chiroyli boʻladi.

Teringiz yumshoq toza boʻlishi uchun sovun ham, losyon ham, krem ham kerak emas. Uni tozalash va oziqlantirish kerak. Buning uchun yuzingizga turli xil kimyoviy kosmetik vositalardan voz keching. Teri ham ovqat hazm qilish sistemasi kabi nima surtsak, hammasini oʻziga shimadi va qonga singdiradi.

Eng yaxshi teri parvarishi- bu sogʻlom ovqatlanish, kerakli miqdordagi uyqu, toza suv va baxt. Qolganlari ikkinchi darajali. Biror goʻzal ayoldan goʻzalligingiz sababi va nimadan foydalanishini soʻraganingizda hammasiga bitta javob beradi “ E, xa, deyarli hech narsa bilan!”

200 gr suvni qaynating, unga 2-3 tomchi hushboʻy hidli yogʻ (lavanda, limon va hokazo) qoʻshib yuzdagi mayda teshikchalarni ochish uchun bugʻli vanna qiling. Keyin yuz uchun uy sharoitida niqob tayyorlang: 1 – 2 choy qoshiq un, yana shu miqdordagi yogurt, limon. Muzlatkichdagi deyarli hamma mahsulotlar yaxshi natija beradi.

Faqat yangi maxsulotlar isteʼmol qilishga harakat qiling. Tozalangan (mineral) suv iching. Kechasi 6-8 soatdan kam uyqu sogʻliq uchun zararli.

Koʻz atrofidagi aylana va qovoqning shishishi, kuch-quvvatning pasayishi buyrakda muammo borligini bildiradi. Bu alomatlarni, juda koʻp miqdorda goʻsht, dudlangan goʻsht, tuz, shakar va toʻyingan yogʻ mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish orqali bartaraf qilasiz. Kam miqdordagi olma sirkasi terining rangi ochilishini tiklashda yordam beradi. Har kuni bir oy mobaynida 50 gr dan suvga aralashtirilgan sirkadan ichsangiz, ajoyib natijaga erishasiz.

Yuzingizni yogʻ bilan massaj qiling, qon aylanishini aktivlashtiring. Massajni koʻz atrofidan tashqarida boʻlishiga alohida ahamiyat bering. Keyin koʻz uchun koʻp boʻlmagan gimnastika qiling. Iyakni tushuring va oldin tepaga qarang, keyin esa yon-atrofga.
Oynaga tez-tez qarang va oʻzingizning koʻrinishingizdan mamnun boʻling, shundagina biror natijaga erishishingiz mumkin.

Yuziga mos tushgan tonal kremni topgan ayol, dunyoni egallashga qodir. Sifatli tonal kremini sotib oling va yuzingizga surganda bilinib qolmasligiga ahamiyat bering. Surganingizda qosh va burun chegarasiga , koʻz atrofiga barmoq uchi bilan surting. Agar butun yuzingiz boʻylab surtsangiz, koʻrinishingiz notabiiy, soxta boʻlib qoladi. Bu yerda ozgina foydalanib, katta natijaga erishishingiz mumkin.

Bir kunda yarimta avakado isteʼmol qiling, va bir choy qoshiq avokado pyuresini oʻn daqiqa davomida yuzingizga suring. Sinab koʻring, ajoyib natija kafolatlangan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



