Fakt boʻyicha Qatarni boshqarayotgan Sharq goʻzali: sheyxa Moza.



Sheyxa Moza bint Naser al-Misned – Qatar uchinchi emiri sheyxi Hamad ben Kalifa-al-Tanini uchta hotinidan ikkinchisi, yetti nafar farzandlarini onasi, sayyorani eng stilli ayollaidan biri, va qanchalik gʻalati eshitilsa ham siyosiy va jamoat arbobi.

Uning hayotini tarixi sharq ertaklari kabidir, agar kimdir Mozani biografiyasi boʻyicha serial olmoqchi boʻlsa, “Muhtasham asr” serailiga oʻxshab chiqar edi. Faqat sulton Sulaymon oʻrniga – Qatarni voris shaxzodasi, Xurrem oʻrniga esa – Moza, koʻzga koʻringan qatarlik biznessmen qizi.

18 yoshida Mozaga “omadli bilet” tushgan – u boʻlajak voris shaxzodasi bilan tanishdi, lekin unga turmushga chiqishga shoshmagan. Avval Qatar universitetini psixologiya fakultetiga kirdi, soʻngra amerikalik nufuzli universitetlarda stajirovka qildi. Va keyin turmushga chiqdi.
Koʻp emas kam emas Fors koʻrfazini kulrang kardinali nomini olgan ayol, olaviy hayotini birinchi yillarini oʻz bollariga bagʻishladi. Va Qatar ham usha paytda hozirdek arab dunyosida nufuzli davlat boʻlmagan.
Vaziyat 1995 yilda oʻzgardi. Ushanda Moza turmush oʻrtogʻi qonsiz toʻntarilish qilgan va davlatdagi hukmronlikni oʻz qoʻliga olgan, oʻz otasini tahtdan tushirib. Toʻntarilishni anglo-sakson dunyosi qoʻllab quvvatladi, Qatar haqida neft-gaz majmuasi tufayli gapirisha boshlashdi, yangi emir dunyoga oʻzini ikkinchi hotinini namoyish qildi – chiroyli va oʻqimishli Mozani.

Sheyxa Moza ijtimoiy va hayriya dasturlarni nazorat qilishni boshladi va jamoatda koʻproq paydo boʻlishni boshladi, dunyoni etakchi moda uylarini hayratlanarli liboslarida.


Mozani zamonaviy qiyofalarida, ekspertlarni aytishicha, Qatardagi asl “modali holat”ga shama ham yoʻq, u erda ayollar abaylarda (polgacha qora liboslar), roʻmollarda yoki niqoblarda (qora rangli bosh kiyimi, butun yuzni berkitadigan, koʻzlar uchun ochiq joy bilan) yurishgan, - umuman olganda hamma arab davlatlariday. Moza faqat tyurbanni taqadi, boʻsh vaqtida esa shimda ham yurishi mumkin.

Mozani Qatar agressiv iqtisodiy siyosati tufayli ham tanqid qilishmoqda – Fors koʻrfazidagi davlatni gaz narhlarini arzonlashtirish va butun dunyo boʻylab gaz bozorini maksimal segmentini egallab olishga urinishda ayblashmoqda. Bundan tashqari, Qatar butun dunyo boʻylab radikal guruhlariga homiylik qiladi, va bu albatta sheyxani latofatli qiyofasiga toʻgʻri kelmaydi.




Sheyxa Moza, Fors koʻrfazini boshqa davlatlari hukmdorlari rafiqalari uchun noyoblik boʻlmish, qator davlat va halqaro lavozimlarga ega, shular qatorida: u Qatar taʼlim, fan va ijtimoiy rivojlanish fondi boshqaruvchisi, oilaviy savollar boʻyicha Oliy Kengash prezidenti, taʼlim boʻyicha Oliy Kengash vitse-prezidenti, YUNESKOni maxsus elchisi. Moza Arab demokratik fondini yaratgan, unga turmush oʻrtogʻi birinchi toʻlov qildi 10 million dollar miqdorida. Fondni asosiy maqsadi – erkin OAV va fuqarolik jamiyat rivojlanishiga yordam.

Shuningdek sheyxa Moza – Qatar ilm va texnologiyalar bogʻi yaratilishini asoschisi, uning ochilishi 2008 yilni ohirida boʻlgan. Bogʻ 225 million investitsiyalarni jalb qilgan, shu qatorda dunyoni yetakchi kompaniyalari Microsoft, Shell va General Electric.
Moza Qatarni poytaxti, Doxa shaxarchasi oldida “Taʼlim shaxri”ni qurgan – universitet shaxarcha, u yerda maʼruzalarni talabalarga amerikalik yetakchi professorlari oʻqiydi.

Sheyxa Mozani oʻzi Virdjin Hamkorlik universiteti, A&M Tehas universiteti, Karnegi-Mellon Universiteti, London Imperlik kolledji va Djordjtaun universitetlarini faxrli doctor unvonlariga ega. 2010 yildan boshlab Britaniya imperiya Ordeni komandor-ayoli.

Moza 54 yoshda. Koʻrinishi ajabtovur. Bazilarni hisob-kitobi boʻyicha 12ta plastik operatsiyalarga 2 million dollar atrofida sarflagan. Sheyxa fondiga aloqador odamlar, uning mehnat qobiliyatiga va maqsadga intilishiga qoyil qolishadi, uning qatiyatliligini, hukmini yurgizishini va tasavvur qiling! – feminizmini taʼkidlab oʻtishadi.

Moza oʻz sheyxini, barcha birinchi ledini bor boʻlishi kerak boʻlgan, rasmiy safarlarida kuzatgan
Aynan Moza Tamim beshta ogʻillaridan biri sheyx Hamad vorisi boʻldi, Moza turmush oʻrtogʻi. Va bu uni portretiga muhim chiziq, ahir Hamadda Mozadan tashqari yana ikkita hotini bor, umumiy vorislarini soni esa – 27 odam. Lekin aynan Tamim oʻtgan yilni iyunida Qatarni toʻrtinchi hukmdori boʻldi, oʻz otasini siljitib. AniqrogʻI otasini oʻzi, toʻntarishlar va hayajonsiz, davlat boshqarish jilovlarini Moza oʻgʻlini qoʻllariga topshirdi.

Bundan soʻng, Mozani turmush oʻrtogʻiga va davlat ishlariga taʼsiri haqida afsonalar yurmoqda.

Va nafaqat Qatarda. Moza “Forbes” jurnali versiyasi boʻyicha dunyoni eng qudratli ayollar 100 taligiga kirdi. Aytishlaricha, sheyx Hamad uchinchi marotaba ishq, sevgi yoki foyda tufayli uylanmagan, balki Mozaga qasddan, uning hukmronligi cheksiz emasligini koʻrsatish uchun. Lekin baribir hech qaysi ayol mozani oʻrnini bosa olmadi, u diplomatik protokol va xalqaro etiket bilimdoni boʻldi, va balkim sheyxni yuragiga va tafakkuriga yoʻl topgandur, uning hukmdorligi vaqtida kichkina Qatar gullab yashnashni boshlagan.



Sheyx aytadi: “Bu bollar qanday yashayotganini oʻz koʻzingiz bilan koʻrish, - bu ular haqida oʻqish va eshitish bilan barobar emas. Bu bollar oddiy odam huquqlari uchun kurashishga majbur, masalan normal sharoitlarda oʻqish va yashamoq. Meni tahminim boʻyicha bu maktablar oʻqituvchilar yoki jihozlarda yetishmovchilik his etishar edi. Lekin bularni oʻquv hona deb ham atab boʻlmas edi! Biz nima desak ham, nima qilsak ham, bu kam boʻladi, lekin men hech boʻlmasam bitta maktab yaratmoqchimanki, u namuna, standart boʻlsa. Bolalar shunga loyiq!”
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



