Qoʻshnilar uning plastik quvurlardan barpo etilgan loyihasi ustidan kulishgandi, keyin esa oʻzlari ham shunday qilmaganlari uchun afsuslanib qolishdi

Radio orqali shaharda ehtimoli juda baland boʻlgan suv toshqinlari kutilayotganini eshitib qolganida Rendi oʻz uyi va tomorqasini suv toshqinidan himoya qilish toʻgʻrisida jiddiy oʻylanib qoldi.

U internetda plastik quvur sotilayotgani toʻgʻrisidagi eʼlonni topib, shu quvurni 8300 dollarga sotib oldi. Atrofdagi hamma bu qiliqni juda gʻalati deb oʻyladi va goʻllikka yoʻydi - shuncha pulni qandaydir keraksiz bir quvur uchun toʻlash koʻpchilik uchun axmoqlikning oʻzginasi boʻlib tuyuldi.

Biroq Rendi hech kimga quloq solmadi — uning hayolidagi allaqachon ajoyib reja tayyor edi. Rendi oʻz tomorkasi perimetri boʻyicha oʻziga xos toʻgʻon tashkil qilib quvurlarni suvga toʻldirdi. Qurilma yanada mustaqkamroq boʻlishi uchun Rosharon shahrining bu ehtiyotkor yashovchisi uni qum toʻldirilgan qoplar taxlab, uni qotirib chiqdi.

Va nixoyat kutilgan payt keldi — xaqiqatdan ham suv toshqini roʻy berdi. Shahardagi hamma uylar jabr koʻрdi, lekin faqat Rendining uyi
hech qanday ziyonsiz qoldi.

Uning tomorqasiga suv hatto kirmagan ham edi. Mirishkorning oʻzi bunga javoban faqat jilmayib qoʻydi, axir u faqat $8 300 dollar sarfladi, suv toshqinidan koʻrilgan zarar esa dastlabki tahminiy hisob boʻyicha 150 000 dollarni tashkil etar edi. Xoʻsh, oxir-oqibat bu yerda kim axmoq boʻlib chiqdi?


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



