Mikrotoʻlqinli pechning 10 ta super qobiliyatlari

Taniqli shef-povarlar va tajribali oshpazlar mikrotoʻlqinli pechlarga, toʻgʻrisini aytganda, qatʼiy bepisandlik munosabatida boʻladilar. Bunga qaramay bu jihoz deyarli barcha uylarda bor boʻlib, minglab odamlar undan aktiv foydalanadilar.
Odatda SVCH-pechni faqatgina ovqatlarni isitish uchun qoʻllashadi. Bunda mikrotoʻlqinli pechdan foydalanish tugamasligi haqida sizni ishontirmoqqa shoshilamiz! Biz oshxonada bu agregantni 10 hil nostandart usullarda qoʻllashni taqdim etamiz.

Sarimsoq piyozni tez tozalash
Tozalanmagan sarimsoq piyozning tishchalarini 15 soniyaga (toʻla qivvat holatida) mikrotoʻlqinli pechga joylashtiring. Bundan soʻng poʻchoq, huddi ertaklardagidek, yechilib, siz uni qoʻlda tozalab olishimgiz mumkin boʻladi.

Suvi qochgan nonni saqlab qolish
Suvi qochgan nonni, sal pal namlangan salfetkaga oʻrang, 20 soniyaga mikrotoʻlqinli pechga joylashtiring. Non yana yumshoq boʻlib qolib, bunda haddan tashqari namlanib ham ketmaydi.

Sharbatni tez siqib olish
Sharbat qilishda foydalanmoqchi boʻlgan mevalaringizni, ular koʻproq miqdorda suyuqlik chiqarishlari uchun, atigi 10 soniya mikrotoʻlqinli pechda ushlab turing.

Yongʻoqlardan gazak
Tovaga yongʻoqlarni soling. Ularga zaytun yogʻidan bir juft tomchi qoʻshib, mikro toʻlqinli pechga bir daqiqaga joylashtiring. Yongʻoqlar oʻz iforini yanada koʻproq taratadilar.

Shakarni yumshatish
Saqlash jarayonida bir boʻlak boʻlib, yopishib qolgan shakarni, uni mikro toʻlqinli pechga 25 soniyaga, namlangan sochiq bilan yopib, joylashtirsa, boshlangʻich holatiga keltirish mumkin.

Xamirni oshirish
Drojjali xamir yaxshilab koʻtarilishi uchun bir necha soat kutish kerak boʻladi. Mikro toʻlqinli pech yordamida bu jarayonni tezlashtirish mumkin! Xamir solingan idishni sochiq bilan yopib, u bir stakan suv bilan birga mikro toʻlqinli pechga joylashtiring. Jihozni, quvvatini kichik miqdorga qoʻyib, 3 daqiqaga yoqing. Soʻngra, xamirni 3 daqiqa mobaynida tindirishga qoldiring va uni yana 3 daqiqa davomida isiting. Keyin uni 6 daqiqaga tindirib qoʻying. Xamir kamida 2 barobar koʻtariladi.

Sabzavotlarni tozalash
Qattiq terili sabzavotlar (qovoq, baqlajon hamda pomidorlar) ni, ularni bir necha daqiqa mikro toʻlqinli pechda ushlab turib, keyin tozalasa, ancha onson tozalanadi.

Piyozni koʻz yoshlarsiz toʻgʻrash
Piyoz togʻrash jarayonidagi koʻz yoshlar muammosini 30 soniya ichida hal qilish mumkin! Aynan shuncha vaqt piyozni, toʻgʻrashdan oldin, mikro toʻlqinli pechda ushlab turish kerak boʻladi.

Qarsildoq bekon tayyorlash
Likopchaga qogʻoz sochiq toʻshang, ustidan bir qavat bekon boʻlaklarini terib chiqing, ustidan ikkiknchi qavat qogʻoz sochiq yoping va pechga qoʻying. Tayyorlanish vaqti bekon boʻlaklarining qalinligiga bogʻliq boʻladi.

Dukkaklilarni ivitib qoʻyish
Endi fasol, noʻxatlarni tayyorlashdan oldi kechasi bilan ivitib qoʻyishning keragi yoʻq. Dukkalilar ustiga suv quyuib, mikro toʻlqinli pechda 10 daqiqaga, oʻrta quvvatga oʻrnatib, ushlab turish va soʻngra, bir soat tindirib qoʻyishning oʻzi etarli.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



