Epizodlarda: siz bu yulduzlarni mashhur filmlarda kordingizmi?

Baʼzida, biz yoqtirgan filmimizni oʻnlab marotaba qaytadan koʻrib chiqishimiz mumkin va qandaydir juda kichik detalni payqamasligimiz mumkin. Baʼzan esa, shunday boʻladiki, tomoshabin diqqatini akterlarning oʻzlari ham, tonnalab grim ostida boʻlganlari sababli ularni tanib boʻlmasligi yoki kadrda tez oʻtib ketganlari sababli, chetlab oʻtib ketadilar.

Sizga mashxur filmlarni tomosha qilganingizda, siz aniq, koʻrmay qolgan, 14 ta yulduzlar roʻyxatini havola etamiz.

Mett Deymon, "Evrotur"
Yoshlar uchun moʻljallangan "Evrotur" komediyasini 2004 yili millionlar koʻrib chiqqan, lekin, juda kichik kamchilik, Scotty Doesnʼt Know qoʻshigʻini kuylagan, sochi qirtishlab olingan musiqachida mashxur akter Mett Deymonni taniy olgan.

Maykl Djekson, "Qora kiygan odamlar - 2"
Pop - musiqa qiroli agent M ning kichik rolini, mashxur "Qora kiygan odamlar" filmining ikkinchi qismida, ijro etgan. Biroq, buni koʻpchilik payqamagan.

Donald Tramp, "Uyda yolgʻiz - 2"
Yodingizdami, Kevin, Nyu - Yorkdagi shoxona mehmonxona "Plaza" ga tushib qolgan sahnasini eslaysizmi? Soʻng u tasodifan uchragan notanish kimsadan, qanday qilib xollga oʻtirish mumkin ekanini soʻraydi. Oʻsha notanish kimsa mashxur biznesmen, endilikda esa, AQSH prezidenti, Donald Trampning oʻzi edi.

Madonna, "Oʻlgin, lekin xozir emas"
Madonna Djeyms Bond haqidagi navbatdagi film uchun faqatgina saundtrek ijro etibgina qolmay, balki qilichbozlik boʻyicha instruktorning kichik rolini ham ijro etgan edi. Afsuski, tanqidchilarga qoʻshiqchining oʻyini unchalik ishonarli boʻlib koʻrinmadi va Madonna "Oltin malina" ga sazovor boʻldi.

Djeyms Kemeron, "Titanik"
Roza va Djeklarning abadiy sevgisi muxlislari albatta, filmning bosgidagi, "Titanik" ning nazoratchilaridan biri qashshoq yoʻlovchilardan birining soqolini, burgalar bor yoki yoʻq ekanini tekshirayotgan, sahnaga eʼtibor bermaganlar. Lekin bu soqol qoʻygan kishining rolini rejisserning oʻzi ijro etgan.

Iggi Pop, "Yulduzli yoʻl: Chuqur koinot 9"
Tonnalab grim ostida, Star Trek mashxur franshizasinig davomida, afsonaviy rok-musiqachini xech kim tanimagan.

Xarrison Ford, "Oʻzga sayyoralik"
Stiven Spilberg oʻz filmlariga birinchi darajadagi yulduzlarni taklif qilishni yaxshi koʻrar edi. Ammo, "Oʻzga sayyoralik" fimlini surʼatga olingandan soʻng, u kadrda Xarrison Fordning paydo boʻlishi, tomoshabinlarni faqatgina asosiy syujetdan chalgʻitadi, degan fikrga keldi. Shuning uchun Ford ishtirok etgan, deyarli barcha sahnalar kesib tashlangan. Lekin, kengaytirilgan versiyada akterni orqa tomonidan koʻrish mumkin. U Elliot oʻqigan maktab direktori rolini ijro etgan.

Frenk Abigneyl, "Qoʻlindan kelsa, meni tut"
Film sobiq qallob Frenk Abigneylning hayotidagi roʻy bergan real voqealar haqida gapirib beradi. Hamda, Frenkning oʻzi ham bu kartinada paydo boʻlis lazzatidan vos kecha olmagan. U polisiyachi rolini ijro etib, oʻzining yosh versiyasiga kishan taqqan.

Devid Bekxem, "A.N.K.L. agentlari"
Futbolchi Gay Richining kartinasining boshida, sovet KGBsining sobiq agenti rolida paydo boʻladi. Juda kamchilik mashxur Devid Bekxamni bunday koʻzoynaklar va moʻylovlar ostida taniy olgan.

Piter Djekson, "Huddi dovyurak aygʻoqchlar kabi"
Piter Djekson oʻz hamkasbi Edgar Rayt filmida, atigi bir necha soniyalargagina, paydo boʻlgan. Hamda uni ulama soqol va moʻylovlar ortida deyarli tanib boʻlmaydi: Djekson, asosiy qahramonga pichoq bilan hamla qiladigan, Santaning rolini ijro etgan.

Bill Myurrey, "Tentak va undanda tentakroq - 2"
"Tentak va undanda tentakroq" kult boʻlgan komediyaning ikkinchi qismida xech kim tengsiz Bill Myurreyni payqamadi. Hamda bu xech ajablanarli emas, akter hattoki yuzini ham koʻrsatmagan. Bill Garrining yangi qoʻshnisi rolini ijro etib, tomoshabinlar oldida himoya sariq kostyumida chiqqan.

Kameron Diaz, "Oʻziga xos fikr"
"Oʻziga xos fikr" da Kameron Diazni toʻliq koʻrib boʻlmaydi, uning faqatgina boshining yarimini koʻrish mumkin. Aktrisa bitta yagona kadrda, oʻzining adashi va "Vanil osmon" rejisseri bilan birga, paydo boʻladi.

Den Eykroyd, "Indiana Djons va taqdir ibodatxonasi"
"Arvohlar ovchilari" filmining yulduzini xech kim "Indiana Djons" ning navbatdagi qismida payqay olmagan. Den Eykroyd Fordning qahramoniga samolyotga koʻtarilishiga yordam beradigan inglizning, kichik rolini ijro etgan.

Kerri Fisher va Djordj Lukas, "Kapitan Kryuk"
"Kapitan Kryuk" moʻjizaviy filmining eng boshida, tomoshabinlar koʻprikni koʻradilar, koʻprikda esa - boʻsa ulashayotgan juftlikning siluetini koʻradilar. Kim ham oʻylabdi deysiz, oʻsha koʻprikda "Yulduzli janglar" franshizasi rejisseri va bosh aktrisasi - Djordj Lukas va Kerri Fisher lar, boʻsa ulashib turgan edilar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



