Qiziqarli

Sayyoramizning nafaqat boy balki goʻzal merosxoʻrlari Top-10

Sayyoramizning nafaqat boy balki goʻzal merosxoʻrlari Top-10

Yaqinda Amerikaning “Trendchaser” portali sayyoramizdagi 19 dan 50 yoshgacha boʻlgan eng boy merosxoʻr qizlar reytingini tuzib chiqdi. Biz esa bu roʻyxatdan faqat bank hisobi boylarni emas, balki sohibjamollarini - “milliardli oyimchalar”ni tanlab oldik. Milliarder-merosxoʻr qizlarning Top-10 roʻyxati bilan tanishing.

Sayyoramizning nafaqat boy balki goʻzal merosxoʻrlari Top-10

10-oʻrin: Anna Anisimova

Sayyoramizning nafaqat boy balki goʻzal merosxoʻrlari Top-10

Rossiyadan koʻra Gʻarbda mashxurroq boʻlgan alyumin magnati Vasiliy Anisimovning qizi. Ushbu ikki milliard dollarning 32 yoshli sohibasini “rus Peris Hiltoni” deb atashadi. Anna Anisimova filmlarda Kevin Speysi va Monika Beluchchilar bilan suratga tushgani uchun ham mashxur. Albatta, faqat epizodlarda.

Sayyoramizning nafaqat boy balki goʻzal merosxoʻrlari Top-10

9-oʻrin: Ivanka Tramp

Sayyoramizning nafaqat boy balki goʻzal merosxoʻrlari Top-10

AQSh hozirgi prezidentining qizi uch milliard dollar mulkga ega. Avval, ushbu 35 yoshli goʻzal model karyerasini boshlayotgan edi, keyin esa uncha foyda keltirmaydigan oʻz biznesini ochdi. Nima ham derdik, Ivanka pulsiz qolmasa kerak.

Sayyoramizning nafaqat boy balki goʻzal merosxoʻrlari Top-10

8-oʻrin: Tamara Ekklstoun

Sayyoramizning nafaqat boy balki goʻzal merosxoʻrlari Top-10

Ekklsotun familiyasi barcha yuqori tezlik muxlislariga maʼlum boʻlsa kerak. Tamaraning otasi – Berni Ekklstoun – “Formula-1”ning egasi. Uning sohibjamol qizi esa, tez-tez “Playboy” jurnalining bertlarini oʻz chiroyi bilan bezatib turadi. Shu bilan birga, telekanallarning birida avtopoygani kommentariya qiladi. Tamarining boyligi hozirda 3,6 milliard dollar deb baholanmoqda.

Sayyoramizning nafaqat boy balki goʻzal merosxoʻrlari Top-10

7-oʻrin: Xolli Brenson

Sayyoramizning nafaqat boy balki goʻzal merosxoʻrlari Top-10

Xolli milliarder Richard Brensonning qizi boʻlishiga qaramasdan, u ota-onasining puliga yashashga oʻrganmagan. U tibbiyot universitetini omadli tamomlab, neyroxirurg boʻlib ishlashga ham ulgurgan, hozir esa otasiga butun dunyo boʻylab 400 ta kompaniyani boshqarishga yordam bermoqda.

Sayyoramizning nafaqat boy balki goʻzal merosxoʻrlari Top-10

6-oʻrin: Dilan Loren

Sayyoramizning nafaqat boy balki goʻzal merosxoʻrlari Top-10

Dilan –mashxur dizayner Ralf Lorenning qizi, shuning uchun uning har doim koʻrinishi ajoyib. Lekin bu merosxoʻr qiz otasi izidan borib, moda bilan shugʻullanishni xohlamadi. Buning oʻrniga u dunyodagi eng katta shirinliklar doʻkonini ochdi. Uning mulki hozirda 4,7 milliard dollar deb baholanmoqda.

5-oʻrin: Xind Xariri

Xindning otasi, Rafik Xariri 10 yil davomida Livanning premyer ministri boʻlgan. Bu vaqt davomida u fuqarolar urushida butunlay vayron boʻlgan Beyrutni qaytatdan qurdi. Lekin uning boshqaruvidan hamma ham qanoatlanmas edi, shu sababli Rafik Xaririning mashinasi portillatilgan, Xind esa 5,5 milliard dollar merosga ega boʻlgan.

4-oʻrin: Sharlotta Kaziragi

Monakoning oʻttiz yoshli malikasi 5,7 milliard dollar egasidir. Bundan tashqari Sharlottaga, gollivud aktrisasi Greys Kellining – uning buvisi- goʻzalligi ham meros boʻlib qolgan.

3-oʻrin: Jozi Xo

Jozi xali yurishni oʻrganmasidan oldin merosxoʻrga aylangan. Uning otasi Stenli Xo, Makaoda kazino tizimiga asos solgan shaxs boʻlgan, hokimiyat yordamini olgani uchun ishi yurishmasligi mumkin emas edi. Albatta, qizi tugʻilishi bilan, Stenli darxol barcha pullarini uning nomiga oʻtqazgan. Hozirgi kunda Jozini hisob raqamida 7 millarddan ortiq pul bor.

2-oʻrin: Amanda Xerst

33 yoshli Amanda Xerstning boyligi bugungi kunda 8,7 milliard dollarga baholanmoqda. Hammasi uning bobosi sababli. Oʻz davrida sariq pressani oʻylab topib, “Hearst” nashriyotiga asos slogan. Umuman olganda bu qiz ishlamasa ham boʻladi! Butun vaqtini xayriya ishlariga sarflaydi, aql yetmaydigan darajada qimmat kosmetika sotib oladi va moda jurnallariga suratga tushadi.

1-oʻrin: Vanisha Mittal Bxatiya

Sayyoramizning eng boy merosxoʻr qizi bu Vanisha Mittal Bxatiya. Uning otasi “Arcelor Mittal” eng katta poʻlat quyish kompaniyasining raisi va ijrochi direktori. Hozirda Vanishaning merosi 51 milliard dollarga teng.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar