Dunyodagi 15 ta eng katta shaxsiy uylar: ularning baʼzilariga bir nechta tipik koʻp qavatli uylarning aholisini koʻchirib kirish mumkin

Hamda, aniq aytish mumkinki, oʻz koʻchmas mulklari uchun boyvachchalar odatda ziqnalik qilmaydi va koʻproq qasrlarga oʻxshab ketuvchi uylarni quradilar.


Xaylendvill, AQSH
Bu saroyning egasi Stiv Xaff boʻlib, uning maxsus buyurtmasiga asosan haqiqiy qalʼa-uy qurilgan edi. U faqatgina oʻzining oʻlchamlari bilan ajralibgina qolmay, balki yana u, siz oʻzingizga tasavvur qila oladigan, har qanday ofatlarga qarshi tura olishi bilan hamda ajralib turadi.

Madina, AQSH
Bu turdagi uylar oʻz ichiga olgan koʻp narsalarga (baxaybat xonalar, shoxona interyerlar, isitiladigan uy oldi yoʻlaklari va boshqalar) qoʻshimcha Xanadu 2,0 suzish hovuzi bilan maqtana oladi... suv osti musiqa tizimi bilan. Lekin, bu saroydan kutish mumkin boʻlganlarning eng kichigi, axir bu uy Bill Geytsnikiku.

Uindshlem, Buyuk Britaniya
Bu zamonaviy, kaliforniya stilifagi rezidensiya, oʻz vaqtida dunyodagi eng qimmat shaxsiy uy edi. Faqatgina uy oldidagi isitiladigan, marmardan qilingan yoʻlaklarning oʻzi 3 million dollardan ziyod turar edi.

San-Simeon, AQSH
Bu qasr afsonaviy kaliforniya sohilida joylashgan. U 1951 yili, uning egasi, Uilyam Xerst, olamdan oʻtgandan keyin, milliy bogʻga aylangan edi.

Ashvill, AQSH
Uy 1800 chi yillarning oxirida Djordj Vashington Vanderbilt II (uni prezident Djordj Vashingtonga xech qanday tegishli joyi yoʻq) tomonidan qurilgan edi. U xozirgacha AQSH dagi eng yirik rezidensiya boʻlib kelmoqda.

Palm-Bich, AQSH
Bu kattakon daroy Donald Tramp tomonidan rekonstruksiya qilingan boʻlib, soʻng esa, rossiyalik milliarder Dmitriy Ribolovlevga sal kam 100 million dollarga sotilgan edi. Oʻsha vaqtlarda bu yashash koʻchmas mulkining AQSH tarixidagi eng qimmatbaho oldi-sotdisi boʻlgan edi. Oxir oqibat oligarx hukumat bosimi tufayli oʻz uyini buzib tashladi.

Vilfransh-syur-Mer, Fransiya
Fransiya Rivyerasidagi bu bahaybat saroyning bir qancha egalari bor edi. Ularning oxirgilari xozirda bir birlari bilan pul uchun sudlashish bilan band. Qiziq fakt - saroyning 8 gektarlik hudududa 50 nafar bogʻbon ishlaydi.

Palm-Bich, AQSH
Palm-Bichda sayyoramizning eng boy odamlaridan baʼzilari yashaydi. Lekin, shu bilan bir qatorda, bu tumandagi eng katta uylarfan biriga ... sartarosh ayol egalik qiladi. Aniqrogʻini aytadidan boʻlsak, sochlar parvarishi uchun maxsulotlar ishlab chiqaruvchi, Matrix Essentials kompaniyasining taʼsischilaridan biri Sidell Miller egalik qiladi.

Los-Andjeles, AQSH
Kaliforniyaga boʻlgan tashriflaridan birining vaqtida, Uels shaxzodasi Charlz aynan shu, Los-Andjelesdagi saroyda toʻxtagan edi. Dastlab uy Kendi va Aaronlarga tegishli boʻlgan edi, ammo, Aaronning oʻlimidan keyin Kendi uni sal kam 90 million dollarga sotib yuborgan edi.

London, Buyuk Britaniya
Bu dabdabali saroyda 20 ta odamga moʻljallangan tukr hamomi bor. Hamda, unfa shisha lift ham topish mumkin.

Oranj Kaunti, AQSH
Devid Zigelga jahon iqtisodiy inqirozi yuzaga kelganda, oʻzining, "Versal" nomli pretensioz, bahaybat uyini qurish ishlarini qoldirishiga toʻgʻri keldi. Ammo, oʻsha vaqtlardan keyin 30 ta avtomshinaga moʻljallangan, yer osti garajili, saroyning qurilishi qaytadan boshlab yuborildi.

Bruney
Bu bahaybat saroy Bruney sultoni Xassanal Bolkiaxga tegishlidir. Uning nomi "Nur va eʼtiqod sariyi" boʻlib tarjima qilinadi. Uyda 110 ta avtomobilga moʻljallangan garaj bor.

Los-Andjeles, AQSH
Quyidagi qoʻrgʻonning dizayni Parijdagi arxitektura firmasi tomonidan qilingan edi. Unda ikki qavatli yertoʻla, bouling va hattoki, shaxsiy goʻzallik saloni ham bor.

Mumbay, Hindiston
Dunyodagi eng katta shaxsiy uylardan biri - Mumbayning shahar markazidagi osmonoʻpar bino. Dunyodagi eng boy odamlardan biri Mukesh Ambani bu minorani oʻzining kichkina, 5 odamdan iborat oilasi uchun qurgan. Shu qatorda, unda 600 dan ortiq odam xizmat korsatish personali bor.

London, Buyuk Britaniya
Bu qirollik rezidensiyasi XI asrda, Angliyaga normamdlar hujmidan keyin qurilgan edi. Bu dunyodagi eng yirik aholisi bor qasr boʻlib, hamda u Evropadagi hamma qasrlar ichida, unda uzluksiz ravishda, odamlar eng uzoq vaqt yashagan qasrdir.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



