Mgingo – dunyodagi eng aholisi zich orol

Orol Keniya va Uganda oʻrtasidagi munozarali hudud boʻlib hisoblanadi. Mgingo oroliga odamlar 1991 yilda koʻchishgan. Faqatgina ikkita keniyalik baliqchilar Dalmas Tembo va Djordj Kibebe bunga jurʼat qilishgan. Mgingoga borishdan avval, ular yovuz ruhlarni haydash marosimini oʻtkazishgan – Viktoriya koʻli oldida yashovchi afrikaliklar oʻrtasida, shunday rivoyat bor ediki, orol yovuz ruh Kalele uyi boʻlgan deb. Tembo keyin tan oldiki, bu marosim uchun unga 300 kg baliq berishga toʻgʻri kelganini.

1. Bundan soʻng, ikkita dovyurak baliqchilarga Keniya, Uganda va Tanzaniyadan 60ga yaqin afrikaliklar qoʻshilgan. Koʻchishni sababi faqatgina yahshi ov imkoniyati emas, balki hususiy “davlat”, kommuna yaratish, tengsizlik va yovuzlik boʻlmaydigan. 2009 yilga kelib, Mgingo aholisi 131taga yetdi, va bundan soʻng “fahrli senatorlar”, birinchi koʻchib kelgan kishilar, Tembo va Kibebe, kommunaga boʻshqa hech kimni qoʻshmaslikka qaror qilishdi.

2. Asosiy ovlaniladiganlarni bu yerda nillik olabugʻa tashkil qiladi. Bir hafta ichida oila 200-250 dollarni ishlab topishi mumkin – bu qoʻshni davlatlardagi afrikaliklarni 2-3 oydagi oʻrtacha maoshidir.

3. Mgingo “davlatini” mustaqil boʻlishiga shu narsa imkon beradiki, orol Keniya va Uganda oʻrtasida munozarali ekanligi – u davlat ham bu davlat ham uni oʻzining hududiga qoʻsha olmaydi, shuning uchun ular baliqchilarga koʻz yumishadi.

4. Ohirgi yigirma yil ichida ikkala davlat 9 marotaba Mgingo tufayli harbiy toʻqnashuvga kirgan. Boshlanishida Keniya va Uganda qirgʻoq soqchilari baliqchilar kemalarini sindirgan, toʻrlarini uzgan va hattoki oltita odamini otib tashlagan. Soʻngra esa ikkala davlat shunga kelishdiki, kommuna unisiga ham bunisiga ham soliq toʻlaydi.

5. Natijada, Keniyaga ham, Ugandaga ham ketadigan soliq, baliqchilarni oyligini 25%dan tashkil qiladi. Yana 10% maoshi apparat va kommuna mudofaa kuchini taʼminotiga sarflanadi. Lekin maoshni qolgan 40% ham ularga yahshiroq yashashga imkon beradi, Viktoriya koʻli boʻyicha qoʻshnilariga nisbatan.

6. Bu orolchada behsta bar, goʻzallik saloni, dorixona, hamda bir nechta mehmonhona va toʻrtta fohisha hona bor – erkaklar baliq ovi bilan band, ularni rafiqalari va qarindoshlari esa tanasi bilan pul topadilar. Mgingo kommunasi qoidalariga koʻra, yod odam bu yerda bir kundan ortiq boʻla olmaydi.

7. Kommunani butun hayoti davomida ikkita “fahrli senatorlar” boshqaradilar – uni asoschi-otalari, hamda yana beshta saylangan senatorlari (faqatina 30 yoshdan kattalari boʻla oladi). Senatorlar ettitaligida oddiy koʻpchilik bilan qarorlar qilinadi.

8. Oroldagi oliy jazo chorasi boʻlib, undan haydalish hisoblanadi, oddiy jazo – somonli qamchi bilan savalash. “Davlatni” mavjudligidagi yigirma yil ichida undan oltita odam haydalgan, hammasi – oʻgʻirlik uchun.

9. Mgingo bilan qoʻshnichilikda, 200 metr undan uzoqlikda yana bitta orol bor – Usingo. U hali ham kimsasiz, kommunadagi zichlikga qaramasdan: Usingo yovuz ruhi mavjud deb hisoblashadi, Tuk ismli. Huddi shu yerga Mgingodan Kalele yovuz ruhi ham koʻchgan deb oʻylashadi. Kommuna aholisi shu vaqt ichida jodugar topa olishmadi, birdaniga ikkita qudratli yovuz ruhlar bilan kurasha oladigan. Usingo ham Keniya va Uganda oʻrtasida munozaralidir, lekin unda ikkala davlat askarlari joylashishdan bosh tortishadi, huddi shu sababli – unda yovuz ruhlar yashayotgani uchun. Usingoda faqatgina bir nechta vaqtinchalik qurilmalar bor, ularda baʼzida Birinchi olam biologlari turishadi, Viktoriya koʻli va uni aholisini oʻrganish uchun.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



