Ularga qaytishni istashingiz aniq boʻlgan 15 ta aql bovar qilmas aeroportlar

Biz 15 ta aql bovar qilmas havo gavanlarini yigʻdik, ular eng chiniqqan sayyohlarni ham lol qoldira oladi.
Ashxabod shahri Xalqaro aeroporti (Turkmaniston)


Ashxabodning yangi aeroporti uchib ketayotgan burgut koʻrinishida qilingan boʻlib, faqatgina mamlakatning diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlibgina qolmay, balki Ginneslar Rekordi kitkitobiga dunyodagi eng katta passajirlar asosiy terminali binosi tomida gilam ornamentining arxitektura tasviri tushurilgan sifatida kiritilgan.
Abu-Dabi (BAA) Xalqaro aeroporti


Oʻzining tashqi koʻrinishi bilan suzib ketayotgan elkanli kemani eslatuvchi aeroport Abu-Dabi va Dubay oʻrtasida joylashgan boʻlib, bu muhtasham shaharlar muhitiga juda ham yaxshi toʻgʻri keladi.
Lion-Sent-Ekzyuperi Xalqaro aeroporti (Lion, Fransiya)


Lionning aeroporti Antuan de Sent-Ekzyuperi - dunyoga mashxur fransuz yozuvchisi, shu shaharda tugʻilgan va professional uchuvchi nomini olgan.
Marokash-Menor aeroporti (Marokko)


U dunyodagi eng goʻzal aeroportlardan biri boʻlib, ichki, transkontinental va xalqaro reyslar uchun ishlatiladi. Unikal loyiha boʻyicha qurilgan boʻlib, oʻzida Morokko madaniyati anʼanalarini va evropa texnologiyalarini jamlagan.
Inchxon Xalqaro aeroporti (Janubiy Koreya)


Dunyodagi eng yirik aeroportlardan biri boʻlib, u har yili (2005 yildan) Aeroportlarning Xalqaro Kengashi tomonidan dunyodagi eng yaxshi deb tan olinadi.
Shenchjen Baoan Aeroporti (Shenchjen, Xitoy)


U Dur daryosi deltasi rayoni sharqiy qirgʻogʻidagi sohil boʻyi vodiysida joylashgan boʻlib, Xitoyning ham yuk ham passajirlar aloqasi uchun boʻlgan dengiz bandargohlari bilan bogʻliq yagona aeroportidir.
Vashington Dalles Xalqaro Aeroporti (Vashington, AQSH)


Aeroport Djon Forester Dalles nomini olgan boʻlib, u Duayt Eyzenxauer administrasiyasida AQSH ning davlat kotibi boʻlgan. Dalles nomidagi aeroport Vashingtonga xizmat koʻrsatuvchi uchta aeroportlardan biri boʻlib, ularning eng bandi hamdir.
Djon Kennedi nomli Xalqaro aeroporti (TWA terminalining eski binosi), (Nyu-York, AQSH)


Bu aeroport oʻzi bilan parvozning abstrakt belgisini ifodalaydi. Bino dunyodagi aeroportlar binolari orasida eng original binolaridan boʻlib hisoblanadi. Ichida u tashqarisiga qaraganda ham antiqaroq boʻlib, u yerda aniq chegaralar va devorlar yoʻq, hamda doimiy harakatni ifodalab, barcha narsalar biri biriga oʻtib boradi.
Shoudu Xalqaro Aeroporti Terminal 3 (T3), (Pekin, Xitoy)


Xitoyning birinchi aeroporti. Binoning konturi ajdar figurasini eslatadi, kutish zalini esa, qishki bogʻ bezatib turadi (aeroportning dizayni anʼanaviy xitoy uslubida qilingan). Aeroport Xitoyning faxri boʻlib, oʻziga hos xitoy madaniyati muzeyi hamdir.
Denevrning Xalqaro Aeroporti (AQSH)


Aeroport oʻziga faqatgina tashqi koʻrinishi bilangina diqqatni qaratib qolmay, yana u haqida yuradigan afsonalar bilan ham oʻziga jalb qiladi. Aeroport qurilishida juda katta miqdorda yer olib chiqilgan edi ( huddi shu miqdorda yer Panama kanali qazishda olib chiqilgan). Koʻpchilik bu sababdan aeroport ostida juda koʻp ishlatilmaydigan binolar bor degan hayolga boradilar va odamlar bir qancha fitna nazariyalarini qurib chiqishga ulgurishgan.
Kansay Xalqaro Aeroporti (Yaponiya)


Aeroport sunʼiy orolda qurilgan dir. Uni quruqlik bilan bogʻlash uchun "Samo eshiklari" koʻprigi qurilgan edi. Uning uzunligi 3,75 kilometrni tashkil etadi va bu narsa uni dunyodagi ikki qavatli koʻpriklar orasida eng uzunlari roʻyxatiga kiritadi. Kansay haqqoniy ravishda XX asrning injenerlik moʻjizalaridan biri deb hisoblanadi.
Dubay Xalqaro Aeroporti (BAA)


Birlashgan Arab Amirliklarining eng yirik fuqarolar aeroporti, passajirlarni haqiqiy palmalar oʻrmoni bilan kutib oladi. Terminal 1 da oʻnlar uxlash uchun boʻlmalar oʻrnatilgan boʻlib, ularning har birida krovat, yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoniyati va katta televizor oʻrnatilgan.
Los-Andjeles Xalqaro Aeroporti (AQSH)


Bu aeroport xalqaro aeroportlarning eng yiriklaridan biri boʻlib, koʻp yillardan beri dunyodagi eng mashxur jonash/kelish punkti hisoblanadi.
San-Fransisko Xalqaro Aeroporti (AQSH)


San-Fransisko koʻrfazidagi passajirlar aylanmasi boʻyicha eng yirik aeroport. Uning terminallarida muzey va kutubxonalar, kutish zallarida esa doimiy va vaqtinchalik sanʼat buyumlari koʻrgazmalari joylashgan.
Samui Xalqaro Aeroporti (Tailand)


Samui aeroporti shunisi bilan gʻaroyib-ki, u ichki binolarga ega emas. Bundan suvenirlar doʻkoni mustasno. Shunga qaramay u mamlakatda bandlik darajasi boʻyicha oltinchi boʻlib, bir yilda milliondan ortiq passajirlarga xizmat koʻrsatadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



