Dunyo uchun zarur boʻlgan Yaponiyadan 16 narsa

Yaponiya – noyob mamlakat. Har yili u yerda koʻplab ajoyib narsalar yaratiladi. Yaponlarning ixtirolari shuhratiga qarab, hech boʻlmaganda eng tarqalganlarini dunyo boʻylab ishlatgimiz keladi. Quyida Yaponiyadan butun dunyo uchun foydali boʻlgan 16 narsa.

1. Jamoaviy badantarbiya

Jismoniy mashgʻulotlar hiyobonlarda, maktablarda va korxonalarda olib boriladi.

2. Metroning qulay joylashtirilganligi

Har bir stansiyaga harf va sonlar berilgan – bu yoʻl bilan yapon tilini bilmaydigan kishi ham bemalol yoʻlni topa oladi.

3. Posilkani olish va yuborishni doʻkonda amalga oshirish

Posilkalarni istalgan burchakda turgan, xohlagan doʻkoningizdan yuborishingiz mumkin. Pochtada uzundan uzun navbatlarda turishning keragi yoʻq.

4. Qahva uchun muz solingan stakanlar

Family Mart va 7-Eleven doʻkonlarida sotiladi. Avval siz, muz solingan bunday stakanga pul toʻlaysiz va chiqavershdagi apparatdan unga qahva solasiz.

5. Lagʻmon uchun qaynoq suvli apparatlar

Tez tayyorlanadigan lagʻmon sotiladigan doʻkonlarda, chiqaverishda issiq suv quyadigan apparatlar turadi. Kassadan uzoqlashmasdan oʻzingizga lagʻmon tayyorlay olasiz.

6. Hiyobonlar yonida yugurish yoʻlkalari

Ishdan soʻng har kim kiyimlarini almashtirib, shkafga narsalarini qoʻyib, yugurishga chiqishi mumkin.

7. Qadoqdagi qaynatilgan tuxumlar

Oʻz vaqtini tejaydiganlar uchun foydali mahsulot.

8. Bochkasida rakovina bor xojatxonalar

Suvni tejovchi ixtiro.
9. Sotuv avtomatida restorandan ovqat buyurtma berish
Bu avtomatlar restoranga kiraverishda turadi.
10. Velosipedlarda soyabon ushlagich
Istalgan harakatlanish vositasi uchun ajoyib ixtiro. Hech qanday ob-havo yoʻlingizga toʻsqinlik qilmaydi.
11. Jamoat parxonasi – sento
Ishdan keyin dam olishga ajoyib joy. Bunday joyga kirish chiptalari esa arzimagan pul turadi – xattoki bardagi kokteylingizdan ham arzon.
12. Saryogʻ uchun qirgʻich
Muzdek saryogʻni non ustiga tekis surmoqchi boʻlib qiynalishning keragi yoʻq.
13. Tekin soyabonlar
Bekatlarda va koʻchalarda soyabonlar solingan qutilarni uchratish mumkin. Yomgʻir yogʻib qolsa har bir yoʻlovchi tekinga ushbu soyabonlardan olishi mumkin, keyin esa oʻz manziliga yetganda xuddi shunday qutiga qaytib solib qoʻyadi.
14. Avtomatlashtirilgan velosiped qadogʻi.
Ikki gʻildirakli transport vositasining toʻxtaganda joylashish muammosini xal qilish uchun, shahar hokimiyati yer osti velosipedlar turish joyini oʻrnatishni oʻylab topishgan. Tashqaridan qaraganda u liftga oʻxshaydi: xizmat haqini toʻlab va relsga velosipedni joylayshitirb, eshik ochilishini kutib turish kerak xalos, qolganini tizimning oʻzi bajaradi. Velosipedni qaytib olish uchun esa, toʻlov paytida olgan kartochkangizni eshik skaneriga yoʻnaltirsangiz bas.
15. Muzlatuvchi sprey
Bu sprey terini jazirama kunlarda juda yaxshi muzlatadi. U yana gel shaklida ham boʻladi va taʼsiri bir necha soatga yetadi. Uni surayotganda koʻpik xuddi tanangizga muzdek gazlangan suv quyayotgandek his qildiradi.
16. Dispen Pak qadogʻi
Suyuq ziravor va souslar uchun megaqulay qadoq. Uni oʻrtasida buklaysiz va ichidagisibir tekis boʻlib markazdagi teshikdan chiqadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



